Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ABN AMRO BANK OʻZBEKISTON MB, H.J.” AKSIONERLIK BANKINI “ROYAL BANK OF SCOTLAND OʼZBEKISTON MB” YoAJ DEB QAYTA NOMLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-martdagi 73-sonli “OʻzKDB Bank” yopiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatining tashkiliy masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda Gollandiyaning “ABN AMRO” banki RBS, “Fortis” va “Santander” banklar konsorsiumi tomonidan sotib olinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “ABN AMRO Bank Oʻzbekiston MB, H.J.” YoAJ aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan bankni “Royal Bank of Scotland Oʼzbekiston MB” YoAJ (qisqartirilgan nomi — RBS Oʼzbekiston MB”) deb qayta nomlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga “Royal Bank of Scotland Oʼzbekiston MB” yopiq aksiyadorlik jamiyatini qayta roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda unga yordam koʻrsatish tavsiya qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “ABN AMRO Bank Oʻzbekiston MB, H.J.” aksionerlik bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 16-noyabrdagi 400-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-noyabr,
246-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 457-modda)