OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“OʻZOZIQOVQATTAʼMINOT” DAK TOMONIDAN IMPORT BOʻYIChA XARID QILINADIGAN IJTIMOIY MUHIM AYRIM TURDAGI OZIQ-OVQAT TOVARLARIGA ChEKLANGAN ChAKANA NARXLARNI BELGILASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 984-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi “Ijtimoiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish va sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 317-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 1-noyabrda 119, 12-3/51-313-son bilan tasdiqlangan “Oʻzoziqovqattaʼminot” DAK tomonidan import boʻyicha xarid qilinadigan ijtimoiy muhim ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlariga cheklangan chakana narxlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror (2000-yil 16-noyabr, roʻyxat raqami 984 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 22-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-may,
54-son
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-may,
12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 233-modda)