“OʻZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
KINOVIDEOFAOLIYAT BILAN ShUGʻULLANISh HUQUQINI BERADIGAN MAXSUS RUXSATNOMA (LITSENZIYA) BERISh VA ROʻYXATGA OLISh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-aprelda 371-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 2004-yil 22-martda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Kinovideomahsulotlarini ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 135-sonli qarori qabul qilinganligi munosabati bilan meʼyoriy hujjatlarni tartibga keltirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1997-yil 15-oktabrda 371-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan “Kinovideofaoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish va roʻyxatga olish tartibi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan “Kinovideofaoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish va roʻyxatga olish tartibi” oʻz kuchini yoʻqotganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot berilsin.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat etish Bosh direktor oʻrinbosari J. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
“Oʻzbekkino” milliy agentligi Bosh direktori v.b. A. ISHOQOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
42a-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 108-modda)