O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA AHOLISINI MAMLAKATIMIZDA IShLAB ChIQARILGAN QAND-ShAKAR BILAN TA’MINLASh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada qand-shakar ishlab chiqarish va sotishni ko‘paytirish hamda “Xorazm Shakar” ochiq aksiyadorlik jamiyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Xorazm Shakar” ochiq aksiyadorlik jamiyati istisno tariqasida 2009-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga:
chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, mexanizmlar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallar uchun bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
o‘zi ishlab chiqargan tayyor mahsulotni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 210-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 380-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-mart,
52-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 12-13-son, 73-modda; 37-38-son, 380-modda)