Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 20.11.1991 yildagi 436-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR HAMDA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-moddaning 1 bandidagi “v” kichik bandida “va hunar-texnika bilim yurtlari” so‘zlaridan so‘ng, “shu jumladan oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 3-moddaning 1 bandidagi “t” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“t) davlat korxonalari mol-mulkini sotib olishga, aksiyalar xarid etishga va shu maqsad uchun berilgan qarzlarni uzishga ishlatiladigan, soliq solinishi kerak bo‘lgan fuqarolar ish haqi va boshqa daromadlarining summasi, shuningdek aksiyalar bo‘yicha olingan va aksiyali jamiyatning yoki divident olingan korxonalarning aksiyalarini sotib olishga ishlatiladigan dividentlar. Aytib o‘tilgan mol-mulk va aksiyalarni sotish vaqtida ilgari soliqdan ozod qilingan daromadlardan umumiy asoslarda soliq olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 4-moddaning 1-bandidagi “o” kichik bandi “Afg‘oniston Respublikasida” so‘zlaridan so‘ng “va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 4-moddaning 2-bandi quyidagi mazmundagi “s” va “t” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“s) Chernobil falokati oqibatida jafo chekkan fuqarolar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatida nurlanish kasalligi bilan og‘rigan va bunday kasallikni boshidan kechirgan fuqarolar, shuningdek nogironlikning kelib chiqish sababi Chernobil falokati bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan nogironlar, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil atom elektr stansiyasida ajratib qo‘yilgan tegra doirasida falokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaxslar (yo‘llanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilganlar ham shular sirasiga kiradi) yoki stansiyani ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar idoralarining xizmatni ajratib qo‘yilgan tegrada o‘tagan (o‘tayotgan) rahbar va oddiy xodimlari jumlasidan bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar — ofitserlar, praporshchiklar, michmanlar, SSSR Qurolli Kuchlarida, SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining qo‘shinlari va idoralarida, ichki qo‘shinlar va temir yo‘l qo‘shinlarida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda muddatdan tashqari xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, ayol harbiy xizmatchilar, haqiqiy muddatli xizmatni o‘tayotgan serjantlar va oddiy askarlar, shuningdek maxsus yig‘inlarga chaqirilgan va ajratib qo‘yilgan tegrada mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni o‘tashga majbur shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1986-yilda ajratib qo‘yilgan tegradan ko‘chirilgan (ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketgan), shuningdek 1986-yil 26-apreldan e’tiboran ko‘chirib yuborilgan tegrada hamda ko‘chirib yuborish huquqi saqlab qolingan tegrada yashab turgan (yashagan) shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1986-1987-yillarda ajratib qo‘yilgan tegrada Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan yoki shu davrda Chernobil atom elektr stansiyasini ishlatishda yoxud boshqa ishlarda band bo‘lgan shaxslar (shu jumladan yo‘llanma yoki xizmat safari bilan vaqtincha yuborilgan shaxslar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayerda joylashganligi va qanaqa ish bajarganligidan qat’i nazar, ushbu kichik bandning beshinchi xatboshisida sanab o‘tilgan harbiy xizmatchilar hamda maxsus yig‘inlarga chaqirilib, 1986-1987-yillarda mazkur falokat oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatni o‘tashga majbur shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar idoralarining 1986-1987-yillarda ajratib qo‘yilgan tegralarda xizmatni o‘tagan boshliqlari va oddiy askarlari jumlasidan bo‘lgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) qishloq joylarda yashaydigan, xo‘jaligi qishloq xo‘jalik solig‘i yoki yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan, 60 yoshga to‘lgan erkaklar yoki 55 yoshga to‘lgan ayollar — xoh yakka tartibda, xoh tadbirkorlar jamoasi tarkibida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar yuzasidan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 10-moddada “13 foiz” so‘zi “12 foiz” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
436-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 50-modda)