Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 25.06.2008 yildagi 142-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Hujjat 25.06.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARI OLIB BORIShGA VA QATTIQ FOYDALI QAZILMA KONLARINI IShLATIShGA INVESTITSIYaLARNI YANADA JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda qattiq foydali qazilmalar 43 turining 700 dan ortiq konlari, shu jumladan mis, rux, molibden, volfram, litiy, stronsiy, tomirsimon joylashgan kvars hamda texnik kremniy ishlab chiqarish uchun kvarsitlar, mineral tuzlar, fosforitlar, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, oʻtga chidamli va keramik xomashyo, qurilish materiallari va boshqa materiallar singari jahon bozorida talab yuqori boʻlgan foydali qazilmalar qidirib topilganligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalarning ayrim turlari boʻyicha prognoz resurslar qidirib topilgan resurslardan ancha ortiqdir, shu jumladan polimetallar va sement xomashyosi boʻyicha — 2 baravar, volfram boʻyicha — 6 baravar, fosforit ruda va bazalt boʻyicha — 10 baravar, tomirsimon joylashgan kvars va kvarsitlar boʻyicha — 50 baravar ortiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga hozirgi vaqtda foydali qazilma boyliklar mavjud konlarining qariyb 80 foizi hali sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan. Qattiq foydali qazilmalarning prognoz resurslarini sanoat zaxiralari toifasiga oʻtkazish uchun birinchi navbatda xorijiy va mamlakatimiz investorlarini jalb etish hisobiga geologiya-qidiruv ishlari hajmini ancha oshirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini qoʻllash hisobiga qattiq foydali qazilmalar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida qattiq foydali qazilmalar konlarini sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan oʻtkazish, yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarni va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun foydalanishga berilgan yer osti boyliklarining tegishli uchastkalaridan foydalanishning aniq shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlar, shuningdek foydalanish paytida Oʻzbekiston Respublikasining yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari muntazam buzilishiga, shu jumladan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan konlar boʻyicha zaxiralarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlari dala tadqiqotlari boʻyicha ishchi guruhlarning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning borishini nazorat qilish va uning natijalarini tizimli asosda koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya bir oy muddatda oʻz ishi reglamentini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishga vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassislarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiralari yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari roʻyxatini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlangan taqdirda sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan instrumental oʻlchanishi toʻgʻrisida qaror chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi 2008-yil 10-iyulgacha boʻlgan muddatda Komissiyaga oʻzlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida 2007-yilda va 2008-yilning birinchi yarim yilligida yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasining soʻrovi boʻyicha foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2009-yilda Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari dasturini shakllantirishda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirishga mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda — potensial xorijiy investorlarga obyekt va investitsiyalar qoʻyish samaradorligi toʻgʻrisida dastlabki xulosa qilish uchun yetarli boʻlgan hajmda ixtisoslashtirilgan axborot tizimlari orqali sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlar va qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlari toʻgʻrisida geologik axborotni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda — Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalarining strategik muhim turlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan konlar va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisidagi axborot investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashini tuzish uchun yetarli boʻlgan hajmda Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha potensial investorlarga taqdim etilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda — geologiya-qidiruv ishlari faqat davlatning buyurtmasi boʻyicha ular doirasida olib boriladigan asl, rangli, nodir metallar va “qumtosh” tipdagi uran konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan maydonlar roʻyxatini, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlar, qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimlar shartlarida yoki boshqa shartlarda, foydali qazilmalarni keyinchalik chuqur qayta ishlashni nazarda tutgan holda, xorijiy va mamlakatimiz investorlari mablagʻlari hisobiga izlash va qidirish ishlari olib borish uchun maydonlar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gelogiya-qidiruv ishlarini olib borishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek qattiq foydali qazilmalar konlarini ularni chuqur qayta ishlashni nazarda tutadigan loyihalar doirasida ustun darajada sanoat yoʻsinida ishlatish ishlarini faollashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yillik asosida “Oʻzbekistonning qattiq foydali qazilmalar investitsiya salohiyati” xalqaro konferensiyalar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi gelogiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini va ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirishda 2009-yildan boshlab koʻrsatib oʻtilgan xalqaro konferensiyani oʻtkazish xarajatlarini budjet mablagʻlari hisobiga qoplashga mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparat xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 4 shtat birligidan iborat xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investorlar bilan ish olib borish boʻlinmasi tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi 142-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning asosiy maqsadlari va vazifalarini, sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilgan qattiq foydali qazilmalar konlarini ishlatish samaradorligini baholash uchun zarur va yetarli boʻlgan maʼlumotlar tarkibini, foydalanilmayotgan konlar joylashgan maydonlarning holatini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish mexanizmini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xatlovni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda “Komissiya” deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) xatlovdan oʻtkazish jadvalini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlari dala tadqiqotlari boʻyicha ishchi guruhlarning shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning borishini nazorat qilish va uning natijalarini tizimli asosda koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishga vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassislarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiralari yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davlat geologiya qoʻmitasi” deb yuritiladi) balansiga berilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari roʻyxatini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlangan taqdirda sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan instrumental oʻlchanishi toʻgʻrisida qaror chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xatlovning maqsadlari va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishning maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek potensial investorlarga sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan obyektlar boʻyicha yer osti boyliklari uchastkalari toʻgʻrisida geologik axborotni va boshqa axborotni belgilangan tartibda tezkor taqdim etish maqsadida foydalaniladigan GIS-texnologiyalar asosida qattiq foydali qazilmalar konlari boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron bazasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qattiq foydali qazilmalar konlari boʻyicha maʼlumotlarning yagona bazasini hisobga olgan holda Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansiga va Konlar, foydali qazilmalar va texnogen mineral xosilalar namoyon boʻlishi davlat kadastriga zarur qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilangan maqsadlardan kelib chiqib quyidagilar xatlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat yoʻsinida ishlatilayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari hamda foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklarining tegishli uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxslar roʻyxatini aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarning amalda kavlab olingan hajmining (marksheyderlik hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha) yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Davlat geologiya fondiga taqdim etiladigan maʼlumotlarga muvofiqligini aniqlash (“5-GR” shakl);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan konlarning holatini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat jihatidan oʻzlashtirishga jalb etilmagan noruda foydali qazilmalar konlarida noqonuniy kavlash holatlarini aniqlash va Komissiyaga kavlab olingan foydali qazilmalar hajmini Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan instrumental oʻlchash oʻtkazilishi toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishlatilmayotgan umumiy tarqalgan foydali qazilmalar konlari boʻyicha foydali qazilmalar joylashgan maydonlar yer uchastkalarining oʻzlashtirilishi darajasini aniqlash (imorat qurilganligi, qishloq xoʻjaligi ekinlari mavjudligi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijalari boʻyicha sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlar, shuningdek foydalanish paytida kon munosabatlari sohasida maxsus vakolatli davlat organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlangan yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan, shu jumladan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda belgilangan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari buzilgan konlar boʻyicha zaxiralarni Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berish haqidagi takliflarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xatlovni oʻtkazish mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish ikki davrda amalga oshiriladi: tayyorgarlik (kameral) va dala sharoitida oʻtkazish davrlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tayyorgarlik (kameral) davrida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalarning barcha konlari boʻyicha zarur maʼlumotlarni toʻplash, tizimlashtirish va umumlashtirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xatlovni dala sharoitida oʻtkazish davrida barcha noruda foydali qazilmalar konlari maydonlarini, shuningdek sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari maydonlarini (oltin va uran konlaridan tashqari) tekshirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tayyorgarlik (kameral) davrida qattiq foydali qazilmalarning har bir koni boʻyicha pasport tuziladi, u quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy joylashuvi (viloyat, tuman);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jugʻrofiy joylashuvi (togʻ tizimining, togʻlarning va shu kabilarning nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon maydonining burchakli nuqtalari koordinatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydoni konning 1:50000 yoki undan yirik masshtabda koʻrsatilgan holdagi topografik asosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmaning turi, konni kavlab olish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon razvedka qilingan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
razvedkani amalga oshirgan, zaxiralarni hisoblab chiqqan va ularni tasdiqlashga taqdim etgan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi maʼlumotlariga muvofiq kon (sanoat yoʻsinida ishlatilayotgan, zaxira tarzida qidirib topilgan, sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan) mansub boʻlgan razryad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan zaxiralar miqdori (rudali foydali qazilmalar konlari boʻyicha, shuningdek qoʻshimcha foydali qazilmalar va foydali komponentlar zaxiralari), zaxirani tasdiqlagan organ protokolining sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konning tajriba-sanoat yoʻsinida ishlatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uni amalga oshirish jarayonida kavlab olingan zaxiralar hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxsning nomi va uning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning tartib raqami, seriyasi, uning berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti uchastkasidan foydalanish shartlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiralarning xatlov oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvaridagi holati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Noruda konlar maydonlarini, shuningdek sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan rudali foydali qazilmalar konlarini tekshirish maqsadida Komissiya qarori bilan “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari vakillaridan hududlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini dala sharoitida tekshirish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorda tekshirishni oʻtkazish davrida ishchi guruh hal etishi zarur boʻlgan vazifalar, ishlarning hududlari, guruhning rahbari, xulosalarni taqdim etish muddatlari koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi guruh dala sharoitida tekshirish jarayonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xatlovdan oʻtkazilayotgan barcha noruda foydali qazilmalar konlari va sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan rudali foydali qazilmalar konlari (oltin va uran konlaridan tashqari) boʻyicha GPS global pozitsiyalash tizimlari asbob-uskunalari yordamida obyektning ikki-uchta koordinatlarini aniqlashi, shuningdek keyinchalik pozitsiyalarning joylariga (nomi koʻrsatilgan holda tur yoki qoziqlarni) biriktirgan holda privyazka qilishni amalga oshirishi, ulardan raqamli fotokamera bilan (kamida 5 ta megapikselni hal etgan holda) kon maydonining eng xarakterli xususiyatlarining (relyefning alohida shakllari, mavjud imoratlar, karyerda yer osti suvlarining mavjudligi, chiqindilarning tarqoq holda saqlanishi va shu kabilar) kamida uchta suratini olishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sanoat yoʻsinida ishlatilayotgan noruda foydali qazilmalar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyada belgilangan yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanish shartlarining yer osti boyliklari uchastkasidan foydalanuvchi tomonidan bajarilishining toʻliqligini baholashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklaridan foydalanuvchida konni ochish va tayyorlash loyihasining belgilangan tartibda mavjudligini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarining marksheyder oʻlchovlarini amalga oshirishning davriyligini aniqlashi, marksheyder oʻlchovlari maʼlumotlarini oʻrganishi va ularning Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi maʼlumotlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karyerni uning tubida yer osti suvlari mavjudligini aniqlash maqsadida tekshirishi, sabablarini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv obyektlarining qoʻriqlanadigan zonasi doirasida qum-shagʻalli materiallar kavlab olingan taqdirda qoʻriqlanadigan tabiiy hudud doirasida foydali qazilmalarni kavlab olishga ruxsatnomalar mavjudligini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karyer xoʻjaligini va xodimlarni suv bilan taʼminlash uchun foydalaniladigan suv quduqlarining mavjudligini aniqlashi, suv olishning belgilangan limitiga yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan rioya qilinishini, yer osti suvlari sathini oʻlchashlarning muntazamligini kimyoviy va bakterialogik tekshirishlarning oʻtkazilishini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar mavjudligini, uning amal qilish muddatini aniqlashi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan qattiq foydali qazilmalar konlari boʻyicha (oltin va uran konlaridan tashqari):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda foydali qazilmalarning noqonuniy kavlab olish amalga oshirilganligi yoki amalga oshirilmaganligini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar kon kavlangan qilingan boʻlsa, kavlab olingan kon massasi, shu jumladan foydali qazilmalar hajmini baholashi hamda axborotni Davlat geologiya qoʻmitasiga tezkorlik bilan joʻnatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansida “Sanoat yoʻsinida ishlatilmagan konlar” yoki “Zaxira tarzida qidirib topilgan konlar” razryadiga kiritilgan konlarda foydali qazilmalarni noqonuniy kavlab olgan yuridik yoki jismoniy shaxsni imkoni boricha aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar joylashgan maydonda yer uchastkasining oʻzlashtirilganligi darajasini (uy-joylar, turli imoratlar, qishloq xoʻjaligi yerlari va shu kabilar mavjudligini) baholashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dala sharoitida tekshirish natijalariga koʻra har bir kon boʻyicha qisqacha maʼlumotnoma tuziladi, u ishchi guruhning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Maʼlumotnomaga konning privyazkasi va kon maydonining eng xarakterli xususiyatlari fotosurati boʻyicha maʼlumotlar qogʻoz va elektron manbalarda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xatlov materiallarini tayyorlash va Komissiyaga taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoki viloyatlarda joylashgan konlarni dala sharoitida tekshirish tugallangach ishchi guruh tomonidan xulosa tuziladi, unda tekshirilgan har bir obyekt boʻyicha yer osti boyliklari, tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlari, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan barcha masalalar aks ettiriladi. Zaruriyat boʻlganda, xulosaga konlarni dala sharoitida tekshirish natijalarini tavsiflovchi jadval maʼlumotlari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xulosada quyidagilar ham aks ettirilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat yoʻsinida nooqilona ishlatilayotgan, ulardan foydalanish huquqi, tegishli asoslar koʻrsatilgan holda, muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin boʻlgan noruda foydali qazilmalar konlarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda, sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlarda noqonuniy kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarini instrumental oʻlchashlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiralarini Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga berish tavsiya etilayotgan konlar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xulosa ishchi guruhning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Ishchi guruhning xulosada bayon qilingan xulosalarga norozi boʻlgan aʼzolari oʻz fikrini yozma tarzda guruh raisiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xulosa Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoki tegishli viloyatlarda oʻtkazilgan qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha yigʻma xulosa tuzish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat geologiya qoʻmitasi tekshirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoki viloyatlar boʻyicha qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazish materiallarining umumlashtirilishiga qarab ularni Komissiyaga taqdim etadi, unda quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflar mavjud boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalarda belgilangan shartlarga rioya qilinmagan taqdirda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin toʻxtatish hamda zaxiralarni belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq foydali qazilmalarning sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan konlari zaxiralarini belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq konlarda kavlab olingan foydali qazilmalar hajmlarini, shu jumladan kavlangan sanoat yoʻsinida ishlatilmayotgan obyektlarni instrumental oʻlchashlarning maqsadga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon joylashgan maydonda qurilmalar, qishloq xoʻjaligi yerlari mavjud boʻlgan yoxud bu maydonlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan konlar boʻyicha keng tarqalgan foydali qazilmalar zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish maqsadga muvofiqligining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taqdim etilgan materiallar asosida Komissiya oʻz vakolatlari doirasida tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi 142-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Azimov R.S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi ‎
Xoʻjayev B.A.‎ —‎ Iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari ‎
Mavlyanov N.G.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari ‎
Roziqov O.T.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti shoʻba mudiri ‎

‎‎Komissiya aʼzolari:

Abduazizov A.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi ‎
Guskova T.N.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Alixanov B.B.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi‎
Kanyazov E.S.‎ —‎ Adliya vazirining oʻrinbosari‎
Toʻlaganov Sh.A.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari ‎
Xolmatov I.M.‎ —‎ “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 252-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)