23.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1830
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining buyrugʻi, 23.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1830
Kuchga kirish sanasi
03.07.2008
Hujjat 03.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” DOMENIDAGI DOMEN NOMLARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-iyunda 1830-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq, “UZ” domenidagi domen nomlariga faoliyati toʻgʻridan-toʻgʻri daxldor boʻlgan shaxslarning munosabatlarini samarali boshqarish hamda noqonuniy harakatlardan himoyalanishini taʼminlash maqsadida, buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2008-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155-son

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2008-yil 26-maydagi 155-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, shuningdek, faoliyati “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarning, xususan “UZ” domeni Maʼmuri, “UZ” domenidagi domen nomlarini Roʻyxatdan oʻtkazuvchi, domen nomining Maʼmuri va “UZ” domenidagi domen nomlaridan foydalangan holda, oʻz tovarlari, ishlari va xizmatlarini taklif qiladigan shaxslarning oʻzaro munosabatlarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “UZ” domenida quyidagi maqsadlarda roʻyxatdan oʻtkazishning taqsimlangan tizimi qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazish markazlashmagan xizmatlarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat muhitini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar uchun koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar turini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi bilan “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanishga nisbatan ushbu Nizomdagi qoidalardan boshqacha qoidalar belgilansa, u holda xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom yoki Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan holatlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro shartnomalarining normalari yoki domen nomlari bilan bogʻliq xalqaro amaliyot qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. Asosiy tushunchalar va taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar tegishli taʼriflari bilan qoʻllanilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni Maʼmuri — “UZ” domenining asosiy Reyestrini boshqarish va “UZ” domenini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilashga davlat tomonidan vakolat berilgan tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomining Maʼmuri — domen nomini oʻz nomiga roʻyxatdan oʻtkazgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomini aktivatsiya qilish — domen nomi va unga tegishli (DNS) serverlari toʻgʻrisidagi axborotni Internet tarmogʻida domen nomining ishlashini taʼminlaydigan “UZ” domenining asosiy DNS serverlarida joylashtirish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomining roʻyxatdan oʻtkazilishini bekor qilish — domen nomini roʻyxatga olish muddati tugagunga qadar, domen nomi va uning Maʼmuri toʻgʻrisidagi axborotni “UZ” domenining Maʼmuri tomonidan asosiy Reyestrdan chiqarib tashlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geografik domen nomi — geografik birliklar va joy nomlarini oʻz ichiga oluvchi yoki boshqacha tarzda ifodalovchi domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat domen nomi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maʼmuriy birliklari (viloyat, hokimiyat, shahar, shaharcha, qishloq, ovul va sh. k.) nomlarini oʻz ichiga oluvchi yoxud ularning belgilarini yoki nomlarini boshqacha tarzda ifodalaydigan, shu jumladan, qisqartmalari va/yoki abbreviaturalarini oʻz ichiga oladigan domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomini deaktivatsiya qilish — Internet tarmogʻida domen nomi ishlashini keyinchalik toʻxtatish uchun “UZ” domenining asosiy DNS serverlaridan tegishli domen nomining (DNS) serverlari toʻgʻrisidagi axborotni chiqarib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vijdonli roʻyxatdan oʻtkazish va foydalanish — ushbu domen nomining xususiyati toʻgʻrisida bilmagan va bilishi ham kerak boʻlmagan shaxs (vijdonli domen egasi/foydalanuvchi) tomonidan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki undan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen — nomli mezon boʻyicha ajratilgan va uni qoʻllab-quvvatlash uchun javob beradigan tashkilotga egalik qilish uchun taqdim etilgan Internet tarmogʻining qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni — Oʻzbekiston Respublikasining mamlakat kodini ifodalovchi, maxsus vakolatli tashkilot tomonidan boshqariladigan va muvofiqlashtiriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi ostidagi yuqori daraja domeni, shu jumladan, keyingi darajalarning domen nomlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi — nomlarning domen tizimiga muvofiq kompyuter tarmogʻi uzeliga biriktirilgan noyob belgili nom;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi daraja domen nomi — “UZ” yuqori daraja domenidan chapda joylashgan, undan nuqta bilan ajratilgan va “UZ” domenining keyingi darajasini belgilaydigan domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi daraja domen nomi (subdomen) — ikkinchi daraja domenidan chapda joylashgan, undan nuqta bilan ajratilgan va ikkinchi daraja domenining keyingi darajasini bildiradigan domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiralangan domen nomi — jamoatchilik uchun foydali boʻlgan yoki davlat maqsadlarida foydalanish uchun, shuningdek yuqori daraja domenining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan zaxiralangan domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual domen nomi — intellektual faoliyat natijalari, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari va intellektual faoliyatning boshqa natijalarini oʻz ichiga oluvchi yoki ularni boshqacha tarzda ifodalovchi domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy server (root server) — yuqori daraja domenlari toʻgʻrisidagi axborotni saqlovchi DNS serverlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy domen nomi — jismoniy shaxsning ismi va/yoki familiyasining oʻxshash ifodalanishidan iborat domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomaqbul domen nomi — odobsiz, axloqsiz, qonunga zid, davlatga yoki jamiyatga qarshi xarakterdagi soʻzlarni, shuningdek, harflar, sonlar yoki soʻzlar kombinatsiyasini oʻz ichiga olgan domen nomi. Domen nomining nomaqbulligi (xarakteri) ushbu domen nomini aktivatsiya qilish vaqtida “UZ” domenining Maʼmuri tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻshatilgan domen nomi — domen nomining Maʼmuri tomonidan domen nomidan voz kechish yoki uni roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirmaslik natijasida roʻyxatdan oʻtkazish uchun boʻsh boʻlib qolgan domen nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy Reyestr — ikkinchi darajadagi roʻyxatga olingan domen nomlari, domen nomlarini Roʻyxatdan oʻtkazuvchilari va Maʼmurlari hamda domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni oʻz ichiga oladigan “UZ” domenining markaziy maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi — domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha “UZ” domeni Maʼmuri bilan tuzilgan shartnomaga asosan xizmatlar koʻrsatadigan va domen nomi toʻgʻrisidagi zarur axborotni asosiy Reyestrga kiritilishini taʼminlaydigan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish — roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan domen nomi va uning Maʼmuri toʻgʻrisidagi axborotni ariza beruvchining soʻrovi asosida asosiy Reyestrga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
server — kompyuterning boshqa kompyuterga xizmatlarni taqdim etish imkonini beruvchi apparat va dasturiy taʼminot (dastur-server) majmui. Kompyuterlar dastur-server bilan dastur-mijozlar yordamida ishlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomlari tizimi (Domain Name System — DNS) — Internet kabi tarmoqda bogʻlangan kompyuterlardan har biriga noyob nomni belgilashning iyerarxik tizimi. Nom iyerarxiyaning chapdan oʻngga oʻsib boruvchi darajalariga muvofiq keluvchi qismlarning nuqtalar bilan ajratilgan domenlaridan iborat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“whois” xizmati — domen nomi toʻgʻrisidagi asosiy axborotni Internet brouzeri (brauzeri) yoki maxsus kompyuter dasturi orqali olish imkonini beruvchi maxsus xizmat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) — tarmoq texnik infratuzilmasining maʼmuriy boshqarish funksiyasini amalga oshiradigan, shuningdek yuqori daraja domenlarining bazasini qoʻllab-quvvatlaydigan Internetda adreslar va protokollar raqamlarini biriktirish boʻyicha tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IANA (The Internet Assigned Numbers Authority) — Internet adreslarining butun makonini taqsimlash, shu jumladan IP-adres, domen nomlarining tarmoq xizmatini umumiy muvofiqlashtirish va boshqarish hamda yuqori daraja domenlarini delegirlash uchun nazoratni amalga oshiruvchi tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IP-adres — raqamli shaklda ifoda etilgan, tarmoqda axborotning joylashgan joyini aniqlovchi adres. IP-adres nuqtalar bilan ajratilgan toʻrtta raqamli maydondan (IPV4) iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. “UZ” domeni Maʼmuri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “UZ” domeni Maʼmuri “UZ” domenining asosiy Reyestrini boshqaradi va “UZ” domenini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “UZ” domeni Maʼmuri barcha Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar uchun oʻzaro ishlashning yagona qoidalari va tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi bilan namunaviy shartnoma va Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning bogʻlanish uchun maʼlumotlarini koʻrsatgan holda amaldagi Roʻyxatdan oʻtkazuvchilarning roʻyxati “UZ” domeni Maʼmurining veb-saytida bosib chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha xizmatlarning tavsiya etiladigan narxi “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “UZ” domeni Maʼmuri roʻyxatga olingan domen nomi toʻgʻrisidagi axborotni asosiy Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddati davomida saqlaydi va asosiy Reyestrning texnik ishlashini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “UZ” domeni Maʼmuri roʻyxatga olingan domen nomlari toʻgʻrisidagi zarur axborotni olish uchun Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga asosiy Reyestrdan foydalanishni taqdim etishi majburiydir. Maʼmuriy boshqarish va asosiy Reyestr xavfsizligiga tahdidlardan muhofaza qilishni taʼminlash huquqi “UZ” domeni Maʼmuriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Roʻyxatdan oʻtkazuvchining xatti-harakatlari asosiy Reyestrning normal ishlashiga va DNS domen nomlari tizimining barqarorligiga toʻsqinlik qilgan hollarda, “UZ” domeni Maʼmuri darhol zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻrish, shu jumladan Roʻyxatdan oʻtkazuvchining asosiy Reyestrdan foydalanishini vaqtincha toʻxtatib turish huquqiga ega. Asosiy Reyestrdan foydalanish yuqorida qayd etilgan tahdidlar bartaraf etilgandan soʻng tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan ushbu Nizom shartlari va talablari hamda shartnoma majburiyatlari buzilgan holda “UZ” domeni Maʼmuri Roʻyxatdan oʻtkazuvchi bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama tartibda sud orqali bekor qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “UZ” domeni Maʼmuri va Roʻyxatdan oʻtkazuvchi oʻrtasidagi shartnoma bekor qilinganda Roʻyxatdan oʻtkazuvchining vakolatlari toʻxtatiladi. “UZ” domeni Maʼmuri Roʻyxatdan oʻtkazuvchining funksiyalarini boshqa Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga berish tartibi toʻgʻrisida domen nomlarini ushbu Roʻyxatdan oʻtkazuvchi orqali roʻyxatga olgan domen nomlari maʼmurlariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “UZ” domeni Maʼmuri domen nomining Maʼmuri bilan tuzilgan shartnoma sababli Roʻyxatdan oʻtkazuvchida yuzaga kelgan majburiyatlarning buzilganligi uchun, shuningdek Roʻyxatdan oʻtkazuvchining domen nomining Maʼmuri oldida oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatlari uchun javobgar emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “UZ” domeni Maʼmuri ICANN xalqaro muvofiqlashtiruvchi tashkilot tomonidan belgilangan talablarga muvofiq “UZ” domeni maʼmuriy boshqarilishini taʼminlash uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “UZ” domeni Maʼmuri quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy serverning normal ishlashini taʼminlash, DNS bazasi va asosiy Reyestrni yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomlari toʻgʻrisidagi axborotning har qanday shaxs tomonidan olinishi uchun “whois” xizmatlari ishlashini, bazaning yangilanishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “UZ” domeni Maʼmuri domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-sayti orqali taqdim etishi mujburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “UZ” domeni Maʼmuri domen nomlari Maʼmurlari DNS-serverlari va maʼlumotlar bazasining ishlash qobiliyati va toʻgʻri ishlashini tekshirish, shuningdek ushbu Nizom talablariga muvofiq Roʻyxatdan oʻtkazuvchining serverlari tizimini tekshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “UZ” domeni Maʼmuri ushbu Nizom talablariga muvofiq domen nomini Roʻyxatdan oʻtkazuvchi va Maʼmuriga domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va maʼmuriy boshqarishni taʼminlash boʻyicha talablarni qoʻyish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Domen nomining Maʼmuri tomonidan ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining normalari buzilganda “UZ” domeni Maʼmuri domen nomini deaktivatsiya qilish, aniqlangan buzilishlar bartaraf etilmaganda esa, domen nomining roʻyxatdan oʻtkazilishini bekor qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “UZ” domeni Maʼmuri domen nomining Roʻyxatdan oʻtkazuvchisi yoki Maʼmuri tomonidan sodir etilgan “UZ” domenida domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan qonun buzilishlari uchun javobgar emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “UZ” domeni Maʼmuri ushbu Nizomga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 4. Domen nomini Roʻyxatdan oʻtkazuvchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “UZ” domeni Maʼmuri bilan tegishli tartibda shartnoma tuzgan Oʻzbekiston Respublikasining hududida roʻyxatga olingan yuridik shaxs “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi “UZ” domeni Maʼmuri bilan tuzilgan shartnoma asosida domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha oʻz faoliyatini amalga oshiradi. Domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqini taqdim etish talablari va shartlari barcha Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar uchun bir xil belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi “UZ” domeni Maʼmurining serveri bilan bogʻlanish uchun kerakli darajada sifatli va ishonchli boʻlgan yopiq xavfsiz liniyadan foydalanishi majburiydir. Buning uchun ushbu Roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan quyidagi talablarning bajarilishi taʼminlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga toʻliq mos kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istalgan vaqtda ishga tushirishga tayyor boʻlgan takrorlaydigan uskunaning kamida bitta toʻliq komplektining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan uning tizimini ushbu Nizomning 71-bandida koʻrsatilgan texnik talablarga muvofiqligini davriy tekshirish imkoniyatini taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun agentlar (reseller)ga ega boʻlishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchining agenti faqat yuridik shaxs boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi boshqa shaxslar huquqlarini poymol qilmagan, teng huquqiylik prinsipiga rioya qilgan holda domen nomlarini roʻyxatga olishni amalga oshirishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan talablarni oʻz vaqtida va sifatli darajada qondirish uchun, ushbu Nizom talablariga muvofiq domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish tizimini taʼminlashi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nohalol raqobat, oʻz raqobatchilariga, roʻyxatdan oʻtkazuvchilar xizmatlarining foydalanuvchilariga ziyon keltirish, raqobatchilarning tovarlar va xizmatlar bozoridan foydalanishlarini cheklash maqsadlarida roʻyxatdan oʻtkazuvchilar huquqlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ushbu Nizomga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 5. Domen nomining Maʼmuri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Domen nomining Maʼmuri Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va ushbu Nizom qoidalariga rioya qilgan holda, oʻz ixtiyori boʻyicha domen nomidan foydalanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Domen nomining Maʼmuri unga biriktirilgan ikkinchi daraja domen nomining chegarasida uchinchi daraja domen nomini berishi, subdomenlarni aktivatsiya qilishi va nomli serverlardan foydalanishni amalga oshirishi mumkin. Bunda domen nomining Maʼmuri uchinchi daraja domen nomlarining roʻyxatdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida ariza bergan barcha shaxslarga teng munosabatda boʻlishi va foydalanish qulay hamda domen nomining Maʼmuri veb-serverida shakllanishi kerak boʻlgan domen nomining Maʼmuri tomonidan belgilangan tamoyillar va jarayonlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq subdomenlar roʻyxatdan oʻtkazishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Subdomenlarni roʻyxatdan oʻtkazishda domen nomining Maʼmuri subdomenlar maʼlumotlar bazasining yuritilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Domen nomining Maʼmuri domen nomidan foydalanish tartibini belgilaydi, har qanday huquq buzilishlari, shu jumladan uchinchi shaxs huquqlarining buzilishlari va domen nomidan foydalanish kim tomonidan amalga oshirilishidan qatʼi nazar, domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish bilan bogʻliq holda keltirilgan ziyon uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Veb-saytlarda yoki domen nomi orqali foydalanish mumkin boʻlgan boshqa xizmatlarda qasddan ishonchsiz yoki soxta axborotdan foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzuvchi axborotni joylashtirganlik uchun domen nomining Maʼmuri javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Domen nomi Maʼmuri huquq buzilishlari uning aybi bilan sodir boʻlmaganligini isbotlasa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Domen nomining Maʼmuri oʻzining domen nomi bilan bogʻliq huquq buzilishlar toʻgʻrisida xabar topishi bilan oʻz texnik imkoniyatlari doirasida ularni bartaraf etish boʻyicha darhol choralar koʻrishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Domen nomining Maʼmuri domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va foydalanish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishning butun davri davomida ushbu Nizom talablariga rioya qilishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Domen nomining Maʼmuri Roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi va ushbu hujjatda belgilangan roʻyxatdan oʻtkazish talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolarni taqdim etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqini yoʻqotgan taqdirda, ushbu Roʻyxatdan oʻtkazuvchi bilan bogʻliq domen nomi Maʼmurining huquqlari va domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish shartlari domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish muddati oxirigacha oʻzgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Domen nomining Maʼmuri ushbu Nizomga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 6. Asosiy Reyestr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ushbu Nizomning 1 va 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha ariza beruvchi tomonidan toʻldiriladigan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza asosida domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni asosiy Reyestrga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻldirilishi majburiy boʻlgan shaklning barcha hoshiyalari ariza shaklida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Axborotni asosiy Reyestrga kiritish, oʻzgartirish, shuningdek domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun shartnomani tuzish (roʻyxatdan oʻtkazish amal qilish muddatini uzaytirish) ariza beruvchining arizasiga asosan Roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Domen nomi va uning Maʼmuri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “UZ” domeni Maʼmurining “whois” xizmati orqali foydalanilishi mumkin boʻlishi kerak. Bunda “whois” xizmati yordamida foydalanish mumkin boʻlgan domen nomi toʻgʻrisidagi axborot hajmi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi maʼmurining toʻliq nomi (nomlanishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomining qisqacha taʼrifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi toʻgʻrisidagi axborotning Reyestrga uzatilishini amalga oshiruvchi Roʻyxatdan oʻtkazuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu domenga xizmat koʻrsatuvchi DNS serverlar nomlari va IP-adreslari, shuningdek DNS tomonidan foydalaniladigan boshqa texnik axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi maʼmurining pochta manzili va murojaat uchun telefonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi va Roʻyxatdan oʻtkazuvchining kelishuvi boʻyicha domen nomining Maʼmuri toʻgʻrisidagi qoʻshimcha axborot kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Domen nomi va uning Maʼmuri toʻgʻrisidagi har qanday boshqa maʼlumotlar konfidensial hisoblanadi, agar ariza beruvchi va Roʻyxatdan oʻtkazuvchi oʻrtasidagi shartnomada, shuningdek ushbu Nizomda boshqacha tarzda koʻzda tutilmagan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ariza beruvchi oʻzi toʻgʻrisidagi axborotni Nizom bandlariga muvofiq joylashtirish va foydalanish uchun rozilik beradi, shuningdek uning tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Asosiy Reyestrdagi domen nomlari toʻgʻrisidagi axborot faqat domen nomlari tizimining lozim darajada ishlashini taʼminlash va domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida foydalanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Domen nomi Maʼmuri tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish (roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish) uchun avval berilgan arizaning maʼlumotlari oʻzgarganda, shuningdek domen nomi yoki uning maʼmuri toʻgʻrisidagi axborot oʻzgarganda ariza beruvchi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga oʻn kunlik muddatda xabar berishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi oʻz tashabbusi bilan ham maʼlumotlarni tekshirish, buning uchun domen nomi Maʼmuridan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash yoki avval taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlash huquqiga ega. Domen nomi Maʼmuri Roʻyxatdan oʻtkazuvchining talablarini oʻn kunlik muddatda bajarishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Domen nomi Maʼmuridan maʼlumotlar oʻzgarishi toʻgʻrisidagi xabarni olingandan va ushbu maʼlumotlarning keyinchalik tekshiruvidan keyin Roʻyxatdan oʻtkazuvchi asosiy Reyestr bazasiga tegishli oʻzgarishlarni kiritishga va zarur boʻlganda, domen nomi Maʼmuri bilan shartnomani qaytadan tuzishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi asosiy Reyestrni maʼmuriy boshqarish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 7. Domen nomini Roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Har qanday jismoniy va yuridik shaxs millati va yashash joyidan qatʼi nazar, “UZ” domenidagi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish Roʻyxatdan oʻtkazuvchi bilan ariza beruvchi oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ariza beruvchi domen nomini mustaqil tanlaydi va domen nomini tanlash hamda domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish bilan bogʻliq holda uchinchi shaxs huquqlarining mumkin boʻlgan buzilishlari uchun, shuningdek bunday buzilishlar bilan bogʻliq zararlar xavfi uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Domen nomi bittadan koʻp simvol va quyidagi belgi yoki ularning kombinatsiyasidan iborat boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harflar a, b, c, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, o, p, q, r, s, t, u, v, w, x, y, z;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
conlar 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
defis (“-” belgisi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Domen nomi defis bilan boshlanishi yoki tugallanishi mumkin emas (masalan, -domain.uz yoki domain-.uz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va protseduralari hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish narxi toʻgʻrisidagi axborotni manfaatdor shaxslarga yetkazishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. “UZ” domeni zonasidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza Roʻyxatdan oʻtkazuvchining veb-serverlaridan foydalangan holda, Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga elektron xat koʻrinishida yoki qogʻoz koʻrinishidagi yozma ariza boʻyicha joʻnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ariza beruvchi oʻz arizasida toʻliq va ishonchli axborot toʻgʻrisida xabar berishga majburdir. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi arizani tekshirishda ariza beruvchidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqqoniyligi tasdigʻini soʻrashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazishga ariza berganlar va avval roʻyxatga olinganlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligining dastlabki tekshiruvini oʻtkazishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Arizalar ularni olish tartibida Roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan qayta ishlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishda quyidagi holatlarda ariza rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi ushbu Nizomning 54-bandi talablariga mos kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi roʻyxatga olingan va asosiy Reyestrda boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan belgilanadigan davlat va zaxiralangan domen nomlari roʻyxatiga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi ariza berish muddatigacha “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan belgilangan nomaqbul domen nomlari roʻyxatiga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani qayta ishlashni toʻxtatib qoʻyish sabablari koʻrsatilgan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilmaganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kunidan kechiktirmasdan Roʻyxatdan oʻtkazuvchi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish yoki sababi koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida ariza beruvchiga xabar beradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ariza ushbu Nizomning 57-bandi talablari va/yoki ilovalarda keltirilgan shakllarga mos kelmaganda, uni koʻrib chiqishni toʻxtatib qoʻyadi. Arizani koʻrib chiqishni toʻxtatib qoʻyish Roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan ariza beruvchi toʻxtatilish toʻgʻrisidagi xabarni olgan vaqtdan boshlab yetti ish kunidan yigirma ish kunigacha boʻlgan muddat doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar yoʻqligi aniqlangandan keyin Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ushbu Nizomga muvofiq va ariza beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha xizmatlar toʻlovi miqdori va tartibini mustaqil belgilash, agar bu ushbu Nizomga, shuningdek Roʻyxatdan oʻtkazuvchi va “UZ” domeni Maʼmuri oʻrtasidagi shartnomada belgilangan shartlarga zid kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchidan domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim etilgan arizaning tasdiqlanishi, shuningdek domen nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni soʻrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan shartlar va talablar domen nomining Maʼmuri tomonidan bajarilganda uning arizasi boʻyicha domen nomini aktivatsiya qilish uchun berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchilar uchun ushbu hujjatga muvofiq arizalarni berish va rasmiylashtirishning qulay tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi Maʼmurining talabi boʻyicha ushbu domen nomi Maʼmuriga tegishli boʻlgan, asosiy Reyestrda saqlanayotgan domen nomi toʻgʻrisidagi axborotni unga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazishning butun muddati davomida asosiy Reyestrdagi axborotning domen nomi Maʼmurining arizasida koʻrsatilgan axborot bilan mos kelishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazish muddati tugagan kundan ikki oydan kechiktirmay domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish zarurligi toʻgʻrisida domen nomi Maʼmuriga xabar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi Maʼmuridan bildirishnoma olingan vaqtdan boshlab ikki ish kuni ichida Roʻyxatdan oʻtkazuvchini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi domen nomi Maʼmurining talabi boʻyicha oʻz majburiyatlarini yangi Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga topshirish uchun zarur xatti-harakatlarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi asosiy Reyestrni olib borishda maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish boʻyicha zarur choralarni taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi “whois” xizmatlari ishlashi uchun domen nomi Maʼmuridan axborot olgandan keyin uch kundan kechiktirmasdan “UZ” domeni Maʼmuri bazasiga maʼlumotlarni kiritishni taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi domen nomini izlash va roʻyxatdan oʻtkazishning oʻziga tegishli tizimi yoki “whois” xizmatlari orqali olingan axborotdan nohalol raqobat uchun yoki domen nomini izlagan shaxs manfaatlariga qarshi gʻarazli maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi axborotni asosiy Reyestrga kiritish maqsadlaridan tashqari, ariza beruvchidan olingan axborotni oshkor etish yoki undan har qanday tarzda foydalanish huquqiga ega emas, agar ushbu Nizomda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Domen nomi va uning Maʼmuri toʻgʻrisidagi axborot asosiy Reyestrga kiritilgan vaqtdan domen nomi roʻyxatga olingan hisoblanadi. Domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddati Roʻyxatdan oʻtkazuvchi va domen nomi Maʼmuri oʻrtasidagi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomada belgilanadi va bir yildan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Domen nomi Maʼmurining domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza asosida Roʻyxatdan oʻtkazuvchi domen nomini “UZ” domeni Maʼmuriga aktivatsiya qilish uchun beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Roʻyxatdan oʻtkaziladigan domen nomining konfiguratsion fayllarini oʻz ichiga oladigan va xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlaydigan ikkita DNS-serverlardan kam boʻlmagan domen nomi Maʼmurining koʻrsatmasi domen nomini aktivatsiya qilish sharti boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan DNS-serverlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli quyi tarmoqlarda joylashgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻiga ishonchli ulanish bilan taʼminlangan boʻlishi (bunda ushbu DNS-serverlar bilan aloqa boʻlmagan vaqt yigʻindisi bir kechayu kunduzda ikki soatdan oshmasligi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IETF RFC-1032, RFC-1033, RFC-1034 va RFC-1591 xalqaro standartlarning talablariga mos kelishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. “UZ” domeni Maʼmuri Roʻyxatdan oʻtkazuvchidan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizani olgandan keyin uch kun davomida domen nomini aktivatsiya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Agar domen nomi ushbu Nizom 71-bandining talablariga javob bermasa yoki domen nomi nomaqbul domen nomlari qatoriga kirsa, “UZ” domeni Maʼmuri aktivatsiya qilishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar rad etishni bartaraf etish imkoni boʻlmasa, aktivatsiya qilishni rad etish hollarida domen nomi Maʼmuri Roʻyxatdan oʻtkazuvchidan roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlovlarni toʻliq hajmda qaytarib berishni talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni Maʼmurining domen nomining nomaqbulligi sababli uni aktivatsiya qilishni rad etishi yuzasidan sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Roʻyxatga olingan domen nomi domen nomi Maʼmurining shaxsiy mulki hisoblanmaydi. Domen nomining Maʼmuri domen nomidan foydalanish huquqiga ega. Domen nomining Maʼmuri domen nomidan foydalanish huquqini shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiberskvotting, yaʼni uchinchi shaxs huquqlarini buzgan holda foyda yoki boshqa turdagi afzalliklarga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taypskvotting, yaʼni roʻyxatga olingan domen nomini yozishda foydalanuvchilarning xatolariga asoslanib, foyda yoki boshqa afzalliklarga ega boʻlish uchun yoʻnaltirilgan, uchinchi shaxslarning domen nomi, firma nomi, tovar belgisi yoki intellektual mulkining boshqa obyekti bilan yozilishi yoki eshitilishi boʻyicha adashtirish darajasigacha oʻxshash boʻlgan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen grebbing, yaʼni asosiy tushunchalarni ifodalovchi yoki asosiy tushunchalardan iborat koʻp sonli domen nomlarining bir shaxs tomonidan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishda va foydalanishda sarf etilgan haqiqiy xarajatlardan ancha yuqori narxda potensial manfaatdor shaxslarga ularni qayta sotish yoki potensial raqobatchilar oldida ustuvorlikka ega boʻlish yoxud potensial raqobatchilarning tovarlar va xizmatlar bozoridan foydalanishini cheklash yoxud raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadlarida oldindan roʻyxatga olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat maʼlum uchinchi shaxsga berish uchun, agar ushbu xatti-harakat foyda olishga qaratilgan, uchinchi shaxsning potensial manfaatlari yoki boshqa potensial manfaatdor shaxsni hisobga olgan ariza beruvchining gʻarazli maqsadini amalga oshirish nazarda tutilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki ushbu Nizom talablari buzilgan holda roʻyxatga olingan domen nomi bekor qilinishi yoki ushbu bekor qilinishdan manfaatdor boʻlgan shaxs yoki shaxslar guruhiga berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Davlat, zaxiralangan, geografik, intellektual, shaxsiy yoki nomaqbul domen nomlari qatoriga kirmaydigan va uchinchi shaxs huquqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzmaydigan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanishning ustuvor huquqi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun birinchi boʻlib ariza bergan shaxsga tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 8. Davlat domen nomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Davlat domen nomi faqatgina tegishli davlat organlarining arizasi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat domen nomlarining roʻyxati “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan tegishli davlat organlarining taqdim etilgan roʻyxati asosida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Davlat domen nomini vijdonan roʻyxatga olgan domen nomining Maʼmuri ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar, roʻyxatdan oʻtkazishning joriy muddati tugaguncha davlat domen nomidan foydalanish huquqiga ega. Keyinchalik ushbu domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Davlat domen nomining ommabopligini oshirishga qaratilgan, shuningdek boshqa domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va veb-saytning oʻrnini almashtirish bilan bogʻliq boʻlgan vijdonli davlat domen nomi egasining barcha asoslangan xarajatlari davlat domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 9. Zaxiralangan domen nomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Zaxiralangan domen nomlari “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va foydalaniladi. Zaxiralangan domen nomlarining roʻyxati va vazifasi ushbu Nizomning 3-ilovasida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. “UZ” domeni Maʼmuri uchinchi daraja domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun hammaga ochiq boʻlishi mumkin boʻlgan ikkinchi daraja zaxiralangan domen nomlarini belgilaydi. Uchinchi daraja domen nomlarini hamma uchun ochiq boʻlgan ikkinchi daraja domen nomlarida roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 10. Geografik domen nomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Geografik domen nomi har qanday shaxsning arizasi boʻyicha erkin ravishda roʻyxatga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Geografik domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishning ustuvor huquqi tegishli davlat organiga yoxud ushbu geografik birlik yoki joy bilan bogʻliq boshqa shaxsga yoki shaxslar guruhiga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Roʻyxatdan oʻtkazishning ustuvor huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan geografik domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli davlat organining yoxud ushbu geografik birlik yoki joy bilan bogʻliq boshqa shaxsning yoki shaxslar guruhining roziligi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Manfaatdor shaxsning arizasi boʻyicha avval roʻyxatga olingan geografik domen nomi quyidagi hollarda roʻyxatdan oʻtkazishning ustuvor huquqiga ega boʻlgan shaxsga yoki shaxslar guruhiga berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi Maʼmurining roziligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar manfaatdor shaxs geografik domen nomidan foydalanish geografik domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishning ustuvor huquqiga ega shaxs yoki shaxslar guruhi huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashini isbotlagan holda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Geografik domen nomini manfaatdor shaxsga berish toʻgʻrisidagi qaror “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilish uchun “UZ” domeni Maʼmuri ushbu masala boʻyicha jamoat fikrini oʻrganishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan geografik domen nomini manfaatdor shaxsga berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda geografik domen nomini vijdonan roʻyxatdan oʻtkazgan va undan foydalanayotgan ushbu domen nomining Maʼmuri geografik domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishning joriy muddati tugagunga qadar geografik domen nomidan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Geografik domen nomining ommabopligini oshirishga qaratilgan, shuningdek boshqa domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va veb-saytining oʻrnini almashtirish bilan bogʻliq vijdonli geografik domen nomi egasining barcha asoslangan xarajatlari geografik domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 11. Intellektual domen nomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Intellektual domen nomi intellektual domen nomida aks etgan intellektual mulk huquqi obyektiga nisbatan mutlaq huquqlarga ega boʻlgan yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Agar domen nomida aks etgan yoki uning tarkibida ishlatilgan intellektual mulk huquqining tegishli obyektiga nisbatan mutlaq huquq intellektual domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishdan keyin yuzaga kelgan boʻlsa, domen nomi Maʼmuri intellektual domen nomidan foydalanishning mutlaq huquqini saqlab qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 12. Shaxsiy domen nomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Shaxsiy domen nomi nom egasining iltimosi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy domen nomi nom egasining notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi asosida boshqa shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Shaxsning nomi boʻlgan yoki aks etgan shaxsiy domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizani birinchi boʻlib bergan shaxs, ushbu shaxsiy domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar bergan boshqa shaxslarga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazishning ustuvor huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi ariza beruvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 13. Nomaqbul domen nomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Nomaqbul domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Nomaqbul domen nomi aktivatsiya vaqtida “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni Maʼmuri nomaqbul domen nomini aniqlash va undan foydalanish yoki taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun jamoatchilik fikrini oʻrganishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni Maʼmurining ushbu masala boʻyicha qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 14. Domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi domen nomi Maʼmuriga roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomani yoʻllashga majbur. Xabarnoma domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan arizada koʻrsatilgan murojaat uchun maʼlumotlar (pochta manzili, elektron pochta, telefon, faks va sh. k.)ga roʻyxatdan oʻtkazish muddati tugashidan ikki oy oldin yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish uchun domen nomining Maʼmuri Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga domen nomini roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan shaklga muvofiq arizani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddatini uzaytirish muddat tugagandan keyin kamida bir yilga beixtiyor amalga oshirilishi mumkin, agar ushbu uzaytirish shartlari Roʻyxatdan oʻtkazuvchi va domen nomining Maʼmuri oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Domen nomining Maʼmuri roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kamida olti oy oʻtgach va roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddati tugashidan kamida 30 kun oldin domen nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Domen nomini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Roʻyxatdan oʻtkazuvchiga domen nomi Maʼmurining yozma tasdigʻi va domen nomidan foydalanish huquqi oʻz nomiga qayta rasmiylashtirilayotgan shaxsdan ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan shaklga muvofiq yozilgan ariza taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Domen nomi bilan bogʻliq boʻlgan sud, hakamlik yoki boshqa nizoli muhokama davomida, shuningdek domen nomini deaktivatsiya qilish davrida domen nomini qayta roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 15. Domen nomining boʻshatilishi, uni deaktivatsiya qilish va uning roʻyxatdan oʻtkazilishini bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Agar domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish muddati domen nomining Maʼmuri tomonidan uzaytirilmasa yoki domen nomining Maʼmuri domen nomidan foydalanishni ixtiyoriy ravishda rad etsa, domen nomi boʻshatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Domen nomi boʻshatilganidan keyin domen nomi toʻgʻrisidagi axborot asosiy Reyestr va “whois” xizmatlar bazasidan chiqarib tashlanadi, domen nomi esa yangi roʻyxatdan oʻtkazish uchun boʻsh boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Manfaatdor shaxsning arizasi boʻyicha domen nomi quyidagi holatlarni aniqlashtirish uchun muayyan muddatgacha deaktivatsiya qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom hamda RFC xalqaro standartlarida belgilangan qoidalar yoki shartlar, domen nomini maʼmuriy boshqarish talablarining, shuningdek domen nomining ishida bir necha marta “UZ” domenining normal ishlashiga xavf tugʻdirgan muammolar yuzaga kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar domen nomi yoki uning veb-sayti uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklab qoʻyishi yoki ushbu Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari talablarini buzishi toʻgʻrisida jiddiy shubha mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar domen nomining Maʼmuri domen nomidan foydalanish huquqini domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish, veb-saytni yaratish va uni qoʻllab-quvvatlash uchun sarflangan haqiqiy xarajatlardan yuqori boʻlgan narxda boshqa shaxsga berishga aniq niyati borligi toʻgʻrisida yoki domen nomidan foydalanish xarakteri shunday xulosa chiqarish imkonini bersa va bu bilan ushbu domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan domen nomining Maʼmuri bilan teng shartlarda foydalanishdan potensial manfaatdor shaxslarga toʻsqinlik qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizada haqqoniy boʻlmagan axborot boʻlsa yoki “whois” xizmatlari orqali olingan domen nomi toʻgʻrisidagi axborot asliga mos boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni Maʼmuri deaktivatsiya qilishdan besh kun oldin domen nomi Maʼmuriga xabarnoma yoʻllaydi. Deaktivatsiya muddati davomida “UZ” domeni Maʼmuri deaktivatsiya qilingan domen nomi Maʼmuridan buzilishlarni tushuntirish, izohlash va deaktivatsiya sabablarini bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega. Deaktivatsiya qilish muddati tugaganda domen nomining Maʼmuri tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar asosida “UZ” domeni Maʼmuri aktivatsiya qilish, deaktivatsiya qilishni uzaytirish, roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish yoki domen nomini manfaatdor shaxsga berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. “UZ” domeni Maʼmuri ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qarorni ham qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni Maʼmurining deaktivatsiya qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Domen nomining roʻyxatdan oʻtkazilishi “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish muddati tugagunga qadar quyidagilar boʻyicha bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar domen nomining Maʼmuri tomonidan domen nomini maʼmuriy boshqarish talablarining buzilishi bartaraf etilmasa, “UZ” domeni Maʼmurining qarori boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar domen nomining Maʼmuri tomonidan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yoki ushbu Nizom, domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalarining talablari buzilishi bartaraf etilmasa, “UZ” domeni Maʼmurining qarori boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar domen nomi davlat va zaxiralangan domen nomlarining roʻyxatiga kirsa, “UZ” domeni Maʼmurining qarori boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxsning yoki bunga vakolatlangan davlat hokimiyati organining talabi asosida domen nomi nomaqbul nomlar toifasiga kiritilganda, “UZ” domeni Maʼmurining qarori boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizoli domen nomini bekor qilish (boʻshatish) toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud qarori boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domeni Maʼmurining domen nomini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Bekor qilingan domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ustuvor huquqqa talabi boʻyicha bekor qilish amalga oshirilgan shaxs ega boʻladi. Ustuvor huquqni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxs yozma talabni Roʻyxatdan oʻtkazuvchining manziliga domen nomining roʻyxatdan oʻtkazilishi bekor qilingan kundan oʻttiz kundan kechiktirmagan muddatda yoʻllashga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Roʻyxatdan oʻtkazish bekor qilingandan keyin domen nomi toʻgʻrisidagi axborot asosiy Reyestr va “whois” xizmatlar bazasidan chiqariladi. Bekor qilingan domen nomini keyinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish tartibi “UZ” domeni Maʼmuri tomonidan belgilanadi, agar ustuvor huquqqa ega shaxsning talabi mavjud boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 16. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. “UZ” domenidagi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish bilan bogʻliq nizolar yuzaga kelganda, taraflar muzokaralar yoʻli bilan munosabatlarni tartibga soladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish natijasida huquqlari buzilgan manfaatdor shaxs nizoli domen nomi Maʼmuriga, uning Roʻyxatdan oʻtkazuvchisiga yoki “UZ” domeni Maʼmuriga quyidagilarni koʻrsatgan holda, yozma eʼtirozni berishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buzilishlar mavjudligini isbotlagan holda buzilgan huquqlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etiladigan talablarni, shu jumladan nizoli domen nomini boʻshatish yoki berish toʻgʻrisidagi talablarni.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Asoslangan eʼtiroz kelib tushganda, Roʻyxatdan oʻtkazuvchi manfaatdor shaxsdan nizoning hal etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni olmaguncha, nizoli domen nomi Maʼmurining domen nomi va uning Maʼmuri toʻgʻrisidagi axborotni oʻzgartirish imkoniyatini toʻxtatish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi eʼtiroz olingandan keyin besh kun davomida eʼtiroz va eʼtiroz bergan shaxsning talablari toʻgʻrisida “UZ” domeni Maʼmuri va nizoli domen nomining Maʼmuriga xabar qilishi majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Asoslangan eʼtiroz kelib tushishi bilan “UZ” domeni Maʼmuri nizolar qatʼiy hal etilgunga qadar nizoli domen nomini deaktivatsiya qilish huquqiga ega. “UZ” domeni Maʼmuri “UZ” domenidagi domen nomlari boʻyicha eʼtirozlarni koʻrib chiqish va nizolarni hal qilish jarayonini mustaqil belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Huquqlari buzilgan yoki domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish va undan foydalanish natijasida boshqa har qanday tarzda zarar keltirilgan manfaatdor shaxs oʻz buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 17. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Ushbu “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 26-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Jismoniy shaxslar uchun “UZ” domenidagi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish, amal qilish muddatini uzaytirish) uchun ariza shakli*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomi‎ Maʼlumotlar‎
Egasi‎
F.I.Sh. (toʻliq)‎
Pasport raqami‎
Pochta manzili
‎mamlakat
‎shahar
‎koʻcha
‎uy, xonadon
‎pochta indeksi‎
Telefon, faks ‎
Elektron pochta manzili‎
‎‎Domen nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎
Domen nomi‎ (toʻliq)‎
Domen maqomi‎
Amal qilish muddati‎
DNS axboroti‎
Primary Server Hostname‎
Primary Server Netaddress‎
Secondary Server Hostname‎
Secondary Server Netaddress‎
Ariza berilgan sana‎
‎‎Talabgor imzosi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Barcha qatorlar toʻldirish uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Yuridik shaxslar uchun “UZ” domenidagi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish, amal qilish muddatini uzaytirish) uchun ariza shakli*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomi‎ Maʼlumotlar‎
Egasi‎
Yuridik shaxs nomi‎
Shartnoma tuzgan shaxs‎ F.I.Sh. (toʻliq)
‎Lavozimi ‎
Pochta manzili:
‎mamlakat
‎shahar
‎koʻcha
‎uy, xonadon
‎pochta indeksi‎
Telefon, faks‎
Elektron pochta manzili‎
STIR‎
Bank rekvizitlari
Bank nomi‎
Bank kodi ‎
Hisob raqami‎
‎‎Maʼmuriy bogʻlanish‎
F.I.Sh. (toʻliq)‎
lavozimi‎
Pochta manzili ‎
Telefon, faks ‎
Elektron pochta manzili‎
Texnik bogʻlanish‎‎‎
F.I.Sh. (toʻliq)‎
lavozimi‎
Pochta manzili‎
Telefon, faks ‎
Elektron pochta manzili‎
Billing bogʻlanish‎‎‎
F.I.Sh. (toʻliq)‎
lavozimi‎
Pochta manzili‎
Pochta indeksi‎
Telefon, faks‎
Domen nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎ (toʻliq)‎
Domen maqomi‎
Amal qilish muddati‎
DNS axboroti‎‎‎‎
Primary Server Hostname‎
Primary Server Netaddress‎
Secondary Server Hostname‎
Secondary Server Netaddress‎
Ariza berilgan sana‎‎‎
Tashkilot rahbarining imzosi‎‎‎
Muhr ‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Barcha qatorlar toʻldirish uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZ” domenidagi zaxiralangan domen nomlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “UZ” domenidagi zaxiralangan domen nomlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. “UZ” domeni Maʼmuri uchun ikkinchi daraja domen nomlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cctld;

domain;

domains;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen;

domens;

nic;

whois;

www.

1.2. Uchinchi daraja domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ochiq boʻlgan zaxiralangan domen nomlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ac.uz — ilmiy-tadqiqot tashkilotlar, oliy oʻquv yurtlari va yetakchi ilmiy tadqiqot madaniyatining muassasalari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
com.uz — tijorat tashkilotlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
edu.uz — maorif faoliyati uchun litsenziyaga ega oʻquv muassasalar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
int.uz — xalqaro tashkilotlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
net.uz — Internet tarmogʻining rivojlanishi bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
org.uz — notijorat tashkilotlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pp.uz — jismoniy shaxslar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Qoʻshimcha ikkinchi daraja domen nomlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aero;

arpa;

biz;

coop;

info;

museum;

name;

pro.

2. ICANN tavsiyalari boʻyicha zaxiralanadigan domen nomlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. ICANN uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aso;

dnso;

icann;

internic;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pso.

2.2. IANA uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
afrinic;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apnic;

arin;

example;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gtld-servers;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iab;

iana;

iana-servers;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iesg;

ietf;

irtf;

istf;

lacnic;

lanic;

rfc-editor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ripe;

root-servers.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 255-modda; 2015-y., 5-son, 61-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.06.2022-y., 10/22/1830-2/0574-son; 14.11.2024-y., 10/24/1830-3/0918-son; 05.03.2026-y., 10/26/1830-4/0200-son)