OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN TOʻLANADIGAN YAGONA YER SOLIGʻI SUMMASIDAN QIShLOQ XOʻJALIGINI TEXNIKA BILAN TAʼMINLAShNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMGʻARMASIGA OʻTKAZILADIGAN QATʼIY BELGILANGAN AJRATMALAR TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-avgustda 1105-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (2000-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 979)ning 83 va 84-bandlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 6-fevraldagi 30, 210-V va 2002-28-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi summasidan qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan qatʼiy belgilangan ajratmalar tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (2002-yil 6-mart, roʻyxat raqami 1105 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-iyul,
81-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-iyul,
16/3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-iyul,
2008-36-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 309-modda)