OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-fevralda 1771-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1996-yil 12-yanvarda 96-5-son bilan tasdiqlangan Eksport qilish taqiqlangan tovarlarni musodara qilish tartibi (1996-yil 12-yanvar, roʻyxat raqami 216);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 10-aprelda 97-30-son bilan tasdiqlangan Soliq organlari tomonidan savdo, xizmat koʻrsatish sohasidagi korxonalar faoliyatini tekshirishdan oʻtkazish va davlat nazoratini amalga oshirish tartibi (1997-yil 21-aprel, roʻyxat raqami 331).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-fevral,
2008-13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 43-modda)