OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2000-YIL 24 IYuNDAGI 242-SONLI QARORINING 1-BANDI 2-XATBOShISINI QOʻLLASh BOʻYIChA KOʻRSATMANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-martda 948-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2000-yil 10-iyuldagi 04/8-465-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-iyundagi 242-sonli qarorining 1-bandi 2-xatboshisini qoʻllash boʻyicha koʻrsatma”si (2000-yil 17-iyul, roʻyxat raqami 948) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-mart,
01-02/8-23-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 70-modda)