O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
JARIMA TARIQASIDAGI JINOIY JAZONI IJRO ETISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI BO‘YIChA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda ma’qullangan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda) 44-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo‘yicha cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi eng kam oylik ish haqining o‘n olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, qamoqning har bir oyi esa, eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar) 542-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jarima jazosiga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxs jarima jazosini va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi uchun sudda uzrsiz sabablarga ko‘ra hozir bo‘lmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yo‘qligida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunday holda jarima jazosi yoki axloq tuzatish ishlari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda, sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash va qidiruv e’lon qilish masalasini hal qilishi kerak”;
uchinchi—yettinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi—sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda) 19-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda, jarima sud ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mahkumga nisbatan qo‘llanilmaydi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart.
Agar belgilangan muddatda jarimani to‘liq miqdorda to‘lashga mahkumning imkoni bo‘lmasa, sud uning iltimosnomasiga ko‘ra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etishi mumkin”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari”;
2) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash to‘g‘risidagi hukm asosida berilgan ijro varaqasi bo‘yicha ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan taqdirda, ixtiyoriy ijro etish muddati hukm qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy etib belgilanadi”;
3) 30-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari
Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak”;
4) quyidagi mazmundagi 321-modda bilan to‘ldirilsin:
“321-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan sudga o‘n kunlik muddat ichida murojaat qiladi”;
5) 34-moddaning 7-bandidagi “ijro etishni to‘xtatib turish” degan so‘zlar “ijro etishni to‘xtatib turish (kechiktirish)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 35-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:
“7) sud ijrochisi tomonidan sudga jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganda”;
7) 37-modda quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:
“8) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim chiqarilganda”.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-aprel,
O‘RQ-151-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)