OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARINI YAGONA BAHOLARDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTIDA AKS ETTIRISh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 30-mayda 458-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari (2000-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 979)ning 83-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 26-iyundagi 17-07/62 va 98-106-son bilan tasdiqlangan Debitorlik va kreditorlik qarzlarini yagona baholarda buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish Tartibi (1998-yil 29-iyul, roʻyxat raqami 458) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-may,
53-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-may,
2008-26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 214-modda)