OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Qarori
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDAN MOLIYAVIY HISOBOT, SOLIQLAR, MAJBURIY TOʻLOVLAR VA DAROMADLAR TOʻGʻRISIDAGI DEKLARATSIYALAR BOʻYIChA HISOB-KITOBLAR, YoZMA ARIZALAR VA BILDIRIShNOMALAR QABUL QILIB OLISh HAMDA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-noyabrda 1500-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 24-noyabrdagi 2020-43-sonli ““Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1500-5, 04.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 10-iyuldagi 2005-42-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 1500, 2005-yil 29-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 238-modda) 14-bandi birinchi xatboshisidagi “ikki kundan oshmagan muddatda” soʻzlari “uch kundan oshmagan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-oktabr,
2008-42-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 448-modda)