21.04.2008 yildagi PQ-842-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHAXSIY YORDAMCHI, DEHQON VA FERMER XOʻJALIKLARIDA CHORVA MOLLAR KOʻPAYTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH HAMDA CHORVACHILIK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNI KENGAYTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni yanada koʻpaytirish, shu asosda qishloq aholisining bandligi va daromadlarini, goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻsishini oshirish hamda ichki isteʼmol bozorining toʻldirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirish va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2010-yillardagi davrda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramollar soni koʻpayishining maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2010-yillarda sugʻoriladigan yerlarda yem-xashak ekinlari maydonlarining hisoblab chiqilgan prognozi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmalariga mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tijorat banklarining 4-ilovaga muvofiq shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga qoramol sotib olish uchun mikrokreditlar ajratishni kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika “Oʻznaslchilik” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, servis punktlari tarmoqlarini tashkil etish yoʻli bilan chorva mollarni sunʼiy urchitish boʻyicha oʻz bazasini yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer va boshqa xoʻjaliklarga, shuningdek, parrandachilik korxonalariga ajratilgan sugʻorma yerlar faqatgina yem-xashak ekinlari ekish uchun moʻljallangan va davlat ehtiyojlari uchun paxta hamda donli ekinlar ekishda foydalanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqmashlizing” kompaniyasi mahalliy korxonalar — “Agregat zavodi” OAJ va “Urganchemmash” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yem-xashakni yigʻishtirib oladigan texnikani qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga lizing asosida berilishini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” AK 5-ilovadagi prognoz hajmlariga muvofiq fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qolayotgan, chorvachilik uchun toʻlaqonli omuxta yem ishlab chiqarishning oshirilishini taʼminlaydigan omuxta yem sanoatini modernizatsiya qilish va qoʻshimcha don resurslari xarid qilishni tashkil etishning aniq chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 31-maydagi PQ-360-sonli qarori 3 va 4-bandlari, shuningdek, mazkur qarorning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilning hosilidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda chigitni qayta ishlashdan olinadigan shrot va sheluxa Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi orqali toʻla-toʻkis ichki bozor hamda eksportga sotilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yem, shu bilan birga shrot va sheluxaning eksportga sotilishi erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari kompleksi (Sh.M. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda yem-xashak, jumladan, shrot va sheluxa sotishga ixtisoslashtirilgan punktlar tarmogʻini inventarizatsiyadan oʻtkazsin, bunda ularning viloyatlar, tumanlar va aholi punktlari boʻyicha oqilona joylashtirilishini, yem-xashak isteʼmolchilari — fermerlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari egalarining ulardan keng foydalanishi taʼminlanishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inventarizatsiya natijalariga koʻra, viloyat va tumanlar doirasida yem-xashak, shu jumladan omuxta yem, shrot va sheluxa sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan yagona punktlar tarmogʻini kengaytirish va oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ixtisoslashtirilgan yagona punktlar negizida tuman va viloyat birlashmalari tashkil etilsin. Ushbu birlashmalar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali yem-xashak, jumladan, omuxta yem, shrot, sheluxa va boshqalar xarid qilinishi, ularning yetkazib berilishi hamda fermerlar va aholiga sotilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni bajarish yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari, “Oʻzdonmahsulot” AK va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha ushbu ishlar natijalari Vazirlar Mahkamasining majlisida muhokama qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat Bosh veterinariya boshqarmasi zooveterinariya punktlarini, kamida 10 yil mobaynida ularning faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirmaslik sharti bilan, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga zooveterinariya xizmatlari koʻrsatish sohasida xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklariga imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit berish yoʻli bilan zooveterinariya xizmati koʻrsatish hamda mollarni sunʼiy urchitish korxonalariga zarur zootexnik va laboratoriya jihozlari hamda transport vositalarini sotib olishda ustuvor tartibda koʻmaklashish tavsiya etilsin.
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 22-son, 257-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqmashlizing” kompaniyasi zooveterinariya xizmati koʻrsatish korxonalari uchun zootexnik va laboratoriya jihozlari lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar 2012-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda, istisno tariqasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik ishi korxonalari va Respublika “Oʻznaslchilik” korxonasi asosiy faoliyat turi boʻyicha barcha soliqlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalari hamda Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik chorvachilik xoʻjaliklari, naslchilik ishi korxonalari, parrandachilik korxonalari va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” birlashmasi olib kelinadigan naslchilik materiali, zooveterinariya xizmati koʻrsatishni rivojlantirish uchun texnologiya va yordamchi uskunalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha omuxta yem ishlab chiqarish komponentlari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zooveterinariya punktlari — korxonani roʻyxatga olishda va veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berishda davlat boji toʻlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari va chorvachilik fermalari — chorvachilik mahsulotlarini, jumladan, uning qayta ishlangan mahsulotini sotish tushumidan davlatning maqsadli jamgʻarmalari hamda Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi ommaviy axborot vositalarida chorvachilikni rivojlantirish hamda uni yuritish, mahsuldor mollarni yaratish va boqishning zamonaviy usullari, qishloqda chorvachilikning bozor infratuzilmasini kengaytirish ilgʻor tajribasini targʻib etish masalalarini yoritish boʻyicha maxsus dasturlar va ruknlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-842-son

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 130-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda, 50-son, 512-modda, 52-son, 561-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2017-y., 27-son, 605-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)