Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.09.2008 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON-KOREYA “UZ-KOR SILICON” MASʼULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda geologiya-qidiruv ishlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuqori texnologiyalar industriyasini rivojlantirish uchun xom ashyo bazasi hisoblangan qattiq foydali qazilmalar qazib olishni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining “NeoPLANT” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatining Tolakoʻl va Quduq hamda Samarqand viloyatining Sarikoʻl istiqbolli maydonlarida kvars va kvarsitlar konlarini aniqlash va keyinchalik qazib olish maqsadida tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “Uz-Kor Silicon” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Uz-Kor Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining ustav kapitali miqdori ekvivalentda 10,4 mln AQSH dollariga teng ekanligi, undan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foiz miqdoridagi “NeoPLANT” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) ulushining pul mablagʻlari va asbob-uskunalar hisobiga shakllanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foiz miqdoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi ulushining Qashqadaryo viloyatining Tolakoʻl va Quduq hamda Samarqand viloyatining Sarikoʻl istiqbolli maydonlarida tarkibida kvars mavjud boʻlgan xom ashyo yuzasidan ilgari oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari davomida olingan geologiya, geofizika axborotlari va boshqa axborotlar hisobiga shakllanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi va “Uz-Kor Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatining Tolakoʻl va Quduq hamda Samarqand viloyatining Sarikoʻl istiqbolli maydonlari uchastkalari doirasida texnik kremniy, shuningdek kremniyning poli- va monokristallar ishlab chiqarish uchun yaroqli boʻlgan kvars va kvarsitlar konlarini aniqlash boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlari natijalari boʻyicha texnik kremniy, shuningdek kremniyning poli- va monokristallari ishlab chiqarishini tashkil etish va keyinchalik ular asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borish davomida aniqlangan konlar bazasida mikroelektronika elementlari, shu jumladan quyosh elementlari va fotoelektrik modullar ishlab chiqarishni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi “Uz-Kor Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga Sarikoʻl, Tolakoʻl va Quduq istiqbolli maydonlarini geologik oʻrganish maqsadida yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun uch yil muddatga belgilangan tartibda litsenziya bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari “Uz-Kor Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga Sarikoʻl, Tolakoʻl va Quduq istiqbolli maydonlarida yer osti uchastkalarini geologik oʻrganish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Uz-Kor Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalariga binoan qoʻshma korxona faoliyatida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uz-Kor Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasining buyurtmanomalariga binoan qoʻshma korxona faoliyatida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Uz-Kor Silicon” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 371-modda)