28.07.2008 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilova muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga
1-ILOVA

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishga oid ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish — ekspertiza buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnoma asosida boshqa baholash tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan baholash tashkilotini baholash boʻyicha hisobotlarni tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertizaning bajaruvchisi — baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega boʻlgan, shartnoma asosida ekspertiza oʻtkazish uchun jalb qilinadigan baholash tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahliliy ekspertiza — qiymat turining baholash maqsadlariga muvofiqligini, baholashda foydalanilgan maʼlumotlarning asoslanganligini, metodologiyaning maqbulligini, hisob-kitoblarning aniqligini va baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun oʻtkaziladigan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlar tahlili asosida amalga oshiriladigan ekspertiza;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertiza — tahliliy ekspertizani, shuningdek baholash obyektiga chiqib baholanadigan mol-mulkni tekshirishni va, zaruriyat boʻlganda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning qiyoslanadigan obyektlarini tekshirishni oʻz ichiga oladigan ekspertiza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert xulosasi — baholash toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuniga, oʻtkazilgan tadqiqotlar sifati va umuman baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligiga nisbatan sharhlar bilan birgalikda ekspertiza natijalarini aks ettiradigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligi ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb yuritiladi) oʻtkazilishi predmeti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ekspertiza quyidagilar yuzasidan taqdim etilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligi tekshirilishini taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilgan maʼlumotlar va olingan maʼlumotnomalarning asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllanilgan metodlar va baholash usullarining asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblarning aniqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil, fikrlar va xulosalarning asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi isbotlovchi ahamiyatiga ega boʻlgan maʼlumotlar ayni bir vaqtda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishlilik — baholash obyekti bilan baholash tartib-qoidasi uning vositasida amalga oshiriladigan maʼlumotlar sifat va miqdor tavsiflarining aloqadorligi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qoʻyilishi mumkinligi — maʼlumotlar ishonchli tasdiqlanadigan manbalardan olinishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchlilik — isbotlar bilan aniqlanadigan maʼlumotlar buyurtmachi va ekspertiza natijalaridan boshqa foydalanuvchilar ularni xolisona haqiqatga muvofiq deb baholashi mumkin boʻlgan tarzda, yaʼni haqiqatda yuz bergan tegishli holatlar bilan isbot qilinishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetarlilik — maʼlumotlar qoʻshimcha axborot manbalarini jalb etmasdan va baholash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrmasdan ular yordamida olinadigan natijalarni toʻliq va xolisona talqin qilish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ekspertiza buyurtmachi, baholashning boshqa isteʼmolchilari va baholashni oʻtkazgan baholash tashkiloti oʻrtasida bahsli vaziyatlar paydo boʻlgan taqdirda yoki boshqa holatlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ekspertizani oʻtkazgan baholash tashkiloti takroriy (oʻz) bahosini amalga oshirmasdan va baholash obyekti qiymatini oʻz ichiga olgan oʻz xulosasini chiqarmasdan baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotning ishonchliligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Baholash tashkilotini ilgari ushbu baholash tashkiloti tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ekspertizasiga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot ekspertizasiga baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotni tuzishda oldin ishtirok etgan baholovchi jalb etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ekspertiza oʻtkazish uchun asos
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekspertizani bajaruvchi (keyingi oʻrinlarda “bajaruvchi” deb yuritiladi) bilan ekspertizaning buyurtmachisi (baholash xizmatlari isteʼmolchisi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma (shartnomada oʻtkaziladigan ekspertiza turi koʻrsatilishi kerak) ekspertiza oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspertizani oʻtkazishda ekspertiza buyurtmachisi yoxud boshqa manfaatdor shaxslarning bajaruvchi faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ekspertiza buyurtmachisining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertizani oʻtkazish masalalari boʻyicha bajaruvchidan maslahatlar va zarur metodik yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza predmetiga nisbatan takliflar, mulohazalar, tushuntirishlarni bajaruvchiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajaruvchidan ekspertizani oʻtkazishning borishi toʻgʻrisidagi axborotni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza buyurtmachisi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekspertiza buyurtmachisi quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza oʻtkazilishining toʻliqligini taʼminlaydigan materiallarni ekspertizaga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada nazarda tutilgan tartibda ekspertiza oʻtkazilishining haqini toʻlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza buyurtmachisi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Bajaruvchining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ekspertiza oʻtkazishda bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza buyurtmachisidan baholash obyekti va baholash obyektini baholash oʻtkazilishi bilan bogʻliq hujjatlardan foydalanish taʼminlanishini talab qilish, shuningdek undan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tushuntirish va qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslardan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrash. Agar koʻrsatib oʻtilgan axborotni taqdim etish rad etilishi ekspertizaning haqqoniyligiga taʼsir koʻrsatgan taqdirda baholovchi buni ekspert xulosasida koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchilar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda ekspertizani oʻtkazishda qatnashishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan, ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot taqdim etilishini taʼminlamagan yoxud shartnomaga muvofiq ish sharoitlarini taʼminlamagan hollarda ekspertiza oʻtkazishni rad etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajaruvchi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bajaruvchi ekspertizani oʻtkazishda quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertizani oʻtkazish tartibi va shartlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining talabiga koʻra ekspertizani oʻtkazishga shartnoma tuzilishi oldidan baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyani, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan xolisona ekspertiza oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan holatlar paydo boʻlishi oqibatida ekspertizani oʻtkazishda oʻzining ishtirok etishi mumkin emasligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining soʻrovi boʻyicha baholash faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlarining talablari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza oʻtkazish davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning egasiga va (yoki) buyurtmachiga ekspertiza oʻtkazish jarayonida aniqlangan ularning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlar tomonidan zarar yetkazilishi, shuningdek qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida xabar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosalari nusxalari baholash tashkilotida uch yil mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza oʻtkazish davomida buyurtmachidan olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajaruvchi qonun hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ekspertiza oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ekspertiza tahliliy yoki dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertiza shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tahliliy ekspertizani oʻtkazishda bajaruvchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi axborotdan foydalanib quyidagilarni tekshirishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektiga mavjud va baholanadigan huquqlar tavsifining yetarliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanadigan qiymat maqsadlari va turining baholashni oʻtkazish haqidagi shartnoma shartlariga va baholash natijalaridan kelajakda foydalanishga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashni oʻtkazishda qabul qilingan yoʻl qoʻyishlar va cheklashlarning qonuniyligi (qonun hujjatlariga muvofiqligi) va haqqoniyligi (amaldagi holatlarga muvofiqligi);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektiga tegishli boʻlgan bozor tavsifi va tipik xaridorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli natijaga ega boʻlish uchun narx hosil qiluvchi omillar jamini, shu jumladan baholash obyektining joylashgan joyi, ochiq bozorda baholash obyekti ekspozitsiyasining oʻrtacha bozor davrini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyekti qiymatining tegishli turini aniqlash uchun baholovchi tomonidan baholash standartlari qoʻllanilishining asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy, bozorga oid, moliyaviy, texnik axborotlar va boshqa axborotlardan hamda ularni olish manbalaridan foydalanish asoslanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus atamalar, baholovchining asoslashi va xulosalari mavjudligi va tushuntirishning toʻliqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovalardagi mavjud zarur hujjatlar va materiallar mavjudligi va toʻliqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatli, qiyosiy va daromadli yondashuvlar qoʻllanilishining toʻgʻriligi, shuningdek har bir yondashuv doirasida baholash metodlarini tanlash va qoʻllashning toʻgʻriligi, ulardan foydalanishni asoslash (foydalanishni rad etish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashga turlicha yondashuvlar bilan hisob-kitoblarni kelishishning boadabliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot tuzilmasi va uni rasmiylashtirish sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblarda foydalanilgan maʼlumotlarning birlamchi maʼlumotlarga hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har xil boʻlimlarida va unga ilovalarda keltirilgan boshqa maʼlumotlarga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertizada bajaruvchi ekspertizani ushbu Nizomning 16-bandi talablariga muvofiq oʻtkazadi, shuningdek:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan maʼlumotlarga identifikatsiyalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektining fizik holatini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyekti tavsiflari zarur tarzda oʻlchanishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun qiyoslanadigan obyektlarni tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni haqqoniy yoki haqqoniy emas deb eʼtirof etish ekspertiza natijasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagi omillar (holatlar)dan hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlganda baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli emas deb eʼtirof etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot baholash oʻtkazish haqidagi shartnoma talablariga muvofiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashning maqsadi baholash natijalaridan kelgusida foydalanishni aks ettirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tomonidan baholanayotgan mol-mulk qiymatining turi noqonuniy belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotni isbotlovchi ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat sifatida tavsiflash imkoni yoʻq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro bir-birini istisno etuvchi va bir-biriga zid faktlar, maʼlumotlar, xulosalar, yoʻl qoʻyishlar va ularning bir xilda talqin etilmasligi mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashni oʻtkazishda foydalanilgan maʼlumotlar (ularni olish manbalari) toʻgʻrisida aniqlashtirilgan axborot mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotda foydalaniladigan tuzatishlar va/yoki yoʻl qoʻyishlar ularni qoʻllashning ayon koʻrinib turgan imkoniyatlari doirasidan tashqariga chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblar, formulalar, qoʻllanilgan chegirma va mukofotlar izchil va asoslangan emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talabiga muvofiq tuzilgan boʻlsa va isbotlovchi ahamiyatli maʼlumotlarga ega boʻlsa baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bajaruvchi baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana bilan ekspertiza oʻtkazilgan sana oʻrtasida paydo boʻlgan qoʻshimcha axborotni eʼtiborga olmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ekspertiza natijalari boʻyicha bajaruvchi ekspertiza oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq ekspertizaning buyurtmachisiga beriladigan ekspert xulosasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza tugallangandan keyin uch kun muddatda bajaruvchi ekspert xulosasi nusxasini bajariladigan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat qilish uchun baholovchi faoliyatning litsenziyalovchi organiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ekspertizaning buyurtmachisi ekspert xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu ekspert xulosasini va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni sudga yuborishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ekspert xulosasini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ekspert xulosasida quyidagi majburiy boʻlimlar mavjud boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 boʻlim. “Umumiy maʼlumotlar”, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza oʻtkazish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza predmeti (baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza turi (tahliliy, dala sharoitida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza oʻtkazilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert (ekspertlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash obyektini baholash sanasida aniq identifikatsiyalash imkonini beradigan baholash obyektining aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash subyektiga nisbatan esa — yuridik shaxsning rekvizitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 boʻlim. “Baholanadigan obyektga chiqqan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish natijalari” (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazilganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 boʻlim. “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati haqidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 boʻlim. “Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert xulosasining namunaviy shakli mazkur Nizomga ilovada keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Ekspertiza oʻtkazishda bajaruvchining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ekspertizani oʻtkazishda bajaruvchi oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi, shuningdek baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎_______-son hisobot boʻyicha
‎ekspert xulosasi

‎‎“__________________________________________________________________”

‎‎(baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nomi)

‎‎20__ yil “___” _________Toshkent shahri

‎‎1. Umumiy maʼlumotlar

Ekspertizani oʻtkazish asosi:____________________________________ ___________________________________________________________________
Ekspertiza predmeti:__________________________________________ ___________________________________________________________________
Ekspertiza turi:_______________________________________________
‎‎ Ekspertiza oʻtkazilgan sana: 20__ yil “__”______
‎‎ Ekspert: F.I.O., lavozimi, baholovchining malaka sertifikati tartib raqami va uning berilgan sanasi ______________________________________ ____________________________________________________________________
20__ yil “___” _______dagi “_______________”-son hisobot (keyingi oʻrinlarda Hisobot deb ataladi) 20__ yil “___” _______da berilgan____-son litsenziya asosida faoliyat koʻrsatuvchi “______________” baholovchi tashkilot tomonidan 20__ yil “___” ________da berilgan ______-son baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan baholovchi ______ tomonidan 20__ yil “___” __________dagi _______-son Shartnoma boʻyicha ________________maqsadida bajarilgan.
___________________________________________________
(Obyektning baholash sanasida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi aniq tavsifi, ___________________________________________________yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash obyekti boʻyicha esa yuridik shaxsning rekvizitlari)
‎‎‎__________baholash obyekti hisoblanadi.

2. Baholanuvchi obyektga borgan holda baholanuvchi mol-mulkni tekshirish natijalari (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda):

Dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlandi:

‎‎(Soʻngra ekspert tomonidan baholash obyektiga borgan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning taqqoslanadigan obyektlarini tekshirish natijalari keltiriladi)

‎‎3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi

‎‎Hisobotda quyidagilar keltirilgan:___________________________________

‎‎____________________________________________________________ (Soʻngra ekspert tomonidan baholash toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarga rioya qilinishi boʻyicha muvofiqligi haqidagi xulosalar keltiriladi)
‎Baholash maqsadlari uchun Hisobotda quyidagi yondashuvlardan foydalanilgan:

‎‎___________________________________________________________________

‎‎____________________________________________________________ (Soʻngra ekspert tomonidan hisobotda Baholovchi tomonidan u yoki bu baholash yondashuvlaridan foydalanishning (yoki foydalanishni rad etishning) asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)

‎‎Daromad boʻyicha yondashuvdan foydalanish:

‎‎Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi ______________________ metodidan foydalandi.

‎‎(Soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)

‎‎Qiyosiy yondashuvdan foydalanish:

‎‎Xarajat boʻyicha yondashuvdan foydalanish:

Joriy etilgan chegirishlar va mukofotlar:

‎‎(Ushbu boʻlimda ekspert tomonidan hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan chegirishlar va mukofotlar miqdorlarini qoʻllaganlikning asoslanganligi va ularning haqqoniyligi, shuningdek ularni aniqlashning haqqoniyligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)

‎‎Baholashning har qaysi yondashuvi salmogʻini asoslash:

‎‎Baholovchi ______________ (baholashda qiymatni aniqlashga yondashuvlarda foydalanilgan salmoqni belgilash metodidan) foydalandi.

‎‎(Soʻngra ekspert tomonidan Baholovchi yondashuvlarining salmogʻini (koeffitsiyentlarini) belgilashning asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)

‎‎4. Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalari:

‎‎Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, 20__ yil “___” __________dagi “_______________________”ni baholash toʻgʻrisidagi koʻrib chiqilgan

‎‎(hisobot nomi)

‎‎_____-son hisobot__________________________ deb eʼtirof etiladi
‎‎(haqqoniy/haqqoniy emas)

‎‎Ekspertizani oʻtkazgan ekspert_________ (imzo)

Ekspertizani oʻtkazgan
‎baholovchi tashkilot rahbari __________ (imzo)

‎‎Baholovchi tashkilot muhri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu ekspert xulosasi faqat ilova qilinayotgan hisobotning toʻliq matnini hisobga olgan holda, unda mavjud boʻlgan barcha yoʻl qoʻyishlar va cheklashlarni, shuningdek ekspertizani oʻtkazishda foydalanilgan hujjatlarni eʼtiborga olib talqin etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga
2-ILOVA

Sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Baholash obyektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish — sud organlari tomonidan yuborilgan baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarida baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi xulosalarni tahlil qilish va tuzish boʻyicha tadbirlar yigʻindisi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya — Baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya xulosasi — baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish natijalaridan iborat boʻlgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert — baholovchi tashkilot shtatida turuvchi, ekspertlar reyestriga kiritilgan va ekspert hisobotini tayyorlash uchun Komissiya tomonidan jalb etiladigan baholovchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning ekspert aʼzosi — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ekspertlar reyestridan Komissiya aʼzosi sifatida tasdiqlangan ekspert;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar reyestri — baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Komissiya tomonidan tanlab olingan jismoniy shaxslar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar ilova qilingan holda sud organlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilgan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida sud organlarining ajrimi baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb ataladi) uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Komissiya tarkibi va uning ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaning doimiy aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning ekspert aʼzosi ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan boʻlgan Komissiyaning doimiy aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiyaga Komissiya raisi boshchilik qiladi, u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisining kun tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana va joyni tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarida raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishlarida qatnashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlar nomzodlarini koʻrib chiqadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlarning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar ishlari natijalarini muhokama qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarini qabul qilish toʻgʻrisida ovoz berishlarda qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya majlisi, agar unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikr-mulohazasi Komissiya majlisining protokolida aks ettiriladi yoki yozma ravishda alohida rasmiylashtiriladi va u Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi, u Komissiya ishlari boʻyicha hujjatlarning belgilangan tartibga muvofiq yuritilishi va saqlanishini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya majlislarni ekspertizadan oʻtkazish uchun materiallar toʻplanishiga qarab oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlarni tanlab olishni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlarni tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekspertlarni tanlov asosida tanlab olish Komissiya tomonidan, talab qilinadigan ekspertlar sonidan kelib chiqqan holda har yili kamida bir marta amalga oshiriladi hamda qatnashchilar tarkibi va tanlov takliflarini berish shakli boʻyicha ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov boʻyicha tanlab olishda qatnashish istagini bildirgan ekspertlar (keyingi oʻrinlarda “talabgor” deb ataladi) uchun quyidagi talablar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun baholovchining malaka sertifikati toʻxtatilganligi yoki bekor qilinganligi hollarining mavjud emasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor baholovchi tashkilot shtatida turishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor baholovchi lavozimida qatnashgan har xil turdagi mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi kamida yigirmata hisobotning mavjud boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Talabgorlar tanlov boʻyicha tanlab olishda qatnashish uchun Komissiyaning ishchi organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov asosida tanlab olishda qatnashish yuzasidan buyurtmanoma, unda talabgor ekspert sifatida ishlarni amalga oshirish uchun tayyor boʻlgan respublika hududlari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchining malaka sertifikati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor ularda baholovchi lavozimida qatnashgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarga oid maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida sanab oʻtilgan barcha hujjatlar tanlov boʻyicha tanlab olish oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan manzilga bir nusxada taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanomaga talabgor tomonidan imzolangan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati ikki nusxada ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabgorlarning tanlov boʻyicha tanlab olishda qatnashish boʻyicha hujjatlari Komissiyaning ishchi organi tomonidan tanlov boʻyicha tanlab olishning oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy-axborot vositalarida chop etilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning ikkinchi nusxasi talabgorga hujjatlar qabul qilingan kunda, hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov boʻyicha tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlardan hujjatlar qabul qilib olinadi va ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi, shuningdek taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi oʻrganiladi. Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlarning ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlgan hujjatlari keyinchalik qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda Komissiya aʼzolari oʻz majlisida talabgorlarning hujjatlarini oʻrganadilar va tanlov boʻyicha tanlab oladilar. Tanlov boʻyicha tanlovdan oʻtgan talabgorlar Komissiya qarori bilan ekspertlar reyestriga kiritiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov boʻyicha tanlab olish yakunlari Komissiya protokoli bilan tasdiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining rasmiy saytiga joylashtiriladi va tanlov boʻyicha tanlab olish natijalari tasdiqlangan sanadan keyin besh kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baholovchining malaka sertifikati amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish ushbu ekspertni ekspertlar reyestridan chiqarishga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Komissiya tomonidan ekspertiza oʻtkazilishi va uning natijalarini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ekspertizadan oʻtkazish Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning I boʻlimi 4, 5-bandlariga va V, VII boʻlimlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning III va IV boʻlimlari normalari Komissiyaga va ekspertga (ekspertlarga) tatbiq etiladi, ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov boʻyicha normalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sud organlarining ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan har bir aniq murojaati boʻyicha baholanuvchi obyektni baholash materiallari olingan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida Komissiya ekspertlar reyestriga kiritilganlar orasidan ekspertni (ekspertlarni) tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza obyektiga va sudda koʻrib chiqishda qatnashuvchi baholovchi tashkilotlarga nisbatan mulkiy yoki boshqa nomulkiy manfaatlarga ega boʻlgan ekspertning tasdiqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday manfaatlar mavjud boʻlgan taqdirda ekspert bu toʻgʻrida Komissiyaga maʼlum qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert tomonidan ekspertiza obyektiga va sudda koʻrib chiqishda qatnashuvchi baholovchi tashkilotlarga nisbatan unda mulkiy yoki boshqa nomulkiy manfaatlar mavjudligini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda yoxud ekspert tomonidan oʻz vazifalarini nohalol bajarish hollari aniqlanganda mazkur ekspert ekspertlar reyestridan chiqariladi va uning baholovchi malaka sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ekspertiza Komissiya tomonidan, baholanuvchi obyektlarni baholash materiallari Komissiyaga tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ekspert (ekspertlar) 15 kun muddatda baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya oʻz majlisida ekspert (ekspertlar)ning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi. Zaruriyat boʻlganda Komissiya hisobotni ekspertga (ekspertlarga) puxtalashtirish uchun qaytarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya xulosasi Komissiyaning majlisda qatnashgan barcha aʼzolari imzolagan protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiya xulosasida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xulosa qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertizani oʻtkazish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyxati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning oʻtkazilgan ekspertiza boʻyicha xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xulosa tasdiqlangandan keyin Komissiya uch kun muddatda uni va ekspertning xizmatlari uchun toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli sud organi manziliga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ekspertning xarajatlarini qoplash sud qaroriga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

F.M. Xabiyev ‎ —‎

Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya raisi‎

S.A. Ataxodjayev ‎ —‎

H. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori, Komissiya raisining oʻrinbosari‎

O.A. Galyautdinov ‎ —‎ Oʻzbekiston Baholovchilar jamiyati boshqaruvi raisi‎
S.G. Pak ‎ —‎ Oʻzbekiston Baholovchilar uyushmasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining raisi‎
A.R. Nagayev ‎ —‎ Davlat mulki qoʻmitasining Baholash va birja faoliyati boshqarmasi boshligʻi‎
—‎ ekspert‎
—‎ ekspert‎
—‎ ekspert‎
—‎ ekspert‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan Komissiya aʼzolarini tasdiqlash Komissiyaning doimiy aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning doimiy aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 299-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son)