OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
UY-JOYLARNI OLISh-SOTISh, ALMAShTIRISh VA HADYa QILISh ShARTNOMALARINI NOTARIAL TASDIQLAGANDA DAVLAT BOJINI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA TUShUNTIRIShNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 538-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyundagi “Notarial ishlarni bajarganlik uchun davlat boji stavkalari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 109-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Uy-joylarni olish-sotish, almashtirish va hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlaganda davlat bojini undirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish (1998-yil 17-noyabr, roʻyxat raqami 538) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-mart,
2008-14-son
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-mart,
20-26-5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 77-modda)