07.07.2008 yildagi O‘RQ-158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BIRLAShGAN MILLATLAR TAShKILOTINING KORRUPSIYAGA QARShI KONVENSIYASIGA (NYu-YORK, 2003 YIL 31 OKTYABR) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QOʻShILIShI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 24-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) quyidagi bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qoʻshilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Konvensiya 6-moddasining 3-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan organlar sifatida belgilangan”;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bayon qiladiki, 15—19, 21, 22-moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmishlardir va ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Konvensiya 44-moddasining 6-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiya 44-moddasi 6-bandining “a” kichik bandiga muvofiq shuni bildiradiki, u ushbu Konvensiyadan korrupsiya jinoyatlari sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiyaning boshqa Ishtirokchi-davlatlari bilan oʻzarolik asosida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos sifatida foydalanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Konvensiyaning 46-moddasi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 13-band. “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimoslarni olish va bajarish yoki bunday iltimoslarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlariga yuborishga javobgar boʻlgan markaziy organdir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 14-band. “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimoslarni yuborishda oʻzbek, rus va ingliz tillari maqbul tillar sifatida belgilangan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Konvensiyaning 66-moddasi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiya 66-moddasining 3-bandiga muvofiq shuni bayon qiladiki, u oʻzini Konvensiya 66-moddasi 2-bandining qoidalariga bogʻliq deb hisoblamaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-158-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 260-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son)