Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 15.02.1991 yildagi 227-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjat 01.04.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Soliq toʻlovchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan va ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (quyida “fuqarolar” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida daromad soligʻi toʻlovchilardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan deb qaraladigan fuqarolar jumlasiga kalendar yil davomida 183 kundan koʻproq vaqt Oʻzbekiston Respublikasida turgan fuqarolar kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida ham pul yoki natura tarzida olgan daromadlari soliq solish obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmagan fuqarolarning daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan boʻlsa, bu daromadlarga soliq solinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chet el valyutasi olingan daromadlardan soliq toʻlovchining istagiga muvofiq soʻm tarzida yoki SSSR Davlat banki sotib oladigan chet el valyutasida soliq toʻlanadi. Bunda chet el valyutasi olinadigan daromadlar SSSR Davlat bankining soliq hisoblab chiqariladigan kundagi pulning qadri toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumoti asosida soʻmga aylantirilib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq solinadigan daromadga quyidagilar kiritilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vaqtincha mehnat qobiliyatidan mahrum boʻlganlik yuzasidan beriladigan nafaqalar (shu jumladan, bemor bolani boqish yuzasidan beriladigan nafaqalar) dan tashqari davlat ijtimoiy sugʻurta va davlat ijtimoiy taʼminoti yuzasidan beriladigan nafaqalar, shuningdek fuqarolarga V.I. Lenin nomidagi Sovet bolalar jamgʻarmasi, Sovet tinchlik jamgʻarmasi, Sovet madaniyat jamgʻarmasi, Sovet mehr-shafqat va sihat-salomatlik jamgʻarmasi, SSSR Qizil Krest va Qizil Yarim oy jamiyatlari uyushmasi va boshqa xayriya hamda ekologiya jamgʻarmalarining mablagʻlaridan pul va natura tarzida beriladigan nafaqalar va boshqa turdagi yordam;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) alimentlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oliy oʻquv yurtlari hamda oʻrta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari tomonidan oʻz studentlari va oʻquvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida koʻrsatilgan jamgʻarmalarning mablagʻlaridan taʼsis etiladigan stipendiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilari bajargan ish uchun mazkur bilim yurtlari oʻquvchilarga beradigan toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) pensiyalar, shuningdek pensiyaga qoʻshimchalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) fuqarolar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan pul, shuningdek meditsina muassasalarining xodimlari qon yigʻib topshirganliklari uchun oladigan pul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) mayib boʻlish yoki boshqa tarzda salomatlikka ziyon yetishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganlik uchun tovon tarzida olinadigan pul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) fuqarolarni chet elga ishga yuborish munosabati bilan ularga sovet davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari toʻlaydigan ish haqi va chet el valyutasidagi boshqa pullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) fuqarolarning mulkchilik huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan pullari, sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot va boshqa mol-mulkni sotishdan tushgan daromadlar bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) fuqarolarning shaxsiy yordamchi qishloq xoʻjaligida oziq-ovqat mahsulotini sotishdan, shu jumladan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida yosh mollarni, chorvani va parrandani boqishdan olgan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) meros qilib qoldirish va sovgʻa qilish natijasida olingan pul; fan, adabiyot va sanʼat asarlari mualliflarining merosxoʻrlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi tarzidagi pul bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) SSSR, Oʻzbekiston Respublikasi davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar boʻyicha yutuqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy sugʻurta yuzasidan oladigan puli;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) davlat banklari muassasalaridagi omonatlar boʻyicha va SSSR davlat xazina majburiyatlari boʻyicha foizlar va yutuqlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofot puli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan yiliga 200 soʻmgacha (200 soʻm ham shu hisobga kiradi) miqdorda olingan sovgʻalar (buyum tarzidagi mukofotlar) qiymati, shuningdek, xalqaro, Butunittifoq va jumhuriyat konkurslari hamda musobaqalarida buyum tarzida olingan sovrinlar qiymati;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan, shuningdek SSSR Vazirlar Kabineti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti va Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi qarorlari asosida yordam berilgan taqdirda, toʻlanadigan pulning miqdoridan qatʼi nazar, moddiy yordam puli, ushbu moddaning “a” kichik bandida koʻrsatilgandan boshqa hollarda berilgan moddiy yordam — yiliga 500 soʻmgacha boʻlgan taqdirda (500 soʻm ham shu jumlaga kiradi);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) korxonaning aksiyalari yuzasidan olingan va shu korxonaning oʻz aksiyalarini sotib olishga ishlatilgan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) qidiruvchilar artellari aʼzolarining oltin qazib olish sohasidagi qidiruvchilik faoliyati bilan bogʻliq ishlar uchun oladigan daromadlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq solinishi kerak boʻlgan daromad:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fuqarolarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan olishi lozim boʻlgan va ularning arizalariga muvofiq V.I.Lenin nomidagi Sovet bolalar jamgʻarmasi, Sovet tinchlik jamgʻarmasi, Sovet madaniyat jamgʻarmasi, Sovet mehr-shafqat va sihat-salomatlik jamgʻarmasi, SSSR Qizil Kresti va Qizil Yarim oy jamiyatlari, ekologiya jamgʻarmalari, ularning respublika, region va mahalliy boʻlimlariga, shuningdek budjetdan, qisman yoki toʻla-toʻkis pul bilan taʼminlanadigan madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot korxonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga oʻtkaziladigan pul summalariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fuqarolarning soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlardan ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan maqsadlarda bergan badallari summasi tegishli kalendar yil uchun soliq solish paytida hisobga olinadigan daromaddan oshmaydigan miqdorda kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Soliq yuzasidan imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar soliq toʻlashdan butunlay ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida soliq solinadigan va yiliga 1920 soʻmdan oshmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ixtirolar, kashfiyotlar va ularning ilk sanoat nusxalarini yaratganlik, nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun mualliflik haqi 1920 soʻmdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining, dehqon (fermer) xoʻjaligining barcha turlaridan, shuningdek tadbirkorlik subyektlaridan oladigan daromadlari yiliga 1920 soʻmdan oshmaydigan fuqarolar, agar ularning asosiy ish joyi boʻlmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) dehqon xoʻjaligining aʼzolari, dehqon xoʻjaligi tashkil etilgan (roʻyxatdan oʻtgan) yildan boshlab ikki yil davomida — mazkur xoʻjalikdan oladigan daromadlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jamoa xoʻjaliklarining aʼzolari — oʻzlari aʼzo boʻlgan jamoa xoʻjaliklarida bajargan ishlari uchun oladigan daromadlari yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) muddatli haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar va oʻquv yoki tekshiruv mashqlariga chaqirilgan harbiy xizmat yoshidagi kishilar — xizmat joyidan yoki oʻquv yoxud tekshiruv mashqlarida boʻlgan vaqt uchun oladigan maosh, sutkalik pul va boshqa mablagʻlar yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan kishilar, Ulugʻ Vatan urushining nogironlari yoki SSSRni himoya qilish chogʻida yoxud harbiy xizmatning boshqa xil vazifalarini bajarish chogʻida yarador boʻlish, kontuziya boʻlish yoki shikastlanish natijasida yohud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasalliklar natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan boʻlgan nogironlar, shuningdek pensiya taʼminoti jihatdan harbiy xizmatchilarning mazkur toifalariga tenglashtirilgan boshqa nogironlar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Grajdanlar urushi va Ulugʻ Vatan urushi, SSSRni himoya qilish boʻyicha boshqa jangovor operatsiyalarning qatnashchilari boʻlgan va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda sobiq partizanlar, Ulugʻ Vatan urushi davridagi mehnat frontining veteranlari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari safidan boʻlgan, xizmat vazifasini bajarish chogʻida yarador boʻlganlik, kontuziya boʻlganlik yoki jarohatlanganlik tufayli nogiron boʻlib qolgan kishilar — oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) bolalikdan nogironlar, shuningdek koʻrish qobiliyatiga koʻra I va II guruh nogironlari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) qahramon onalar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) Ulugʻ Vatan urushi yillarida Leningrad shahri qamal qilingan davrda shaharda 1941-yilning 8-sentabridan 1944-yilning 27-yanvarigacha ishlagan fuqarolar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) SSSRni himoya qilish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini ijro etish chogʻida yarador boʻlganlik, kontuziya olganlik yoki jarohatlanganlik natijasida, yohud frontda, boʻlganlik bilan bogʻliq kasalliklar natijasida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) Afgʻoniston Respublikasida vaqtincha boʻlgan sovet qoʻshinlarining cheklangan qismi tarkibida xizmatni oʻtagan harbiy xizmat yoshidagi harbiy xizmatchilar oladigan barcha daromadlari yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) studentlar qurilish otryadlari shtablarining ishonch qogʻoziga asosan tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlardan olingan daromadlar yuzasidan studentlar mehnat otryadlarining aʼzolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlari tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarishga yuborilgan fuqarolar shu ishlarini bajarganlik uchun olinadigan daromadlar yuzasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq miqdori quyidagilarga kamaytiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan nogironlardan tashqari I va II guruh nogironlari, ular oladigan barcha daromadlari boʻyicha soliqning 50 foiziga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muddatidan ortiq xizmatdagi ofitserlar, praporshiklar, michmanlar va harbiy xizmatchilarga, shuningdek ichki ishlar organlarining oddiy xizmatchi va boshliqlari safidan boʻlgan kishilar, SSSR Vazirlar Kabineti belgilaydigan tartib va miqdorda beriladigan maoshiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qaramogʻida uch va undan ortiq kishi boʻlgan fuqarolar uchun barcha daromadlar yuzasidan 30 foizga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 16 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolali yolgʻiz onalar — ular oladigan barcha daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 16 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq bolali hamda boquvchisidan marhum boʻlganligi uchun pensiya olmayotgan ayol va erkak bevalar, ular oladigan daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) bolalikdan nogiron boʻlib qolgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandini tarbiyalovchi ota-onadan biri, u oladigan barcha daromadlar boʻyicha soliqning 30 foiziga.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqaro bir necha asosga koʻra soliq boʻyicha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega boʻlsa, unga ana shu imtiyozlarning miqdor jihatdan koʻproq yengillik beradiganidan foydalanish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalari ayrim soliq toʻlovchilarning moddiy ahvolini hisobga olib, ularni daromad soligʻidan ozod qilish, shuningdek, ayrim soliq toʻlovchilar uchun soliq miqdorini kamaytirish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunning ushbu moddasida sanab oʻtilgan fuqarolarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi hujjatlar bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, bu hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning imtiyozlarga boʻlgan huquqi tegishli hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu moddada nazarda tutilgan soliq boʻyicha imtiyozlar patent asosida yakka tartibda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga ham patent uchun haq toʻlash chogʻida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ikki yoqlama soliq solishni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi boʻlgan kishilar chet elda oladigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinadigan daromadlar jumlasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida daromad soligʻini toʻlovchi kishilar chet davlatlar qonunlariga muvofiq xorijda toʻlagan daromad soliqlari Oʻzbekiston Respublikasida daromad soligʻini toʻlash paytida hisobga olinadi. Bundan chet elda toʻlanadigan soliqlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan soliq miqdoridan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SSSRning xalqaro shartnomasi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida soliq solishga oid qoidalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidasi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOB. FUQAROLAR OLADIGAN ISh HAQI, TOʻLOVLAR, MUKOFOTLAR VA BOShQA DAROMADLARGA SOLIQ SOLISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Soliq toʻlovchilar toifalari va soliq solinadigan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning ushbu bobi qoidalariga muvofiq quyidagilar soliq toʻlashga jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishchilar va xizmatchilar — ular mehnat vazifalarini bajarishdan olgan ish haqi miqdori, mukofotlar hamda boshqa har qanday mukofotlar va toʻlovlardan, shuningdek mehnat kollektivlari aksiyalari boʻyicha dividentlar tarzida olinadigan pullardan va korxona, muassasa, tashkilot olgan foyda (daromad) ni taqsimlash natijasida olinadigan boshqa daromadlardan tushadigan foyda miqdoridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliq toʻlovchilarning soliq yuzasidan ishchi va xizmatchilarga tenglashtirilgan toifalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish kooperativlari (kolxozlardan tashqari)ning aʼzolari va ularda shartnomalari asosida ishlayotgan ishchilar, — ana shu kooperativlar toʻlaydigan daromadlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sovet va chet el tashkilotlari, firmalari va boshqaruv organlari ishtirokida tashkil etiladigan qoʻshma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarda, chet el firmalari banklari va ularning vakolatxonalarida ishlaydigan fuqarolar, — ular mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq ish haqi, mukofotlar va boshqa xil mukofot va toʻlovlar miqdoridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ofitserlar safidan boʻlgan shaxslar, praporshiklar, michmanlar va muddatidan ortiq xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar — pul toʻlovlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlar — huquqiy maslahatxonalardagi ishi uchun oladigan mukofotlar miqdoridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) fuqarolar — diniy tashkilotlar va ularning korxonalaridan oladigan daromadlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ilgari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlagan fuqarolar — ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olgan foyda (daromad) ni taqsimlash natijasida oladigan puldan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shtatlarida turmaydigan fuqarolarning pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladigan bir martalik va boshqa ishlarni bajarganligi uchun bu korxona, muassasa va tashkilotlardan oladigan ish haqi hamda pul va natura shaklidagi boshqa daromadlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) moddiy yordam pullari (Ushbu Qonunning 3-moddasida koʻrsatilgandan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bilan ularning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) imorat, kvartira, xonalar va boshqalarni (pansion xizmat koʻrsatishdan tashqari), garajlar, avtomashina va boshqa mol-mulk va koʻchmas mulkni yollab olishga va ijaraga berishdan daromad oladigan fuqarolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) bank muassasalaridagi omonatlar boʻyicha foizlar va yutuqlar shaklida daromad oladigan fuqarolar, ushbu Qonunning 1-bandidagi “m” va “o” kichik bandlarida sanab oʻtilgan daromadlar bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) SSSR da doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolar chet elda va chet eldan oladigan daromadlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) fuqarolarning Qonunning ushbu moddasi “a — k” kichik bandlarida koʻrsatilmagan barcha daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) ushbu Qonun 8-moddasining 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning daromadlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Soliq stavkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qonunning 7-moddasi “a — v” bandlarida sanab oʻtilgan fuqarolarning ish haqi, toʻlovlari, mukofotlari va boshqa daromadlaridan quyidagi miqdorda soliq undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yillik daromad miqdori‎‎

Soliq miqdori‎‎

1921 soʻmdan 2400 soʻmgacha‎ 1920 soʻmdan ortiq har soʻmdan 30 tiyin‎
2401 soʻmdan 3600 soʻmgacha‎‎ 144 soʻm + 2400 soʻmdan ortiq pulning 13,0 foizi‎
3601 soʻmdan6000soʻmgacha‎‎ 300soʻm + 3600 soʻmdan ortiq pulning 14,0 foizi‎
6001 soʻmdan 12000 soʻmgacha‎‎ 636soʻm +6000 soʻmdan ortiq pulning 15,0 foizi‎
12001soʻmdan18000 soʻmgacha‎‎ 1536 soʻm + 12000 soʻmdan ortiq pulning 20,0 foizi‎
18001soʻmdan 24000 soʻmgacha‎‎ 2736soʻm +18000 soʻmdan ortiq pulning 30,0 foizi‎
24001soʻmdan 36000 soʻmgacha‎‎ 4536soʻm + 24000 soʻmda� ortiq pulning 40,0 foizi‎
36001 soʻm va undan ortiq 9336soʻm +36000 soʻmdan ortiq pulning 50,0 foizi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qonunning 7-moddasidagi “g — l” bandchalarida sanab koʻrsatilgan fuqarolarning ish haqi va boshqa daromadlaridan soliq quyidagi miqdorlarida undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yillik daromad miqdori‎‎

Soliq miqdori‎‎

2400 soʻmgacha‎ Daromadning 6 foizi
2401 soʻm va undan ortiq puldan Qonunning mazkur moddasidagi 1-bandda koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunning mazkur moddasi qoidalariga muvofiq quyidagilarga soliq solinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fan, adabiyot va sanʼat asarlari mualliflariga, ularning huquqiy vorislari va merosxoʻrlariga — ana shu asarlarni yaratganlik, nashr etganlik, bajarganlik yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik yohud ana shu asarlardan foydalanish huquqini berganlik yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fan, adabiyot va sanʼat asarlari tarjimalarining mualliflari, ularning huquqiy vorislari va merosxoʻrlari — mualliflik mukofoti pullari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kashfiyotlar, ixtirolar va ularning ilk sanoat namunalarining mualliflariga, ularning huquqiy vorislari va merosxoʻrlariga — mukofot pullari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) fan, adabiyot va sanʼat asarlarini tahrir va taqriz qiluvchi fuqarolarga — mualliflik mukofoti pullari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq mualliflik mukofoti oluvchi boshqa fuqarolarga, — mualliflik mukofoti pullari yuzasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofot pullaridan quyidagi miqdorlarda soliq undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mukofot belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlangan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yillik daromad miqdori‎‎

Soliq miqdori‎‎

2400 soʻmgacha‎ mukofot (daromad) miqdoridan 6 foiz
2401 soʻmdan 3600 soʻmgacha‎‎ 144 soʻm + 2400 soʻmdan ortiq pulning 13,0 foizi‎
3601 soʻmdan 6000 soʻmgacha‎‎ 300soʻm + 3600 soʻmdan ortiq pulning 14,0 foizi‎
6001 soʻmdan 12000 soʻmgacha‎‎ 636 soʻm + 6000 soʻmdan ortiq pulning 15,0 foizi‎
12001 soʻmdan18000 soʻmgacha‎‎ 1536 soʻm + 12000 soʻmdan ortiq pulning 20,0 foizi‎
18001 soʻm va undan ortiq puldan 2736 soʻm +18000 soʻmdan ortiq pulning 30,0 foizi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mukofot belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanmagan taqdirda, soliq Qonunning mazkur moddasi 2-bandidagi koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Mualliflarning vorislariga takroriy (bir necha bor) toʻlangan mukofotdan soliq quyidagi miqdorlarda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Yillik daromad miqdori‎‎

Soliq miqdori‎‎

500 soʻmgacha daromad miqdorining 60,0 foizi
501 soʻmdan 1000 soʻmgacha‎‎ 300 soʻm + 500 soʻmdan ortiq pulning 65,0 foizi‎
1001 soʻmdan 3000 soʻmgacha‎‎ 625 soʻm + 1000 soʻmdan ortiq pulning 70,0 foizi‎
3001 soʻmdan 6000 soʻmgacha‎‎ 2025 soʻm + 3000 soʻmdan ortiq pulning 75,0 foizi‎
6001 soʻmdan 10000 soʻmgacha‎‎ 4275 soʻm + 6000 soʻmdan ortiq pulning 80,0 foizi‎
10001 soʻmdan 15000 soʻmgacha‎‎ 7475 soʻm + 10000 soʻmdan ortiq pulning 85,0 foizi‎
15001 soʻm va undan ortiq puldan 11725 soʻm + 1500 soʻmdan ortiq pulning 90,0 foizi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 yoshga yetmagan vorislar, 55 yoshdan oshgan ayol va 60 yoshdan oshgan erkak vorislar uchun soliq miqdori 50 foiz kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Soliq solinadigan daromad tarkibiga qoʻshilmaydigan pullar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar soliq solinadigan daromad tarkibiga qoʻshilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) amaldagi qonunlarga muvofiq ishdan boʻshash vaqtida toʻlanadigan nafaqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) SSSR va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida koʻzda tutilgan normalar doirasidagi kompensatsiya toʻlovlari, ishdan boʻshash vaqtida foydalanilmagan otpuska uchun beriladigan kompensatsiya bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bepul berib qoʻyiladigan uy-joy binolari va kommunal xizmatlar oʻrniga amaldagi qonunlarga muvofiq toʻlanadigan pul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) SSSR Vazirlar Kabinetining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining tegishli qarorlarida koʻzda tutilgan natura holida beriladigan oziq-ovqat qiymati, shuningdek shu oziq-ovqat oʻrniga toʻlanadigan pul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ijodiy faoliyat, tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanishdan daromad olish bilan bogʻliq xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar turkumiga moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻla qayta tiklashga amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning mehnatiga toʻlanadigan haq xarajatlari, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar, majburiy mulk sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar, banklarning qisqa muddatli kreditlari uchun foiz toʻlovi (toʻlov muddati uzaytirilgan va kechiktirilgan foizlardan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlarining hamma turdagi remonti uchun qilinadigan xarajatlar qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Iqlim sharoitlari ogʻir boʻlgan joylardagi ish uchun toʻlovlariga soliq solish miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqlim sharoiti ogʻir boʻlgan joylardagi ish uchun SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan koeffitsiyentlar (rayon koeffitsiyentlari, baland togʻ, choʻl va suvsiz rayonlardagi ish uchun koeffitsiyentlar) ish haqiga qoʻshib yoziladigan va toʻlanadigan puldan hamda mazkur joylardagi ish staji uchun qoʻshimcha haqdan 13 foiz stavka boʻyicha soliq undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Korxona va tashkilotlar tugatilgan paytda soliq solinadigan daromadni belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning tugatiladigan korxona va tashkilotlardan oladigan jami daromadlariga, shu jumladan shu korxona va tashkilotlarning mol-mulki sotilishi munosabati bilan fuqarolarga toʻlanadigan daromadlar miqdoriga — shu daromadlar toʻlanadigan yildagi boshqa daromadlar (ish haqi) birga qoʻshilib, yillarga taqsimlamay soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi mehnat haqi va boshqa daromadlaridan soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadigan ish haqlaridan hamda pul va natura tarzidagi boshqa daromadlardan soliq ish haqi va daromadlarni toʻlaydigan joyda oʻrtacha oylik daromad boʻyicha hisoblab chiqiladi va ushlab qolinadi. Oylik oʻrtacha daromaddan olinadigan soliq miqdori ushbu Qonun 8-moddasining 1 va 2-bandlarida belgilangan soliq stavkalariga asoslangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Yil tamom boʻlganidan keyin tugagan yildagi mehnat haqining umumiy summasiga va toʻlangan boshqa haqlarga qarab soliq qaytadan hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil mobaynida ish joyida toʻlangan mehnat haqi va boshqa daromadlardan ushlab qolingan soliq summasi yakuniy hisob-kitobda hisobga qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Asosiy ish joyidan boshqa yerda olingan daromadlarga va boshqa toʻlovlarga soliq solish va uni toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻrindoshlik yuzasidan qilingan ish va bajarilgan bir gallik ish uchun olinadigan ish haqi va asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidan boshqa yerda olingan daromadlar hamda toʻlovlar miqdorida soliq ushbu Qonun 8-moddasining 2-bandida koʻzda tutilgan stavkalarga muvofiq ushlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzining asosiy ish joyidan (xizmat, oʻqish) boshqa joyga oʻrindoshlik boʻyicha ishga kirishda, shuningdek pudrat shartnomasiga muvofiq bir gallik va boshqa ishlarni amalga oshirishda (bir marta haqi toʻlanadigan, uzogʻi bilan 5 kunga choʻziladigan qisqa vaqtli bir gallik ishlar, bunday ishlar kalendar yilda nechta boʻlishidan qatʼi nazar) fuqarolar asosiy ish joyi (xizmati, oʻqishi) haqida maʼlumotnoma taqdim etishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy ish joyi (xizmat, oʻqishi) oʻzgargan taqdirda, fuqarolar bir oy muddat ichida oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan yoki pudrat shartnomasiga muvofiq boshqa ishlar bajarayotgan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga asosiy ish joyining oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidan boshqa yerda oʻrindoshlik yuzasidan qilingan ish, pudrat shartnomasiga muvofiq bajarilgan bir gallik va boshqa ishlar uchun toʻlanadigan pulning jami miqdori va shu toʻlovlardan ushlab qolinadigan soliq miqdori haqida shu pulni toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar pul toʻlanganidan keyingi oydan kechiktirmay daromad oluvchining asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyiga xabar qilishi lozim. Shunday maʼlumot olingach, asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidan olgan va oʻrindoshlik yuzasidan qilgan ishi uchun umumiy ish haqining yigʻindisini hisobga olib, ushbu Qonunning 8-moddasida koʻzda tutilgan stavkalarga binoan soliqni qaytadan hisoblab chiqishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta hisob-kitob natijalariga koʻra fuqarodan qoʻshimcha hisoblab yozilgan soliq undirib olinadi yoki ortiqcha ushlab qolingan pul unga qaytarib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik, nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganlik uchun muallifga toʻlanadigan haq, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va ularning ilk sanoat namunalari mualliflariga toʻlanadigan haq miqdoriga soliq solish va uni toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik, nashr qilganlik, ijro etganlik va ulardan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun muallifga toʻlanadigan haq, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va ularning ilk sanoat namunalari mualliflariga toʻlanadigan haq miqdoridan olinadigan soliq yil davomida hisoblab chiqariladi va ushbu Qonun 8-moddasining 3-bandidagi stavkalarga muvofiq daromad toʻlanadigan joyda bevosita ushlab qolinadi. Shundan keyin har safar daromad toʻlash paytida shu yil mazkur toʻlov joyida berilgan toʻlovlarning umumiy miqdoriga binoan soliq qaytadan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil tugagach, fuqarolar (mualliflarning vorislaridan tashqari) 1-martdan kechikmay istiqomat joyidagi soliq idorasiga oʻtgan yili amalda olgan daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishga majburdirlar. Ayni paytda kalendar yil davomida bir marta mukofot olgan fuqarolar daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish yuzasidan shartnomalar boʻlgan taqdirda ushbu shartnoma hisobiga avans tarzida toʻlanadigan mukofotlar uzil-kesil hisob-kitob paytida jamlanadi va soliq solish maqsadida shartnoma amal qilgan yillarga taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday shartnoma boʻlmagan taqdirda, basharti asarni yaratganlik yoki uning birinchi nashri uchun beriladigan haq 12000 soʻmdan oshib ketsa, bu pul toʻlovchining arizasiga muvofiq uch yilga taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kashfiyotlar, ixtirolar va ularning ilk sanoat namunalaridan foydalanilgan dastlabki yil davomida ularning mualliflari oladigan haq miqdoriga nisbatan ham ana shunday tartib qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofot faqat belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlansagina mazkur moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunning mazkur moddasida koʻrsatilgan fuqarolarning (mualliflarning merosxoʻrlaridan tashqari) daromadlaridan bir yillik daromadlar va ana shu daromadni olish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya olingandan keyin ikki oy ichida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq ushbu Qonun 8-moddasining 3-bandidagi stavkalarga muvofiq yillik daromaddan hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad toʻlangan joyda yil davomida ushlab qolingan soliq miqdori uzil-kesil hisob-kitob qilish chogʻida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Haq toʻlaydigan korxona, muassasa va tashkilot oʻzi joylashgan yerdagi soliq idoralariga har yili 1-fevraldan kechiktirmay oʻtgan yil davomida fuqarolarga toʻlangan haq miqdori toʻgʻrisida ularning doimiy yashash joylarini va ana shu daromadlardan ushlab qolingan soliq miqdorini koʻrsatib yozma maʼlumot berishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muallifga haq toʻlagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar joylashgan yerdagi soliq idoralari bu maʼlumotlarni soliqni toʻgʻri va toʻla undirish maqsadida inobatga olishlari uchun daromad olganlarning doimiy yashash joyidagi soliq idoralariga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqish natijalariga koʻra qoʻshimcha soliq toʻlanadigan taqdirda, qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqilgan miqdordagi pulni toʻlash uchun soliq idorasining toʻlov haqidagi xabarnomasi olingan kundan boshlab fuqarolarga uch oy vaqt beriladi. Yil davomida ortiqcha toʻlangan soliqni budjetdan qaytarish zarur boʻlgan taqdirda ana shu pul fuqarolarga soliq idoralari tomonidan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya olinganidan keyin uzogʻi bilan ikki oy ichida qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilingan fuqarolar yil davomida ortiqcha ushlab qolingan soliq ularga qaytarib berilishi uchun bu haqda doimiy istiqomat joyidagi soliq idorasiga ariza berishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Boshqa daromadlardan soliqni hisoblab chiqish va uni toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qonunning ushbu moddasida koʻrsatilgan tartibda tadbirkorlik, yakka tartibdagi va boshqa faoliyatning barcha turlari bilan shugʻullanadigan fuqarolarga; bank muassasalaridagi omonat boʻycha foiz va yutuq shaklida daromad oladigan fuqarolarga; chet elda yoki chet eldan daromad oladigan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarga (mualliflik mukofotlari hamda ularning oʻz mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan toʻlovlar summasi bundan mustasno); fuqarolarning ushbu Qonunning 12, 13 va 14-moddalarida koʻrsatilmagan barcha boshqa daromadlariga soliq solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad qilish bilan bogʻliq boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar oʻrtasidagi tafovut soliq undiriladigan daromad hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining hamma turlaridan olinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqni soliq toʻlovchining doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralari soladi, agar faoliyat boshqa joyda amalga oshirilsa, faoliyat amalga oshiriladigan joydagi soliq idoralari tomonidan soliq solinadi, lekin daromad va soliq miqdori toʻgʻrisida soliq toʻlovchining doimiy istiqomat joydagi soliq idorasiga xabar qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunning ushbu moddasida koʻrsatilgan hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar toʻlaydigan daromad soligʻi ushbu Qonunning 8-moddasi 2-bandidagi stavkalar boʻyicha hisoblab chiqiladi. Har gal navbatdagi toʻlov chogʻida soliq qayta hisob-kitob qilinadi, bunda joriy yilda ushbu toʻlov makoni boʻyicha toʻlangan umumiy summaga asoslaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq quyidagi tartibda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq toʻlovchi har bir kvartalda oldingi yil daromadlariga qarab hisoblab chiqilgan yillik soliq miqdorining 25 foizini toʻlaydi, soliq toʻlashga birinchi bor jalb etilgan toʻlovchilar esa soliq idoralari ularning joriy yildagi taxminiy daromadlaridan hisoblab chiqargan miqdorning 25 foizini toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil davomida soliq toʻlovchining daromadlari ancha koʻpaygan yoki kamaygan taqdirda soliq toʻlash muddati kelmagan davr uchun soliq miqdori qaytadan hisoblab chiqilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yil tugaganidan soʻng soliqning yillik miqdori haqiqatda olingan daromaddan hisoblab chiqariladi va ana shu miqdori bilan yil davomida toʻlangan summa oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchidan kelgusi yilning 15-martidan kechiktirmay undirib olinadi yoki qaytarib beriladi, daromad manbai barham topgan taqdirda esa — 15 kun muddat ichida hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonunning mazkur moddasida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarga quyidagi asoslarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq toʻlovchilarning yil davomida olgan haqiqiy daromadlari toʻgʻrisidagi kelgusi yilning 15-yanvarigacha taqdim etiladigan deklaratsiya asosida soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil davomida daromad manbalari paydo boʻlgan taqdirda fuqarolar daromad manbai paydo boʻlgan kundan boshlab bir oy oʻtgach 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiradilar, unda faoliyatining birinchi oyidagi haqiqiy daromad miqdori va yil oxirigacha faraz etilgan daromad miqdori koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad manbai bahram topgan taqdirda daromad manbai bahram topgan kundan boshlab 5 kun muddat ichida deklaratsiya topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliq idoralarining fuqarolar faoliyatini hamda soliq toʻlovchilarning daromadlari toʻgʻrisidagi boshqa mavjud maʼlumotlarni tekshirishiga oid materiallar asosida soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliqlar 15-martgacha, 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha boʻlgan muddatlarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oila aʼzolaridan har birining hamda mehnat xoʻjaligini birgalikda olib boruvchi va umumiy ulushbay mulk asosida oʻz mol-mulkiga ega boʻlgan boshqa shaxslarning daromadlari ularning oʻzaro kelishuviga muvofiq aniqlanadi, bu haqda daromad toʻgʻrisida soliq idorasiga taqdim etiladigan deklaratsiyada koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga haq toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzlari joylashgan yerdagi soliq idoralariga fuqarolarga toʻlagan summalari haqida har oyda yozma maʼlumot berishlari shart. Bu maʼlumotlarni daromadlarni toʻlagan korxona, muassasa va tashkilot joylashgan yerdagi soliq idoralari soliqni toʻgʻri va toʻla solish maqsadida hisobga olish uchun daromad oluvchilarning doimiy istiqomat joyidagi soliq idoralariga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻz mehnatidan foydalanish haqida tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad soligʻi ana shu fuqarolarga ish haqi toʻlanayotgan paytda ushlab qolinadi. Fuqarolarning asosiy ish joyi boʻlmasa, soliq ushbu Qonun 8-moddasining 1-bandidagi stavkalar boʻyicha yoki fuqarolarning asosiy ish joyi boʻlsa, 8-moddaning 2-bandidagi stavkalar boʻyicha ushlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq puli ushbu moddaning 7-bandida koʻrsatilgan navbatdagi toʻlov muddati boshlanishi bilanoq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan hisoblangan soliq miqdorini budjetga oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bank muassasalaridan fuqarolarga tegishli haq toʻlash uchun mablagʻ olish bilan bir vaqtda hisoblab yozilgan soliq miqdorini budjetga oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot sotishdan va xizmat koʻrsatishdan tushgan puldan ish haqi toʻlaydigan tashkilotlar soliqning hisoblab yozilgan miqdorini ish haqi toʻlangan kunning ertasiga bank muassasasiga topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning maoshlaridan olinadigan soliqni korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablagʻi hisobidan toʻlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III-BOB. FUQAROLARNING DEHQON XOʻJALIGINI YuRITIShDAN OLGAN DAROMADLARIDAN SOLIQ UNDIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Soliq toʻlovchilarning toifalari va soliq solish obyekti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xoʻjaligini yuritayotgan fuqaro yoki birgalikda dehqon xoʻjaligini yuritayotgan fuqarolar, yaʼni qishloq joylarda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan band xoʻjalik Qonunning ushbu bobida koʻrsatilgan tartibda va miqdorda soliq toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yalpi daromad (pul va natura shaklidagi) hamda daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan harajatlar oʻrtasidagi farq soliq solinadigan daromad hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish fondlarini toʻla tiklash uchun ketadigan amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, oʻz mehnatlaridan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash uchun ketgan sarf-xarajatlar, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar, mol-mulkni majburiy sugʻurta qilishga toʻlovlar, bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar uchun foizlar toʻlovi (toʻlov muddati oʻtib ketgan va kechiktirilgan qarzlar foizidan tashqari), shuningdek asosiy ishlab chiqarish fondlari remontining barcha turlariga doir xarajatlar daromad olish bilan bogʻliq harajatlar tarkibiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan fuqarolar mustaqil ravishda yil davomida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotishdan yoki xizmat koʻrsatishdan tushum olingan oydan keyin keladigan oyning 10-kuniga qadar budjetga oylik daromadning 10 foizi miqdorida soliq toʻlab boradilar. Soliq dehqon xoʻjaligi aʼzolarining topshirigʻiga muvofiq ulardan biri tomonidan tushumning jami miqdori hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yillik soliqning uzil-kesil miqdorini kelgusi yilning 1-martiga qadar taqdim etiladigan yil davomida olingan haqiqiy daromad haqidagi deklaratsiya asosida soliq idorasi belgilaydi. Bunda dehqon xoʻjaligi har bir aʼzosining soliq solinadigan yillik daromadi miqdori ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq aniqlanib, bu haqda deklaratsiyada uqtirib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqning kamini toʻlash, binobarin tegishli hollarda yil davomida ortiqcha toʻlangan soliqni qaytarib berish kelgusi yilning 1-aprelidan kechiktirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dehqon xoʻjaligida oʻz mehnatidan foydalanish haqida shartnoma tuzgan fuqarolardan daromad soligʻi shartnoma tuzgan dehqon xoʻjaligi aʼzosi tomonidan ana shu fuqarolarga ish haqini toʻlash chogʻida ushlab qolinadi. Dehqon xoʻjaligida ishlayotgan fuqarolarning asosiy ish joyi boʻlmagan taqdirda soliq ushbu Qonun 8-moddasining 1-bandidagi stavkalarga muvofiq, agar ularning asosiy ish joyi boʻlsa, 8-moddasining 2-bandidagi stavkalarga muvofiq ushlab qolinadi. Soliqlarni budjetga oʻtkazish oylik tushumdan avans soliq toʻlashning navbatdagi muddati boshlangan paytda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV-BOB. AJNABIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARGA SOLIQ SOLIShNING XUSUSIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (quyida “ajnabiy jismoniy shaxslar” deb yuritiladi) soliq solinadigan daromadi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining soliq solinadigan daromadiga boʻlgani kabi tartibda aniqlanadi. Ajnabiy jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash chogʻida unga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) SSSRda yashashi munosabati bilan toʻlanadigan qoʻshimcha haq miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bolalarni maktabda oʻqitish, ovqatlantirish, soliq toʻlovchilar oilasi aʼzolarining otpuska vaqtidagi kira haqlari va shu kabi maqsadlardagi sarf-xarajatlarini qoplash uchun toʻlanadigan pul miqdori ham kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq solinadigan daromad tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ajnabiy jismoniy shaxsni yollovchining davlat ijtimoiy sugʻurta va pensiya taʼminoti jamgʻarmalariga oʻtkaziladigan pul miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat maqsadlari uchun uy-joy binosini ijaraga olish va avtomobil saqlab turish uchun xarajatlarni qoplashga toʻlanadigan pul miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xizmat safari xarajatlari miqdori kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Soliq solish miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega ajnabiy jismoniy shaxslar deb qaraladiganlarning daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xuddi shunday daromadlariga nisbatan koʻzda tutilgan miqdorlarda daromad soligʻi solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy kompaniyalar egalarining daromadlariga ushbu Qonun 8-moddasining 1-bandida koʻzda tutilgan miqdorlarda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq solish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar ushbu moddada belgilab qoʻyilgan tartibda daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq solish maqsadlarida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega va ushbu Qonunning II-III-boblari bilan tartibga solinadigan daromad oluvchi deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxslar tegishli boblarda belgilab qoʻyilgan tartibda daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Amalda olingan daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar ajnabiy jismoniy shaxs faoliyatini amalga oshiradigan yoki istiqomat qiladigan joydagi soliq idorasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega deb qaraladigan ajnabiy jismoniy shaxs joriy yildagi koʻzda tutilayotgan daromadlari haqidagi deklaratsiyani Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kundan boshlab bir oy davomida taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajnabiy jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yil davomida toʻxtagan va u Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan taqdirda amalda olingan daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya u joʻnab ketishidan kamida bir oy oldin topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ajnabiy jismoniy shaxslarning daromadlariga ularning daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi asosida solinadigan daromad soligʻi Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchining faoliyati amalga oshiriladigan yoki yashaydigan joydagi soliq idorasi tomonidan hisoblab chiqiladi. Soliq idorasi toʻlovchiga yuboradigan toʻlov xabarnomasi soliq toʻlash uchun hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻzda tutilayotgan daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlovchi uchun u toʻlashi lozim boʻlgan soliqning avans miqdori uning soliq majburiyatlarining 75 foizi miqdorida hisoblab chiqiladi; soliq miqdorini qaytadan hisoblab chiqish haqiqiy daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yil soligʻi baravar miqdorda uch boʻlib — 15-maygacha, 15-avgustgacha va 15-noyabrgacha toʻlanadi. Hisobot yili uchun qayta hisoblab chiqilgan soliqqa qoʻshimcha toʻlov xabarnomasi yozilgan kundan boshlab bir oy davomida toʻlanadi. Soliqning ortiqcha toʻlangan miqdori soliq toʻlovchining xohishiga koʻra unga qaytarib beriladi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzaro kelishuv asosida ajnabiy jismoniy shaxslardan daromad soligʻi undirish toʻxtalishi yoki cheklab qoʻyilishi mumkin, qachonki tegishli xorijiy davlatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan shunday tadbir amalga oshirilayotgan boʻlib, bu hol ana shu xorijiy davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandni qoʻllash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DOIMIY ISTIQOMAT JOYIGA EGA BOʻLMAGAN ShAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MANBALARDAN OLADIGAN DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Soliq solish miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlaridan (ushbu Qonun 7-moddasining “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “e” bandlarida koʻrsatilgan daromadlardan tashqari) olinadigan soliq daromadni toʻlash manbaida 20 foiz stavka boʻyicha ushlab qolinadi. Soliqning mazkur stavkasi ushbu Qonunning 6-moddasi va 21-moddasining 4-bandi qoidalarida boshqa hol koʻzda tutilmagan boʻlsa qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 7-moddasining “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” bandlarida koʻrsatilgan daromadlardan ularda keltirilgan stavkalar boʻyicha soliq ushlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI-BOB. UShBU QONUNGA RIOYa ETILIShINI TAʼMINLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq idoralariga ushbu Qonunda koʻzda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan shakllarda daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya, deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tasdiqlovchi boshqa zarur hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etishi, shuningdek soliq solinadigan daromadlarni va ana shu daromadlarni olish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni hisobga olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliq imtiyozlari huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishi, tegishli hollarda esa bunday hujjatlarni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) soliq idoralari taqdim etgan soliq miqdorini budjetga oʻz vaqtida va toʻla miqdorda toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) daromad olish uchun foydalanilayotgan binolarga soliq idoralarining mansabdor shaxslarini kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishchilar va xizmatchilar ish haqidan olinadigan soliqlar miqdorini hamda toʻlov manbai soliq solinadigan boshqa daromadlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hisoblab berish, ushlab qolish va budjetga oʻtkazishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliq idoralari tomonidan soliq solinishi lozim boʻlib, oʻzlari fuqarolarga toʻlagan daromadlar haqidagi maʼlumotlarni soliq idoralariga oʻz vaqtida taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish chogʻida daromadni toʻlaydigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ajnabiy jismoniy shaxslar oʻrniga soliq toʻlash xarajatlarini qoplash majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Soliqlar ushlab qolish va notoʻgʻri ushlab qolingan soliqlarni qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarning ish haqidan hamda fuqarolarning boshqa daromadlaridan oʻz vaqtida ushlab qolinmagan soliq miqdori koʻpi bilan ikki yili uchun qaytarib berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromadlariga deklaratsiyaga muvofiq soliq solinadigan, soliq toʻlashga oʻz vaqtida jalb etilmagan yoki notoʻgʻri soliq solingan fuqarolardan soliqni undirib olish yoxud ularga qaytarib berish soliqni notoʻgʻri ushlash aniqlangunga qadar oʻtgan davrning koʻpi bilan ikki yili uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchining soliqni toʻlashdan boʻyin tovlashi natijasida undirilmay qolgan soliq miqdori butun boʻyin tovlash davri uchun undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq solinadigan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmagan soliq toʻlovchilarga soliq idoralari oldingi hisobot yilida toʻlangan soliqning 150 foizi miqdorida yoki soliq idorasi ega boʻlgan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumot asosida shartli ravishda hisoblab chiqilgan miqdorda soliq toʻlash toʻgʻrisida toʻlov xabarnomasi yuboriladi. Mazkur hujjatlar taqdim etilgach va ular tekshirib koʻrilgandan keyin soliq miqdori haqiqatdan olingan daromadga qarab toʻlanadigan soliqning 10 foizi ushlab qolinib, qaytadan hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanish tartibini buzishda aybdor boʻlgan yoki maxsus ravishda taqiqlab qoʻyilgan yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar, shuningdek, daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoxud deklaratsiyaga notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritishda, soliq solish maqsadlari uchun zarur boʻlgan daromadlar va xarajatlarning tegishli hisob-kitobi boʻlmaganligida aybdor boʻlgan fuqarolar soliq idoralarining rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq solinishi lozim boʻlgan amalda olingan daromadlarni yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) uchun daromadning yashirilgan (kamaytirilgan) qismi miqdorida jarima solinadi, qonunni takroriy buzgan taqdirda esa ikki hissa miqdorida jarima solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin almashtiriladigan valyutada olingan daromadlarni yashirish daromad miqdorini SSSR Davlat bankining maxsus kursi bilan ikki hissa miqdorida qayta hisoblab chiqishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu pul soliq idoralarining mansabdor shaxslari protokol tuzgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida budjetga oʻtkaziladi. Ana shu pulni toʻlashdan bosh tortilgan taqdirda u muddatida toʻlanmagan soliqlarni va soliqdan tashqari toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisidagi Nizomda belgilab qoʻyilgan tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning daromad soligʻi miqdorini toʻla hajmda oʻz vaqtida ushlab qolmaganlik va budjetga oʻtkazmaganlikda, fuqarolarning daromadlarini yashirishda (kamaytirib koʻrsatishda), buxgalteriya hisobotini olib bormaganlik yoki bunday hisobotni belgilangan tartibni buzgan holda olib borganlik, soliqni hisoblab chiqish va toʻlash bilan bogʻliq hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, umuman taqdim etmaganlik yoki belgilangan shaklda taqdim etmaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslari soliq idoralarining rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorlarda jarima solish tarzidagi maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Haq toʻlash manbaida undirilishi lozim boʻlgan, oʻz vaqtida ushlab qolinmagan, toʻla ushlab qolinmagan yoki budjetga oʻtkazilmagan soliq miqdori fuqarolarga daromad toʻlaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan soliq idoralari tomonidan shak-shubhasiz undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun muddati oʻtgan har kun uchun toʻlanmagan miqdorning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Soliq idoralarining harakatlari ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslarning soliqni undirib olish chogʻida yoʻl qoʻygan harakatlari va farmoyishlari ustidan shikoyatlar ana shu shaxslar bevosita boʻysunadigan idoraga yoki qaysi idoraning farmoyishi bilan soliq undirilayotgan boʻlsa, oʻsha idoraga topshiriladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ustidan tushgan shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab 15 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha qaror qabul qilinadi, fuqarolar ustidan tushgan shikoyatlar esa fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun belgilab qoʻyilgan muddatda koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlarga doir qarorlar ustidan bir oy muddat ichida yuqori turuvchi soliq idorasiga yoki xalq sudiga shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat topshirish soliq undirishni toʻxtata olmaydi. Shikoyatni koʻrib chiqayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar tegishli soliq miqdorini undirishni toʻxtatib turishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq idoralari mansabdor shaxslarning maʼmuriy jazo belgilashlari bilan bogʻliq harakatlari ustidan shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga doir koʻrsatmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunni qoʻllashga doir koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 88-modda; 8-son, 191-modda; 1992-y., 1-son, 50-modda; 4-son, 168-modda; 9-son, 337-modda; 1993-y., 1-son, 20-modda; 1994-y., 1-son, 14-modda; 10-son, 254-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 12-son, 269-modda; 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda)