OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
BANKROT DEB EʼLON QILINGAN KORXONANI MOL-MULK MAJMUASI SIFATIDA OLDI-SOTDI QILIShDA MULK HUQUQINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-mayda 493-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Bankrot deb eʼlon qilingan korxonani mol-mulk majmuasi sifatida oldi-sotdi qilishda mulk huquqini rasmiylashtirish tartibi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin (roʻyxat raqami 493, 1998-yil 29-sentabr).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-aprel,
5-son
Kelishilgan:
Oliy xoʻjalik sudi raisi A. IShMETOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel
Davlat mulki qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 192-modda)