OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
BUYRUGʻI
DAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASALARIGA BOLALARNI QABUL QILISh BOʻYIChA QABUL KOMISSIYASINING FAOLIYAT KOʻRSATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-dekabrda 1753-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 8-mh-sonli “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1753-2, 25.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 43-son, 431-modda) muvofiq buyuraman:
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish Tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-noyabr,
297-son
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 43-son, 431-modda) muvofiq davlat maktabgacha taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda matnda maktabgacha taʼlim muassasasi deb yuritiladi) qabul komissiyasining faoliyatini tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qabul qilish tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan tashkil etiladigan halq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda qabul komissiyasi deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qabul komissiyasi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi huzurida besh kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi va uning tarkibi quyidagi mutaxassislardan shakllantiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Qabul komissiyasi raisi — tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri;
Keyingi tahrirga qarang.
Qabul komissiyasi kotibi — tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining maktabgacha taʼlimi boʻlimi mutaxassisi;
Keyingi tahrirga qarang.
Qabul komissiyasi aʼzolari — maktabgacha taʼlim muassasasi mudirlari va uslubchilari.
3. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan mazkur nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yoʻllanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa organlar boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarni xalq taʼlimi boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularning chiqib ketish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasining ustavi bilan belgilanadi.
II. Qabul komissiyasining ish tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish
5. Qabul komissiyasi haftada ikki marta yaʼni, seshanba va juma kunlari bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish masalasida fuqarolarni qabul qiladi.
6. Maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma olish uchun ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) maktabgacha taʼlim muassasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berish toʻgʻrisida ariza;
b) bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasining nusxasi;
v) bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;
g) turar joyidan shu manzilda ushbu oilaning yashashi haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari maʼlumoti;
d) ota-onasining (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) ish joyidan maʼlumotnoma (ishlamaydigan ota-onalar bundan mustasno).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq quyidagi bolalar:
I va II guruh nogironlari;
koʻp bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar.
Qabul komissiyasi, shuningdek ota-onalari maktabgacha taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istisno tarzida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha taʼlim muassasasi rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
8. Maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etadi:
a) I va II guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
b) koʻp farzandli oila ekanligi toʻgʻrisida turar joyidagi fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
v) talabalar uchun taʼlim muassasasidan maʼlumotnoma;
g) homiylar toʻgʻrisida — maktabgacha taʼlim muassasasining rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan homiylik yordami koʻrsatilganligi haqidagi dalolatnoma;
d) pedagoglar — ish joyidan maʼlumotnoma.
9. Yoʻllanma olish uchun taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 10 kunlik muddat ichida koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi va bu haqda 3 kunlik muddat ichida ariza beruvchilarga maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tanlagan maktabgacha taʼlim muassasasida boʻsh oʻrin (joy) boʻlmagan hollarda ularning hujjatlari qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qabul komissiyasi kotibi quyidagi hujjatlarni yuritadi:
berilgan yoʻllanmalarni qayd qilish daftari (mazkur Nizomga 2-ilova);
tuman (shahar) boʻyicha yoʻllanma olishga navbatga turganlarni qayd etish daftari (mazkur nizomga 3-ilova).
Daftarlar raqamlangan, tikilgan va tegishli tuman (shahar) xalq taʼlim boʻlimi mudiri tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi shart. Yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilganlarni qayd qilish daftari tegishli yilning 1-yanvar kunidan boshlanib, 31-dekabr kunida tugatiladi va ushbu hujjatlar 3 yil mobaynida saqlanishi lozim.
Bunda yil davomida berilgan yoʻllanmalar soni va uni olish asoslari qayd qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) 15 kunlik muddatda olingan yoʻllanmani maktabgacha taʼlim muassasasiga taqdim etishi shart. Ushbu muddat ichida yoʻllanma tegishli maktabgacha taʼlim muassasasiga taqdim etilmasa, mazkur yoʻllanma oʻz kuchini yoʻqotadi.
III. Qabul komissiyasi faoliyatiga koʻmaklashish va taqsimot
13. Maktabgacha taʼlim muassasalarining mudirlari har oyning birinchi sanasida qabul komissiyasiga maktabgacha taʼlim muassasasidagi mavjud boʻsh oʻrinlar haqida yozma xabar beradilar va shu asosda maktabgacha taʼlim muassasalaridagi boʻsh oʻrinlar har bir maktabgacha taʼlim muassasasi boʻyicha yoshiga qarab taqsimot qilinadi.
14. Har yili iyul-avgust oylarida yangi oʻquv yili hisobiga maktabgacha taʼlim muassasalariga jadval asosida ommaviy ravishda yoʻllanma beriladi. Maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni yoʻllanmalarga asosan tegishli yilning sentyabr oyida maktabga chiquvchilar hisobiga boʻshagan oʻrinlarga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi bir viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida boshqa tumandagi maktabgacha taʼlim muassasasiga oʻtkazilayotganda, tarbiyalanuvchi oʻtayotgan joydagi maktabgacha taʼlim muassasi joylashgan joydagi tuman (shahar) halq taʼlimi boʻlimi huzurida tashkil etilgan qabul komissiyasi bilan soʻrov xati yuborish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda soʻrov xatini olgan qabul komissiyasi oʻz hududida faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan har oyda taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida mavjud boʻsh oʻrin haqida 3 kunlik muddatda soʻrovnoma yuborgan qabul komissiyasiga javob xati yuboradi va shu asosda maktabgacha taʼlim muassasi tarbiyalanuvchisini boshqa maktabgacha taʼlim muassasasiga koʻchirish amalga oshiriladi.
IV. Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom talablarini buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
17. Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi faoliyat yuritishi bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
-sonli YOʻLLANMA | ||
| __________ tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi “___” ________ 20__ y. |
| ___ sonli MTM Mudiri ______________ |
| Bolaning familiyasi, ismi, sharifi ____________________________________ Tugʻilgan yili _______________________________________________________ Ota-onasining ish joyi: _____________________________________________ Otasi ______________________________________________________________ Onasi ______________________________________________________________ Manzili ___________________________________________________________ Asos: _______________________________________________________________ | ||
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri qabul komissiyasi raisi _________________ imzo F.I.Sh. Maktabgacha taʼlim boʻlimi uslubchisi ______________ imzo F.I.Sh. | ||
Komissiya aʼzolari: |
| |
Keyingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi huzuridagi qabul komissiyasining yoʻllanmalarni qayd qilish daftari
| T/r | Bolaning familiyasi, ismi, sharifi | Tugʻilgan yili | Manzili | MTM raqami | Yoʻllanma raqami | Asos | Ota-onaning imzosi |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
____________ ta navbat ____________ ta homiylik yordami ____________ ta koʻp bolali oila ____________ ta talaba _____________ ta harbiy _____________ ta maktabga tayyorlash Jami: _______________ta | |||||||
Keyingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
| T/r | Navbatga qoʻyilgan kun | Navbat raqami | Bolaning familiyasi, ismi, sharifi | Tugʻilgan yili | Yoʻllanma berilgan MTM raqami | Yoʻllanma berilgan sana |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| Jami: ______________ta | ||||||
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 544-modda; 2014-y., 36-son, 457-modda)