Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.07.2008 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish, uning subyektlarini institutsional jihatdan mustahkamlash, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ularning faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi institutlari faoliyatini va ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirishni kuchaytirishni, hisobga olish tizimini soddalashtirishni, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga oid bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatishni takomillashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining dasturiy-texnik ta’minotini birxillashtirish va standartlashtirishni, elektron hujjat aylanishini keng ko‘lamda joriy etishni va undan foydalanishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga oid operatsiyalarda, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlarning plastik kartochkalardan foydalangan holda oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirokini soddalashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozori ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan Koreya fond birjasi tomonidan 2013-yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiya qilish bo‘yicha Bosh shartnoma doirasida O‘zbekiston Respublikasi fond bozori uchun kamida 6 mln AQSh dollari summasiga dasturiy ta’minlashni, server va telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, mahalliy mutaxassislarni o‘qitishni va 1 yil mobaynida kafolatli xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan Yagona dasturiy-texnik kompleks foydalanishga tayyor sharti bilan yetkazib berilishi va joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Toshkent” respublika fond birjasi aksiyadorlarining uning ustav fondini 1 mlrd. so‘mgacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari birlashmalari, “Toshkent” respublika fond birjasi hamda reyting agentlari bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozori amaliyotiga qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlarini reyting baholash hamda uni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi moliya-iqtisodiyot, huquqshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga qimmatli qog‘ozlar va korporativ boshqaruv bo‘limlari kiritilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlari tizimi to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarini ichki nazorat qilish to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 298-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2012-y., 21-son, 230-modda)