Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi davlat qarzini restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisida 2003-yil 2-iyuldagi Bitim yuzasidan 2008-yil 15-yanvar kuni Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-oktabr,
PQ-977-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 410-modda)