14.11.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITTIFOQChILIK MUNOSABATLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston bilan Rossiya va ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va totuv qo‘shnichilikning tarixiy an’analariga tayanib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston—Rossiya munosabatlarida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida 1999-yil 11-dekabrdagi Shartnoma va O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risidagi 2004-yil 16-iyuldagi Shartnoma muhim rol o‘ynayotganini e’tirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni ularning xalqlarining tub manfaatlariga to‘la javob beradigan, milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashishiga xizmat qiluvchi, sifat jihatidan yangi, ittifoqdoshlik darajasiga ko‘tarishga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga bo‘lgan niyatga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti asosiy hujjatlarining maqsadlari va prinsiplariga sodiqligini tasdiqlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida qabul qilingan hujjatlarni hisobga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnomaga muvofiq Tomonlar ittifoqdoshlik munosabatlarini uzoq muddatga mo‘ljallangan asosda bog‘laydilar va rivojlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biror davlat yoki bir guruh davlatlar tomonidan Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilsa, bunga ikkala Tomonga qarshi sodir etilgan tajovuzkorlik harakati deb qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilsa, boshqa Tomon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 51-moddasiga muvofiq kollektiv tarzda o‘zini o‘zi mudofaa qilish huquqidan foydalanish sifatida unga zarur yordam beradi, shu jumladan harbiy yordam, va shuningdek o‘z ixtiyorida bor boshqa vositalar bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda asosida ko‘rilgan choralar to‘g‘risida Tomonlar zudlik bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashini xabardor qiladilar. Ushbu choralarni ko‘rayotganda Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining qoidalariga rioya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlardan birining fikriga ko‘ra tinchlikka xavf solishi, tinchlikni buzishi yoki uning xavfsizlik manfaatlariga daxl qilishi mumkin bo‘lgan, va shuningdek Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilishi xavfi tug‘iladigan vaziyat yuzaga kelsa, Tomonlar bunday vaziyatni tartibga solish bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish va amaliy choralarni kelishib olish uchun tegishli maslahatlashuvlar mexanizmini zudlik bilan harakatga keltiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsizlikni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tomonlar zarur hollarda alohida shartnomalar asosida bir-biriga hududlarida joylashgan harbiy obyektlardan foydalanish huquqini beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar tinchlikni mustahkamlash, barqarorlik va xavfsizlikning global, va shuningdek mintaqa miqyosida kuchaytirish maqsadida birgalikda harakat qiladilar. Ular nizolarning oldini olish va yo‘lga qo‘yish hamda xavfsizlik va barqarorlikning mintaqaviy va global muammolarini hal qilish ishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning Xavfsizlik Kengashining markaziy rolini yanada mustahkamlashga, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hujjatlarida qayd qilingan maqsad va prinsiplarni amalga oshirishga alohida ahamiyat beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar xalqaro terrorizm, zo‘ravonlik ekstremizm ommaviy qirg‘in qurolini tarqatish, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining, qurolning noqonuniy aylanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, xavfsizlikning boshqa yangi tahdidlari va shakllariga qarshi harakat qilish va ularni neytrallashtirish mexanizmlari samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zlarining sa’y-harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtiradilar va birlashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar yashirin migratsiyaga qarshi kurashda, shu jumladan jismoniy shaxslarning o‘z hududlaridan va u orqali noqonuniy yurishiga qarshi qurashda hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar inson huquqlari va asosiy erkinliklari ishida o‘zlarining xalqaro majburiyatlari va har birining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishga ko‘maklashishda hamkorlik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar o‘zlarining xalqaro majburiyatlari va milliy qonun hujjatlariga muvofiq bir Tomon fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini boshqa Tomon hududida kafolatlaydigan samarali choralar ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tegishli choralar ko‘radilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning bu sohadagi hamkorligining asosiy yo‘nalishlari — tovarlar, xizmatlar, kapital bozorini rivojlantirish va ishlatish, soliq, pul-kredit, valyuta, moliya, savdo va bojxona sohalarida kelishilgan siyosat o‘tkazish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar, o‘zlarining qonun hujjatlari va xalqaro majburiyatlarini hisobga olib, ikki davlat xo‘jalik subyektlariga tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarishlarni birgalikda rivojlantirish, va shuningdek o‘zaro manfaatli iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun o‘zarolik asosida qulay iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy sharoitlar yaratib beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarda o‘zlarining tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro huquq normalariga muvofiq diskriminatsiyaga asoslanmagan choralarni bir-biriga nisbatan qo‘llashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar, amaldagi shartnomalar asosida erishilgan yuqori darajadagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni hisobga olgan holda, qurolli kuchlarni zamonaviylashtirish va isloh qilish, ularni zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan ta’minlash, va shuningdek bu sohada bir-birini qiziqtiradigan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha faol hamkorlik qiladilar. Tomonlar tegishli tashqi savdo kontraktlari tuzish uchun harbiy-texnikaviy hamkorlikning vakolatli subyektlariga zarur sharoitlar yaratib berishga har qanaqasiga yordamlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar milliy va xalqaro transport infratuzilmalarini birgalikda rivojlantirish va foydalanish, o‘z hududida yo‘lovchi va yuklarni tranzit tashish uchun qulay sharoitlar yaratib berishda, va shuningdek bu maqsadlarda uchinchi mamlakatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning investitsiyalarini jalb qilish mumkinligida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ilmiy-texnika, energetika, moliya, investitsiya, bank, aviasozlik, kommunikatsiya sohalarida, yadro energetikasida, axborot texnologiyalari sohasida, bir-birini qiziqtiradigan boshqa sohalarda teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta’minlaydilar va milliy qonun hujjatlariga muvofiq buning uchun zarur qulay sharoitlar yaratib beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar bunday hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha shartnomalar tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar kishilar o‘rtasida bevosita muloqotlar qilish va avj oldirish uchun qulay sharoitlar yaratadilar, insonparvarlik sohasidagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy negizini takomillashtirishda ko‘maklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar muntazam ravishda ikki tomonlama masalalar bo‘yicha, va shuningdek bir-birini qiziqtiradigan ko‘p tomonlama muammolar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadilar. Zarur hollarda ular kelishilgan harakatlarni amalga oshirish uchun o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki tomonlama maslahatlashuvlar turli darajalarda, shu jumladan ikki davlatning davlatlar, parlamentlar, hukumatlar, xavfsizlik kengashlari, tashqi siyosat, mudofaa, huquqni muhofaza qilish va boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari darajasida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar zaruriyatga qarab o‘zlari a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlardagi faoliyatini va pozitsiyalarini o‘zaro muvofiqlashtiradilar. Ular Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma Rossiya Federatsiyasining Kollektiv xavfsizlik shartnoma tashkiloti doirasida olgan majburiyatlariga zid bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va uning ratifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi yorliqlar almashishi kuni kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma Tomonlardan biri boshqa Tomonga yozma ravishda uning amal qilishini to‘xtatish niyati borligi to‘g‘risida xabar bergan kundan 12 oy o‘tganga qadar kuchida qolaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida Toshkentda 1999-yil 11-dekabrda imzolangan Shartnomaning 1 va 2-moddalari amal qilishini to‘xtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moskva shahrida 2005-yil 14-noyabrda ikki nusxada, har biri o‘zbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami, 2006-y., 3-4-son)