08.10.2008 yildagi PQ-975-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.10.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“PAXTA-BANK” VA “GʻALLA-BANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYAVIY FAOLLIGINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bank tizimi rolini yanada oshirish, iqtisodiyotning agrar sektori va qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik yangilash uchun “Paxta-bank” hamda “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banklarining yangi investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek iqtisodiyotni har tomonlama chuqur rivojlantirishda, bazaviy infratuzilmani shakllantirish hamda eksport salohiyatini izchil yuksaltirib borishda banklar ishtiroki samaradorligini oshirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar “Paxta-bank” hamda “Gʻalla-bank”ning investitsiya faoliyati sohasidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik yangilashga yoʻnaltirilgan faol investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish, zamonaviy xorijiy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shu asosda yuqori sifatli, jahon va ichki bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqishni taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning shaxsiy resurslarini safarbar qilish va ulardan, shuningdek investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun samarali foydalanish, qoʻyilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq qaytarib olishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni tashqi va ichki bozorlarda sotish istiqbollarini chuqur tahlil etish asosida investitsiyaviy loyihalarni tanlab olish, kompleks baholash va ekspertiza qilish mexanizmini takomillashtirish, ishlab chiqarishning texnik hamda texnologik darajasi oshirilishini taʼminlash, loyihalarning amalga oshirilishidan koʻriladigan moliyaviy foydani prognozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarda krizisli boshqaruvning zamonaviy usul va mexanizmlarini joriy qilish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash hamda modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etgan holda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish va keyinchalik strategik investorlarga sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarga keng koʻlamda bank va konsalting xizmatlari koʻrsatish, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, koʻrgazmalar, yarmarkalar va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishning boshqa shakllarini tashkil qilishda koʻmaklashish orqali ularning moliyaviy barqarorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyaviy loyihalarni tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bank xodimlarini tizimli asosda qayta tayyorlash hamda malakasi oshirilishini tashkil etish, banklarni yuqori malakali, tashabbuskor, banklarning investitsiyaviy faoliyatini avj oldirish vazifalarini samarali yechish qobiliyatiga ega rahbarlar va mutaxassislar bilan mustahkamlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Paxta-bank” hamda “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banklari aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki — bankning ustav kapitali miqdorini 100 mlrd. soʻmga yetkazgan holda jami 50 mlrd. soʻmlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki — bankning ustav kapitali miqdorini 50 mlrd. soʻmga yetkazgan holda jami 36 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha aksiyalarni emissiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Paxta-bank” va “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banklarining 2008-2009-yillarda “Paxta-bank” hamda “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banklari aksiyalarini 1 va 2-ilovalarga* muvofiq hajmlarda qoʻshimcha joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 8-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-975-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-oktabrdagi PQ-975-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yilda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAJMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Aksiyadorlar nomi

Summasi

(mlrd soʻm)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

25

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

19

3.

“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi

5

4.

“Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi

1

Jami

50