OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AKKREDITATSIYA QILINGAN DIPLOMATIK VA ULARGA TENGLAShTIRILGAN VAKOLATXONALARGA TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)NI SOTIShDA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI BOʻYIChA NOL DARAJALI STAVKANI QOʻLLASh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-avgustda 826-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 1999-yil 17-sentabrda EG/04-02-05/1896, 99-66, 15/11567-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllash tartibi (roʻyxat raqami 826, 1999-yil 30-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 11-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
2008-31-son
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
17/19724-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 356-modda)