Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.2018 30.08.1995 yildagi 105-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HARBIY DOKTRINASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Harbiy doktrina Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy doktrina Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining negizini tashkil etadi va milliy xavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi boʻlib, tashqi siyosat, davlatlararo munosabat masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston keng koʻlamdagi mafkuraviy qarama-qarshilik mushkulotlari oʻtmishda qolgan tarixiy davrda, jahon urushining bevosita xavfi ancha kamayishiga erishilib, “sovuq urush”ga barham berilgan davrda mustaqil davlatga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni chogʻda xalqaro munosabatlar tarkibidagi oʻzgarishlar, muvozanatlar yangi tizimining shakllanishi keskinlik, mojarolarning yangi oʻchoqlari paydo boʻlishi, ekstremizm va terrorchilik turli koʻrinishlarining faollashishi bilan birga kechmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu tufayli ham yosh mustaqil davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilib va oʻzining maʼnaviy hamda intellektual qadriyatlarini tiklash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub oʻzgarishlarni amalga oshirish yoʻliga oʻtib, huquqiy, demokratik va dunyoviy jamiyat qurmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilayotgan demokratik islohotlarni amalda roʻyobga chiqarishda jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlash va davlatning puxta xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston uchun hayotiy zarurdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shularni nazarda tutib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat va xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida oʻzining mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligini, shuningdek davlatlararo tarkib topgan chegaralarning buzilmasligi va oʻzgarmasligini hurmat qilish prinsiplariga asoslaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz kuch-gʻayratlarini barcha davlatlar bilan koʻp tomonlama aloqalar oʻrnatish va bu aloqalarni rivojlantirishga, yalpi tinchlikka, hamma joyda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka va qurolsizlanishga erishish maqsadlariga qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi barcha mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish oʻz xalqining turmushini yaxshilash, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan normalariga, demokratiya va ijtimoiy adolat prinsiplariga asoslangan ijtimoiy tuzumni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik yoʻlidan borib, ayni vaqtda oʻz fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini oʻz zimmasiga oladi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustaviga binoan oʻzini oʻzi mudofaa qilishdek ajralmas huquqini amalga oshiradi, davlatning harbiy qudrati va mudofaa qobiliyati oqilona zarurat darajasida boʻlishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. DOKTRINANING SIYOSIY JIHATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining urushga munosabati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yoʻli bilan hal etishga qatʼiyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari oʻrtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-gʻayrat sarflashni oʻz tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urushning va urush xavfining oldini olish — bosh strategik yoʻnalish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urushlar va harbiy mojarolarning oldini olishni, harbiy bloklarga kirmaslikni oʻz tashqi siyosatining bosh strategik yoʻnalishi deb eʼlon qilib, Oʻzbekiston Respublikasi shuni qayd etadiki, u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz Qurolli Kuchlarini boshqa davlatga qarshi ishga solmaydi, Oʻzbekiston Respublikasiga yoki Oʻzbekiston bilan oʻzaro harbiy yordam toʻgʻrisidagi tegishli shartnomalar orqali bogʻlangan davlatlarga qarshi hujumni qaytarish hollari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hech kimga tahdid solmaydi va jahondagi birorta ham davlatni oʻzining dushmani deb hisoblamaydi, ulardan birortasiga na hududiy, na boshqa daʼvosi bor va barcha mamlakatlar bilan xalqaro huquq, xavfsizlik manfaatlarini oʻzaro hisobga olish asosida munosabatlar oʻrnatishga tayyor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro qurolisiz yashash: yadro qurolini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik prinsiplariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urushning oldini olish borasida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro faoliyatining bosh mezonlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy xavfsizlikni taʼminlashda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rolini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatlar va xalqlar oʻrtasida tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni taʼminlashni bosh maqsad qilib olgan xalqaro hamda mintaqalararo tuzilmalarga faol qoʻshilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor davlatlar va jahon hamjamiyatining faol ishtirokida Markaziy Osiyoning mintaqaviy xavfsizligi tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro qurollari sinovini yoppasiga taqiqlash va pirovard natijada Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan uni butunlay yoʻq qilish haqidagi shartnomani tuzishga oʻtish uchun sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi hudud deb eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy, bakteriologik va boshqa turdagi yalpi qirgʻin qurollarini hamma yerda yoʻq qilish, Oʻzbekiston Respublikasining Kimyoviy qurollarni taqiqlash toʻgʻrisidagi Konvensiyada va bakteriologik qurollarni taqiqlash muammolari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamning ruhiyatiga halokatli taʼsir etadigan vositalar, tektonik va boshqa turdagi qurollar yaratilishi, sinovdan oʻtkazilishi va ishlab chiqarilishini taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaga qurol-yarogʻ yetkazib berish va u bilan savdo qilish ustidan samarali nazorat oʻrnatishning, shu jumladan qonunsiz harbiy tuzilmalarni qurol bilan taʼminlashning oldini olish maqsadida samarali nazorat oʻrnatishning kelishilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Bu chora-tadbirlarga axborot almashishni, oʻzaro tekshiruvlarni, muntazam maslahatlashuvlarni, nazorat qilishning milliy vositalaridan foydalanishni asos qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konversiyani faol amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni begʻaraz yordam va imtiyozli kreditlar berish tarzida moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha mamlakatlarda oddiy qurol-yarogʻlar va qurolli kuchlarni qisqartirish, oʻzaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qurilishning oshkoraligi va harbiy sohadagi aloqalarning kengaytirilishiga koʻmaklashuvchi davlatlararo harbiy hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro munosabatlarda milliy va diniy murosasizlikka yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamentalizm, ekstremizm, terrorchilikning kuchayish tendensiyasiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinchlikni saqlash boʻyicha oʻzaro majburiyatlarga, barcha davlatlarning harbiy kuch ishlatishdan yoki harbiy kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechishiga asoslangan mustahkam davlatlararo munosabatlar tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshinlarni faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirishni pirovard maqsad qilib olib, oʻzgalar hududida ajnabiy harbiylarning turishini izchil qisqartirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy-siyosiy ittifoqlarning mintaqaviy miqyosda ham, jahon miqyosida ham siyosiy hamkorlik vositasiga aylantirilishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. DOKTRINANING HARBIY-TAShKILIY JIHATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy Osiyo mintaqasining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston barcha mintaqalarda va eng avvalo Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun qatʼiy va izchil harakat qiladi. Bu mintaqaning oʻziga xos xususiyati, dunyoda tutgan siyosiy oʻrnining nozikligi shundaki, voqealar rivoji salbiy tus olgudek boʻlsa, u butun jahonda barqarorlikni izdan chiqarib yuboruvchi kuchli detonatorga aylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy Osiyoda turli etnik va diniy guruhlarga mansub 60 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Bu mintaqada yadro qurollari, shuningdek vayron qiluvchi qudratli kuchga ega boʻlgan oddiy qurollar toʻplangan. Mintaqada toʻqnashuvlar yuz bersa, aql bovar qilmaydigan falokatlarga olib kelishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda bu mintaqadagi koʻpgina mamlakatlar oʻrtasida tom maʼnodagi chegaralar yoʻq. Bunday sharoitda ushbu mamlakatlarning birontasida kelib chiqqan mojaro butun mintaqaga yoyilib ketishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahonda va eng avvalo Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy-siyosiy vaziyat salbiy tomonga rivojlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi oldida oʻz xavfsizligini taʼminlash masalasi koʻndalang boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi urushning oldini olish ishidagi oʻz siyosiy-diplomatik va boshqa tinchlikparvar saʼy-harakatlari ustuvorligini taʼkidlash bilan bir qatorda oʻz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni zarur deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xavfning potensial manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xavfning potensial manbalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahonning turli mintaqalarida qurolli guruhlar yuqori darajada jamlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahondagi siyosiy vaziyatning keskinligi pasaymayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim davlatlar yoki davlatlar bloklarining oʻz siyosatini oʻtkazishda kuch ishlatishga moyilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim davlatlarning boshqa davlatlar chegaralari yaqinida qurolli kuchlar guruhlarini koʻpaytirishga intilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning beqarorligi va uning kuchayib ketish ehtimoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlaridagi vaziyatga oʻz taʼsirini kuchaytirishga qaratilgan harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremistik siyosiy tashkilotlar, gʻayriqonuniy harbiy tuzilmalar tomonidan mintaqada amalga oshirilayotgan terrorchilik xatti-harakatlari, shuningdek ularning millatchilik kayfiyatlarini va diniy murosasizlikni avj oldirishga qaratilgan faoliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi zamon urushlarining xususiyati va oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahonda yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar sharoitida yangi jahon urushining kelib chiqish ehtimoli kamaydi. Ayni vaqtda jahonning turli mintaqalarida lokal urushlar va harbiy mojarolar kelib chiqishi xavfi ortdi, ular jahon koʻlamidagi oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hozirgi zamon urushlarining strategik xarakteri va oqibatlariga baho berishda quyidagi qoidalarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro urushi lokal urush boʻla olmaydi va biron-bir davlat yadro urushi boshlagudek boʻlsa, u butun insoniyat uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp miqdorda kimyoviy qurollar, vayron qiluvchi qudratli kuchga ega boʻlgan qurollar toʻplangan davlatlar oʻrtasida oddiy qurollar vositasida olib boriladigan lokal urushlar ham jahon koʻlamiga yoyilib, oqibatda butun tsivilizatsiya uchun xuddi shunday halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy texnologiyalarning takomillashtirilishi va qurolli kurash vositalarining rivojlantirilishi harbiy mojarolarning lokal urushlarga, lokal urushlarning esa mintaqaviy urushga yoki har qanday bosqichda yadro urushiga oʻtib ketishi mumkin boʻlgan jahon miqyosidagi urushga aylanish ehtimolini tugʻdiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonga yoki u bilan oʻzaro harbiy yordam toʻgʻrisidagi shartnomalar orqali bogʻlangan davlatlarga qarshi qaratilgan tajovuzning oldini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi oʻz harbiy imkoniyatlaridan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh harbiy-strategik vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bosh harbiy-strategik vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinchlik davrida davlatning mudofaa qobiliyatini respublikaning hududiy yaxlitligini, uning suverenitetiga qarshi qilinishi mumkin boʻlgan igʻvo va tajovuzlarning oldini olishni kafolatlaydigan oqilona zarurat darajasida saqlab turishdan, hujumlarni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi Shartnoma qatnashchisi boʻlgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan oʻzaro hamkorlikda daf etish uchun Qurolli Kuchlarining har taraflama doimiy tayyor turishini taʼminlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush chiqqan taqdirda — ham oʻz kuchlari bilan, ham Oʻzbekiston Respublikasi bilan tegishli shartnomalar orqali bogʻlangan boshqa davlatlarning harbiy kuch-qudrati bilan birgalikda tajovuzni kafolatli tarzda daf etish, tajovuzkorni qatʼiyan magʻlub qilishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar qurilishi va ularni strategik qoʻllash prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xavf-xatarni, urushning ehtimol tutilgan xarakterini, mudofaa vazifalari koʻlamini anglagan holda va respublikaning iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq Qurolli Kuchlar qurilishi, ularning tarkibini takomillashtirish va tayyorgarlikdan oʻtkazish amalga oshiriladi, ularni jangda qoʻllash prinsiplari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar qurilishi ularning Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishni taʼminlay oladigan xillarini, qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlarni tuzish hamda mutanosib rivojlantirish asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qoʻshinlar, Harbiy-havo kuchlari, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari, Maxsus va muhandislik-qurilish qoʻshinlari hamda Milliy gvardiyadan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar qurilishini takomillashtirishdan koʻzlangan maqsad ularni davlat tuzilishining xususiyatlariga, mintaqaning fizik-jugʻrofiy sharoitlariga muvofiqlashtirishdan, Qurolli Kuchlarning xillari va qoʻshin turlarini, qurollarning asosiy tizimlarini uygʻun rivojlantirish va qoʻllashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar qurilishida islohot tinchlik davri qoʻshinlar guruhlarining jangovar qudrati lokal (mintaqaviy) miqyosdagi tajovuzni daf etishni taʼminlaydigan darajada boʻlishiga alohida ahamiyat bergan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urush chiqqan taqdirda Qurolli Kuchlar oʻz vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining urush davrida operativ rezervi hisoblanuvchi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlari bilan birgalikda ado etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari muntazam, kadrlar armiyasi qoidasi asosida quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarning tarkibi va tuzilishi, ularning texnika bilan qurollantirilishi va qurolli kurash vositalarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, safarbarlik resurslariga va zaxiralariga boʻlgan talab-ehtiyoj, harbiy qurilishni pul bilan taʼminlash ishini Oʻzbekiston Respublikasi tajovuzni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi Shartnoma qatnashchisi boʻlgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan birgalikda harakat qilib, bartaraf etish uchun puxta va oqilona ehtiyoj prinsipiga rioya etish zarurati bilan bogʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni doimiy jangovar shay holatda saqlab turishga, ularni barcha zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashga, xalq xoʻjaligini, aholini va hududni tajovuzni daf etishga tayyorlashga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Armiyaga chaqirilishdan oldingi tayyorgarlik sifatini oshirish, oʻspirin yoshlarni hamma yerda sogʻlomlashtirish, harbiy mutaxassislar tayyorlash davlat dasturlariga asos qilib olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshinlarni jahon andozalari talablariga javob beradigan zamonaviy texnika, qurol-yarogʻ bilan taʼminlash, bu sohada ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish harbiy-texnika siyosatiga asos qilib olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tajovuzga javob tariqasidagi harakatlarni nazarda tutib ish olib borar ekan, ayni vaqtda tajovuzkorni jilovlash tadbirlarini oʻtkazishni zarur deb hisoblaydi va Qurolli Kuchlarni qoʻqisdan hujum boʻlishini istisno etadigan va tajovuzkorga darhol qarshi zarba berishni taʼminlaydigan darajada shay holda saqlab turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajovuz boshlangan vaqtda strategik miqyosdagi harbiy harakatlarning asosiy turi mudofaa boʻladi. Bunda vaziyatga qarab, muayyan yoʻnalishlarda hujum harakatlari olib borish istisno etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan tinchlik davrida qoʻshinlar har qanday sharoitda, shu jumladan dushman yadro qurolini qoʻllagan sharoitda ham jangovar harakat olib borishga tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shtablar va qoʻshinlarning operativ va jangovar tayyorgarligi ham mudofaa, ham hujum operatsiyalarini tayyorlash va olib borish usullarini oʻzlashtirish hamda takomillashtirishga qaratilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsiy tarkibga taʼlim va tarbiya berish jarayoni jangovar navbatchilik vazifalarini aniq bajarishga, jangovar shaylik darajasini, qoʻshinlarning operativ va jangovar tayyorgarlik sifatini oshirishga, qurol-yarogʻ, harbiy texnikani va ulardan samarali foydalanish usullarini mohirona egallashga, shaxsiy tarkibda Oʻzbekiston Respublikasiga, oʻz xalqiga, Harbiy qasamyodga, harbiy burchga sadoqatni, shuningdek ona Vatanining tarixi va anʼanalariga chuqur hurmat-ehtiromni, oʻz Vatanining himoyasi uchun yuksak shaxsiy masʼuliyatni shakllantirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tinchlik vaqtida Qurolli Kuchlarning infrastrukturasini rivojlantirishni taʼminlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturlarini bajarish maqsadida muhandislik-qurilish qoʻshinlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Urush chiqqan taqdirda muhandislik-qurilish qoʻshinlari mudofaa inshootlari, kommunikatsiya moslamalari qurishga va avariya-tiklash ishlarini bajarishga jalb etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlardan foydalanish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi, tinch vositalar yordamidagi kuch-gʻayratlar hamisha ham urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish imkonini beravermaydi deb hisoblab, quyidagi maqsadlarda oʻz Qurolli Kuchlarini qoʻllash huquqini oʻzida saqlab qoladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi hujumni daf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajovuzdan oʻzaro mudofaalanish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-330-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jangovar harakatlar olib borish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning, jamiyat va davlatning xavfsizligiga tahdid soladigan tajovuzni, ichki vaziyatni beqarorlashtirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining amal qilishini izdan chiqarishga qaratilgan harakatlarning oldini olish va ularga barham berish maqsadida Oliy Bosh qoʻmondon vaziyatni barqarorlashtirish ishida Qurolli Kuchlardan foydalanish huquqiga ega, uning bu xususdagi qarori keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muhokama etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarni Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari va Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari bilan birgalikda strategik maqsadda qoʻllashni rejalashtirish ishiga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi umumiy rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyotini, hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot, davlat organlari va boshqaruv tizimining urush davrida ishlashga safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek mamlakat hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi muhim yoʻnalishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday tayyorgarlik harbiy tajovuz boʻlgan taqdirda qisqa muddat ichida eng koʻp odamlar rezervini, moddiy-texnika resurslarini safarbar etish, xalq xoʻjaligini urush davri sharoitida ishlashga oʻtkazish imkonini beradigan tashkiliy va amaliy tadbirlar majmuini tinchlik davrida ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning safarbarlik tayyorgarligi jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol-yarogʻ, harbiy texnika va mol-mulkni, shuningdek davlat xavfsizligini taʼminlash, Qurolli Kuchlar ehtiyojlarini qondirishga kerakli noharbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish (taʼmirlash) uchun safarbarlik quvvatlarini vujudga keltirish va saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush davrida davlat xavfsizligini taʼminlash, sanoatda, transportda, avtomobil yoʻllarida, aloqa obyektlarida tiklash, foydalanish, taʼmirlash, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish uchun, tibbiy taʼminotni tashkil etish, boshqa ehtiyojlar uchun, maxsus tuzilmalarni va muassasalarni barpo etish hamda shay tutish, shuningdek bu tuzilmalarni Qurolli Kuchlar tarkibiga berish yoki ulardan Qurolli Kuchlar manfaatlarini koʻzlab foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
safarbarlik zaxirasida moddiy boyliklarni toʻplash, saqlash va yangilab borish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududni tinchlik davrida va urush davrida oldindan mudofaaga tayyorlash Qurolli Kuchlarning barcha turlarini rivojlantirish, qayta joylashtirish, jamlash va jangovar muvofiqlashtirish, mamlakat ichkarisidagi muhim obyektlarni va xalq xoʻjaligini zamonaviy zarba vositalari taʼsiridan himoyalash manfaatlarini koʻzlab tadbirlar majmuini amalga oshirish yoʻli bilan roʻyobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumdavlat tadbirlari kommunikatsiya va transportning barcha turlarini yaratish va rivojlantirish, aloqa va boshqaruv vositalarini tayyorlash, davlat va safarbarlik zaxiralari bazalari, omborlari tarmogʻini rivojlantirish, mudofaa buyurtmalarini bajarishga moʻljallangan korxonalar va tashkilotlarni tayyorlash, ularning faoliyat koʻrsatishi va himoya etilishini tashkil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini mudofaaga tayyorlash tinchlik davrida ham, urush davrida ham umumdavlat amaliy tadbirlari majmuini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining harbiy tayyorgarligi tinchlik davrida Qurolli Kuchlarning yuksak jangovar tayyorligini taʼminlash, qisqartirilgan tarkib va kadrlardan iborat qoʻshilmalar va qismlarni, yangi tuzilayotgan qoʻshilmalar va qismlarni urush davri shtatida belgilangan darajaga yetkazib butlash va safarbar qilish, shuningdek xavf tugʻilgan davrda va urush vaqtida talafotlarning oʻrnini toʻldirish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining harbiy tayyorgarligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiruv arafasidagi va chaqirilayotgan yoshlarni maktablarda va boshqa oʻquv yurtlarida, Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatiga qarashli oʻquv tashkilotlarida harbiy xizmatga tayyorlash tizimida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shaxsiy tarkib muddatli harbiy xizmatni oʻtashi chogʻida, turli oʻquv-yigʻin tadbirlarida harbiy majburlarning bilimlarini takomillashtirish chogʻida, kursantlarga harbiy bilim yurtlarida taʼlim berish chogʻida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy litseylarda, respublika noharbiy oliy oʻquv yurtlarining harbiy fakultetlari va kafedralarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlarga beriladigan maxsus tuzilmalarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy doktrinaning huquqiy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va respublikaning harbiy xavfsizligiga tajovuzlarga qarshi harakatlarni tashkil etishda mamlakatni mudofaaga tayyorlash borasidagi davlat faoliyatini, Oʻzbekiston Respublikasining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun Qurolli Kuchlarni qoʻllashni tartibga soluvchi qonunlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz Harbiy doktrinasining mohiyatini eʼlon qilar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan, Xelsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjatdan, Stokgolm konferensiyasi hujjatidan, ikki tomonlama, koʻp tomonlama shartnomalar va bitimlardan, xalqaro huquqiy hujjatlarning umum eʼtirof etgan normalaridan kelib chiquvchi barcha xalqaro majburiyatlarga qatʼiy rioya etilishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ishonchli mudofaa qobiliyati va Qurolli Kuchlarning yuksak jangovarlik qobiliyati iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va ilmiy kuch-qudratni rivojlantirish, Oʻzbekiston xalqining jipsligi va har bir fuqaroni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan taʼminlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-con, 180-modda)