OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI RAISINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA TEXNIKA DAVLAT KOMITETIDA OLIY TAʼLIMDAN KEYINGI TAʼLIMIY TAYYORGARLIKNI (ASPIRANTURA VA DOKTORANTURA) AMALGA OShIRADIGAN MUASSASALARNING ATTESTATSIYA IShLARINI KIRITISh VA KOʻRIB ChIQISh HAMDA ULARNI DAVLAT AKKREDITATSIYASIDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-aprelda 152-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) muvofiq buyuraman:
1. Fan va texnika davlat qoʻmitasining 1995-yil 30-maydagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komitetida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimiy tayyorgarlikni (aspirantura va doktorantura) amalga oshiradigan muassasalarning attestatsiya ishlarini kiritish va koʻrib chiqish hamda ularni davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (1995-yil 7-iyun, roʻyxat raqami 152) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2008-yil 16-aprel,
15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 132-modda)