Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1824-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza qilish natijasi boʻyicha 2008-yil 16-iyundagi xulosaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2000-yil 19-maydagi 197-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining 2008-yil 27-maydagi FTQ-03-13/348-son xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 16-iyulda tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 24-fevralda 408-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni ustav fondiga kiritiladigan intellektual mulkni baholash boʻyicha xulosa berish toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga mazkur hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Xasanov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-iyun,
138-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 238-modda)