21.11.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Qoʻshimcha Bayonnoma
Kuchga kirish sanasi
26.05.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha Bayonnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IKKIYoQLAMA SOLIQQA TORTIShNING OLDINI OLISh HAMDA DAROMAD VA SARMOYa SOLIQLARNI TOʻLAShDAN BOSh TORTIShNI BARTARAF QILISh TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYAGA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiyaning butun yakunlangan imzolanishida quyida imzo chekuvchilar Konvensiyaning ajralmas qismi boʻlib qoladigan quyidagi qoidalar yuzasidan bitimga kelishdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar boʻyicha bir-birini tushunishga erishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-modda 3-bandi (b) kichik bandi boʻyicha Italiyaga nisbatan kelgusida shu narsa nazarda tutiladiki, ushbu Konvensiya sarmoya soligʻiga nisbatan qoʻllanadi va ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 24-moddasi qoidalariga koʻra erishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Mahalliy hokimiyat idora(lari)” atamasi, Konvensiyaning qayerida qoʻllanishidan qatʼi nazar, Italiyaga nisbatan siyosiy va maʼmuriy boʻlinmalar tushunchasini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 6-moddaning 2-bandi boʻyicha, “uzufrukt” atamasi har bir Ahdlashuvchi Davlatning ichki qonunlariga binoan belgilanadi, biroq har qanday holda ham, hatto mulk yuridik jihatdan boshqa shaxsga, uni tutib turuvchi mulkni almashtirishi, zarar keltirishi yoki sotishi mumkin boʻlmaydigan shartlar asosida tegishli boʻlgani holda ham umuman yoki qisman, muayyan mol-mulk va olingan tegishli daromad boʻyicha foydalanishi mumkin boʻlgan shaxs huquqini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 7-moddaning 3-bandi boʻyicha, “doimiy muassasa faoliyati maqsadi uchun sarflangan xarajatlar” atamasi doimiy muassasa faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 18-modda boʻyicha, agar Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib qolsa, bunday rezidentning birinchi eslatilgan Davlatda ish faoliyati tugaganidan soʻng oladigan, ishdan boʻshaganda qonunga muvofiq beriladigan pul (tovon) sifatidagi yoki shunday toʻlovlari ushbu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi. Ushbu bandda “ragʻbatlantirish haqlari (tovonlar)” taʼrifi har qanday ofis yoki shaxsning ish faoliyati tugallanishi oqibatida amalga oshiriladigan har qanday toʻlovlar tushunchasini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 25-moddaning 6-bandi boʻyicha, soliqlarni toʻlashdan bosh tortishni bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha Davlat ichki qonun-qoidalari bir Ahdlashuvchi Davlat korxonalari va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan korxonalar oʻrtasidagi operatsiyalardan olingan xarajatlar va boshqa salbiy elementlarning chegirib tashlanishini cheklash holatlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 26-modda boʻyicha, ushbu Konvensiyani talqin qilishda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki shubha 26-moddaga muvofiq vakolatli idoralar tomonidan hal qilina olmasa, ariza ikkala vakolatli idoralar va soliq toʻlovchilarning roziligiga koʻra, agar soliq toʻlovchi arbitraj komissiyasi qarorini bajarishga yozma ravishda rozilik bildirgan boʻlsa, arbitrajga taqdim etiladi. Ayrim hollarda arbitraj komissiyasi qarori ushbu arizaga binoan har ikkala Ahdlashuvchi Davlat uchun majburiy boʻladi. Protseduralar Davlat oʻrtasida koʻrib chiqiladi va 26-moddaning 4-bandiga muvofiq vakolatli idoralar oldindan notalarni almashishadi. Ushbu band qoidalari vakolatli idoralar notalar almashish orqali kelishuvga kelishishganidan soʻng kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 26-moddaning 1-bandi boʻyicha, “ichki qonunlarda nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar” tushunchasi, ushbu Konvensiyaga nomuvofiq ravishda soliqlarni hisoblashga taalluqli daʼvo boʻlganda, har qanday holda ogohlantirish maqsadida qoʻzgʻatiladigan milliy bahsli sudlov jarayonlariga muqobil boʻlmaydigan, oʻzaro kelishuv protsedurasini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 29-moddaning 3-bandi qoidalari boʻyicha, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari oʻzaro kelishuvga binoan ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan cheklashlarni qoʻllashda boshqa amaliyotlarni bajarishlariga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rim shahrida 2000-yil 21-noyabrda ikki nusxada har biri oʻzbek, italyan va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Qandaydir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 2-son)