OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA XALQARO AVTOMOBIL QATNOVI TOʻGʻRISIDA BITIMNI QOʻLLASh TOʻGʻRISIDA
Ijro bayonnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar) 2006-yil 20-martdagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida Bitim (bundan keyin — Bitim)ni qoʻllash qoidalarini aniqlash maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Bitimning vakolatli organlari quyidagilar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi.
Qozogʻiston Respublikasi tomonidan:
Qozogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va rivojlanish boʻyicha vazirligi.
Tomonlar davlatlari vakolatli organlarining rasmiy nomlanishlarida oʻzgarishlar boʻlsa, Tomonlar zudlik bilan bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martdagi Bayonnoma tahririda)
2. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari Bitim bajarilishi jarayoni, yuklarning avtomobilda xalqaro tashuvlari bilan bogʻliq davlat qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar, soliq hamda bojxona yigʻimlari, oʻtgan yildagi tashuvlar holati, chegaradan oʻtishning ish rejimlari va yuklarning tashuvlarini takomillashtirishga qaratilgan boshqa masalalar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
3. Ushbu Ijro Bayonnomasi Bitim bilan bir vaqtda kuchga kiradi.
Toshkent shahrida 2006-yil 20-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Ijro Bayonnomasi qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 1-son)