Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008 va 2009-yillar mobaynida:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin;
zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-dekabr,
OʻRQ-136-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son)