Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 14.06.1991 yildagi 294-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjat 06.12.1991 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana narxlar oshirilishi munosabati bilan va aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilgari soliq toʻlash miqdori 45 foiz qilib belgilangan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar foydasidan olinadigan soliqning eng yuqori miqdori 35 foizga tushirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, chakana narxlar oshirilishi munosabati bilan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan oʻz xodimlariga beriladigan kompensatsiya toʻlovlari mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolarning oyiga 161 soʻmdan 1000 soʻmgacha (yiliga 1921 soʻmdan 12000 soʻmgacha) boʻlgan daromadlaridan olinadigan daromad soligʻi miqdori 12 foizgacha kamaytirilsin va soliqning eng yuqori miqdori 30 foiz etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, chakana narxlar oshirilishi munosabati bilan hamma toifadagi fuqarolarga SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan miqdorlarda pul va buyum shaklida toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek yiliga 1000 soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda pul va buyum shaklida beriladigan moddiy yordam fuqarolarning daromad soligʻi solinadigan daromadiga qoʻshilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston qonunlarida koʻrsatilgan miqdorlardagi ishsizlik boʻyicha toʻlanadigan nafaqa fuqarolarning daromad soligʻi solinadigan daromadiga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bolaligida konsentratsion lagerlarning tutqunlari boʻlganlar daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1991-yil 15-fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-moddaning 4-bandi quyidagi mazmunda boʻlgan uchinchi qism bilan toʻldirilsin: “Chakana narxlar oshirilishi munosabati bilan korxonalar tomonidan oʻz xodimlariga beriladigan kompensatsiya toʻlovlari mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qoʻshiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-moddaning 1-bandidagi “45 foiz” soʻzlari “35 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 5-moddaning 1-bandi “v” kichik bandidagi oltinchi qism olib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 5-modda 1-bandi “v” kichik bandining sakkizinchi qismidagi “45 foiz” soʻzlari “35 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 5-modda 1-bandi “z” kichik bandining oltinchi qismidagi “45 foiz” degan soʻzlar “35 foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“z” kichik bandi quyidagi mazmunda boʻlgan toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻz faoliyatini xususiy mulkchilik negizida amalga oshiradigan korxonalarning daromadlari ular egalarining shaxsiy daromadlari deb hisoblanadi va bu daromadlarga “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq soliq solinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga transport xizmati koʻrsatadigan kooperativlar hamda boshqa korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (ixtisoslashtirilgan davlat avtotransport korxonalaridan tashkilotlarda ishlayotgan har bir kishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitalari tomonidan yakka tartibda aholiga transport xizmati koʻrsatadigan shaxslar uchun tasdiqlangan patent haqiga teng miqdorda soliq toʻlaydilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 5-moddaning 1-bandi quyidagi mazmunda boʻlgan “i” kichik bandi bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kommunal mulkka qarashli boʻlib, mahalliy xoʻjalik tarkibiga kiradigan korxonalar uchun soliq miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi va xalq deputatlari mahalliy Sovetlari tomonidan belgilanadi, biroq uning miqdori 35 foizdan koʻp boʻlmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1991-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-moddaning 1-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan miqdorlarda beriladigan ishsizlik boʻyicha nafaqalar, vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik yuzasidan beriladigan nafaqalardan (shu jumladan, bemor bolani boqish yuzasidan beriladigan nafaqalar) tashqari, davlat ijtimoiy sugʻurtasi va davlat ijtimoiy taʼminoti yuzasidan beriladigan nafaqalar, shuningdek fuqarolarga V.I.Lenin nomidagi Sovet bolalar jamgʻarmasi, Sovet tinchlik jamgʻarmasi, Sovet madaniyat jamgʻarmasi, Sovet mehr-shafqat va sihat-salomatlik jamgʻarmasi, SSSR Qizil Krest va Qizil Yarim oy jamiyatlari uyushmasi va boshqa hayriya hamda ekologiya jamgʻarmalarining mablagʻlaridan pul va natura holida beriladigan nafaqalar va boshqa turdagi yordam”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-modda 1-bandining “o” kichik bandidagi “davlat banklari” degan soʻzlar “bank” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-modda 1-bandining “s” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“s) beriladigan pulning miqdoridan qatʼi nazar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan, shuningdek SSSR, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hukumatlarining qarorlari asosida beriladigan moddiy yordam puli; boshqa hollarda, shu jumladan chakana narxlar islohoti munosabati bilan (ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlaridan tashqari) yiliga 1000 soʻmgacha (1000 soʻm ham shunga kiradi) pul va natura shaklida beriladigan moddiy yordam summalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 3-moddaning 1-bandi quyidagi mazmunda boʻlgan “f” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“f) chakana narxlarning oshirilishi munosabati bilan barcha toifadagi fuqarolarga SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan miqdorda pul va natura shaklida beriladigan kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida nazarda tutilgan normalar doirasida beriladigan boshqa kompensatsiya toʻlovlari, ishdan boʻshash chogʻida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya toʻlovlari bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 4-modda 1-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida soliq solinadigan va yiliga 1920 soʻmdan oshmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan, bir korxona, muassasa va tashkilotda toʻliq boʻlmagan yil mobaynida ishlaganida esa, har bir ishlagan oyi uchun 160 soʻm oladigan ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 4-modda 1-bandining “z” kichik bandi “Ulugʻ Vatan urushi davridagi mehnat frontining veteranlari” degan soʻzlaridan soʻng “va bolaligida konsentratsion lagerlarning tutqunlari boʻlganlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 7 va 8-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7-modda. Soliq toʻlovchilar toifalari va soliq solinadigan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning mazkur bobi qoidalariga muvofiq quyidagilar soliq toʻlashga jalb etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar — mulkchilik shakllari va mulk kimning tasarrufida ekanligidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oladigan ish haqlari, mukofotlari va boshqa har qanday daromadlari summasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fuqarolar — tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bilan oʻz mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fuqarolar — Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini, shuningdek kashfiyot, ixtiro hamda sanoat namunalarini yaratganlik, nashr qildirganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun mualliflik haqi summalaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) fuqarolar — Qonunning ushbu moddasi “a-v” bandlarida sanab oʻtilmagan boshqa barcha daromadlaridan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Soliq stavkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolarning ish haqi, mukofot tarzida olgan pullari va boshqa daromadlaridan (mualliflarning merosxoʻrlariga qayta toʻlanadigan mukofot pullaridan tashqari) soliqlar quyidagi miqdorlarda undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik daromad miqdori‎ Soliq miqdori‎
12000 soʻmgacha‎ daromad summasining 12,0 foizi‎
12001 soʻmdan 24000 soʻmgacha‎ 1440 soʻm + 12000 soʻmdan ortiq pulning 15,0 foizi‎
24001 soʻmdan 36000 soʻmgacha ‎ 3240 soʻm + 24000 soʻmdan ortiq pulning 20,0 foizi‎
36001 soʻm va undan yuqori‎ 5640 soʻm + 36000 soʻmdan ortiq pulning 30,0 foizi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Asosiy ish joylarida ishchi va xizmatchilardan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan fuqarolar hamda fan, adabiyot va sanʼat xodimlaridan oladigan daromad soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan soliqlarini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromaddan ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻzda tutilgan tartibda soliq solinmaydigan ish haqining minimumi va boshqa daromadlar chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mualliflarning merosxoʻrlariga takroriy (bir necha bor) toʻlangan mukofotdan soliq quyidagi miqdorlarda undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik daromad miqdori‎ Soliq miqdori‎
500 soʻmgacha‎ daromad miqdorining 60,0 foizi‎
501 soʻmdan 1000 soʻmgacha‎ 300 soʻm + 500 soʻmdan ortiq pulning 65,0 foizi‎
1001 soʻmdan 3000 soʻmgacha‎ 625 soʻm + 1000 soʻmdan ortiq pulning 70,0 foizi‎
3001 soʻmdan 6000 soʻmgacha‎ 2025 soʻm + 3000 soʻmdan ortiq pulning 75,0 foizi ‎
6001 soʻmdan 10000 soʻmgacha‎ 4275 soʻm + 6000 soʻmdan ortiq pulning 80,0 foizi‎
10001 soʻmdan 15000 soʻmgacha‎ 7275 soʻm + 10000 soʻmdan ortiq pulning 85,0 foizi‎
15001 soʻm va undan ortiq puldan ‎ 11725 soʻm + 15000 soʻmdan ortiq pulning 90 foizi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 yoshga yetmagan merosxoʻrlar, 55 yoshdan oshgan ayol va 60 yoshdan oshgan erkak merosxoʻrlar uchun soliq miqdori 50 foiz kamaytiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Qonunning 12-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi mehnat haqi va boshqa daromadlaridan soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadigan ish haqlaridan hamda pul va natura shaklidagi boshqa daromadlardan soliq ish haqi va daromadlarni toʻlaydigan joyda oylik daromad boʻyicha hisoblab chiqiladi va ushlab qolinadi. Oylik daromadlardan olinadigan soliqlarni hisoblab chiqish jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Yil tamom boʻlganidan keyin tugagan yildagi mehnat haqining va toʻlangan boshqa haqlarning umumiy summasiga qarab soliq qaytadan hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil mobaynida ish joyida toʻlangan mehnat haqi va boshqa daromadlardan ushlab qolingan summasi uzil-kesil hisob-kitob qilish paytida inobatga olinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 13-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidan boshqa yerda oʻrindoshlik boʻyicha qilingan ish, pudrat shartnomasiga muvofiq bajarilgan bir gallik va boshqa ishlar uchun toʻlanadigan pulning jami miqdori va shu toʻlovlardan ushlab qolinadigan soliq miqdori haqida shu pulni toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kelgusi yilning 1-fevralidan kechiktirmay daromad oluvchining asosiy ish (xizmat,oʻqish) joyiga xabar qilishi lozim. Shunday maʼlumot olingach, asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidagi buxgalteriya oʻtgan yil uchun asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidan olgan va asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan umumiy ish haqining yigʻindisini hisobga olib, Ushbu Qonunning 8-moddasida koʻzda tutilgan stavkalarga binoan soliqni qaytadan hisoblab chiqishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta hisob-kitob natijalariga koʻra fuqarodan qoʻshimcha hisoblab yozilgan soliq summasi undirib olinadi yoki ortiqcha ushlab qolingan pul unga qaytarib beriladi. Qoʻshimcha hisoblab chiqilgan soliqni undirib olish uch oy mobaynida amalga oshiriladi, ortiqcha ushlab qolingan soliq summasi esa ikki oy mobaynida qaytarib beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 14-moddaning 1-bandi birinchi qismidagi va 3-bandi ikkinchi qismidagi “3” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 15-moddaning 1-bandidagi “bank” muassasalaridagi omonatlar boʻyicha foiz va yutuq shaklida daromad oladigan fuqarolarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 15-moddaning 4-bandidagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) 15-moddaning 10-bandidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha ushlab qolinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) 18-moddaning 2-bandidagi ikkinchi jumla quyidagicha tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Soliq mazkur Qonunning 8-moddasi 1-bandidagi stavkalar boʻyicha ushlab qolinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) 22-moddasining birinchi qismidagi qavsda berilgan matn “ushbu Qonun 7-moddasining “a” bandida koʻrsatilgan daromadlardan tashqari” degan tahrirda berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-moddaning ikkinchi qismidagi “b”, “v”, “g”, “d” va “e” literlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 191-modda)