OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING AYRIM BUYRUQLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-avgustda 1841-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish Qoidalarining (2000-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 979) 83 va 84-bandlariga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 27-iyundagi 60-son “Samarqand viloyati va Toshkent shahrida gʻaznachilik ijrosida buxgalteriya hisobi haqida Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2006-yil 24-iyul roʻyxat raqami 1601 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 298-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 24-oktabrdagi 90-son “Samarqand viloyati gʻaznachilik ijrosida buxgalteriya hisobi haqida Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (2006-yil 11-noyabr, roʻyxat raqami 1601-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 464-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-iyul,
79-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 308-modda)