31.05.2008 yildagi 115-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining barcha bino va inshootlar kompleksi qurilishini, rekonstruksiya qilinishini, kapital ta’mirlanishini, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishini o‘z vaqtida tugallash, shuningdek uning 2008-2009 o‘quv yili boshlangungacha foydalanishga topshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 5 yil muddatga, shu jumladan institutni jihozlash va faoliyat ko‘rsatishi uchun respublikaga keltirilayotgan asbob-uskunalar, multimediy mahsulotlari, adabiyotlar, inventarlar va moddiy-texnika resurslarini olib kirishda soliqlarning barcha turlaridan va bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinganligi;