Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
YADRO QUROLINI TARQATMASLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMAGA QOʻSHILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanishining yadrosiz yoʻlini tutishga va yadro qurolini tarqatmaslik qoidalariga sodiqligini tasdiqlab qaror qiladi:
Yadro quroliga ega boʻlmagan davlat sifatida 1968-yil 1-iyulda tuzilgan Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi Shartnomaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
760-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 44-modda)