OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“KORXONA — MAHALLA” IQTISODIY OʻZARO FAOLIYAT VA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-avgustda 808-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2005-yil 4-maydagi PF-3603-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 17-18-son, 128-modda) hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 140-modda) asosan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 26-avgustda 11-son bilan tasdiqlangan “Korxona — Mahalla” iqtisodiy oʻzaro faoliyat va hamkorlik toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 808, 1999-yil 27-avgust) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-iyul,
01/23-18/10-son
Kelishilgan:
“Mahalla” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi A. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-iyul
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-iyul
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 322-modda)