OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
QARORI
JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN AMALGA OShIRILADIGAN XUSUSIY QURILISh OBYEKTLARINI LOYIHALASh, QURISh, FOYDALANIShGA TOPShIRISh, ROʻYXATGA VA HISOBGA OLISh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-fevralda 499-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 23-son, 233-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda, 2005-y., 8-son, 44-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xususiy qurilish obyektlarini loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish, roʻyxatga va hisobga olish tartibi” (1998-yil 10-oktabr, roʻyxat raqami 499) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOXTAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-yanvar,
8-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-yanvar,
18-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-yanvar
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-yanvar
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 44-modda)