Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.12.2007 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 18.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZMELIOMAShLIZING” DAVLAT LIZING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek meliorativ texnikaning koʻp profilli mavjud parkini yangilash va shakllantirishni ragʻbatlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foydasining respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladigan qismi hisobiga “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga ustav fondini shakllantirish uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga ularning topshirigʻiga koʻra xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining asosiy vazifasi etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib berish yuzasidan buyurtmanomalarini umumlashtirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar hamda tender savdolari asosida mamlakatimiz korxonalarida va xorijiy korxonalarda melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmanomalarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilgan buyurtmanomalarga muvofiq ishlab chiqariladigan melioratsiya texnikasi uchun avans toʻlovlarini va uzil-kesil hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartnomalari tuzish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklariga melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya texnikasi xarid qilishga moʻljallangan resurslarni shakllantirish uchun donorlarning, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini imtiyozli asosda jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi ijro etuvchi apparatining xodimlarining cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 18 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori va uning oʻrinbosari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi bir oy muddatda Kompaniya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 15 foizini sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining avansi shaklida ularning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 85 foizini “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan unga qarz asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi tomonidan beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya texnikasini faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiligini lizingning butun davri uchun sugʻurta polisi mavjud boʻlganda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing kompaniyasi daromad stavkasi (marjasi)ning shartnomalar tuzilishi sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki — kompaniyaning barcha hisob-kitoblariga xizmat koʻrsatish, toʻlovlarning va lizing oluvchilar bilan lizing shartnomalari boʻyicha, melioratsiya texnikasini yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha oʻzaro moliyaviy majburiyatlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish vazifalarini bajargan holda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining moliyaviy agenti etib;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi — lizingga beriladigan texnikani sugʻurtalash vazifalarini bajargan holda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining sugʻurta agenti etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tashkil etilgan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashiga “Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan lizingga beriladigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari roʻyxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va lizingga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan tender asosida xarid qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha idoralararo tender komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “OʻzGIP” MJChning Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 44-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va lizingga berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini (keyingi oʻrinlarda melioratsiya texnikasi deb ataladi) xarid qilish va “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda Lizingga beruvchi deb ataladi) tomonidan lizingga berish mexanizmini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasi roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tashkil etilgan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Melioratsiya texnikasi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga (keyingi oʻrinlarda Lizingga oluvchilar deb ataladi) 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 15 foizini Lizingga oluvchilarning avansi shaklida ularning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 85 foizini Lizingga oluvchi tomonidan unga qarz asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikani Lizingga oluvchilarga faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiligini lizingning butun davri uchun sugʻurta qilish boʻyicha “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining sugʻurta polisi mavjud boʻlganda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizingga beruvchi daromad stavkasi (marjasi)ning shartnomalar tuzilishi sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Lizingga beruvchi har yili 1-avgustdan kechikmay, Lizingga oluvchilardan olingan buyurtmanomalar asosida lizing boʻyicha yetkazib beriladigan melioratsiya texnikasiga kelgusi yildagi ehtiyoj prognozini shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Melioratsiya texnikasiga boʻlgan ehtiyoj prognozidan kelib chiqib Lizingga beruvchi va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda Bank deb ataladi) Jamgʻarmaga melioratsiya texnikasi xarid qilishning prognoz hajmlarini, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan toʻlov amalga oshirilishini hisobga oluvchi kelgusi yilda vositalarga boʻlgan ehtiyoj prognozini (yil choraklari boʻyicha) taqdim etadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma mavjud moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda Lizingga beruvchiga lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun kelgusi davrga ajratiladigan pul mablagʻlari hajmi uchun kafolat xatlari taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Lizingga beruvchi Jamgʻarmaning ajratiladigan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan kafolat xatlari asosida mamlakatimiz va xorij korxonalarida ishlab chiqariladigan melioratsiya texnikasini tender asosida sotib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasini yetkazib beruvchilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Idoralararo tender komissiyasi tomonidan tender asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Lizingga beruvchi kelgusi yilga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma bilan — melioratsiya texnikasi sotib olish uchun moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad (marja) miqdori, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinishi kerak boʻlgan Lizingga beruvchining xizmatlariga haq toʻlash miqdori belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalar (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) bilan — Lizingga oluvchining buyurtmasiga muvofiq melioratsiya texnikasini yetkazib berish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank bilan — uning tomonidan moliyaviy agent funksiyalari bajarilishi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan — sugʻurta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Lizingga beruvchi Lizingga oluvchilar bilan melioratsiya texnikasi lizingi shartnomalari tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovlari (asosiy summa plyus lizing boʻyicha foizlar) jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bitta asl nusxasi Bankka joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Lizingga beruvchi pul mablagʻlari ajratish yuzasidan Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma uch bank kuni mobaynida pul mablagʻlarini kelgusi davrga Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalar uchun moʻljallangan Lizingga beruvchining Bankdagi maxsus hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda “Operatsiya hisob raqami” deb ataladi) oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Melioratsiya texnikasi uchun haq toʻlash tartibi Lizingga beruvchi bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Lizingga beruvchi lizing boʻyicha olingan foizlardan tijorat agenti funksiyalarini bajarish uchun shartnomada belgilangan miqdorda uning xizmatlariga haq toʻlash hisobiga mablagʻlarni ushlab qoladi. Lizingga oluvchilardan olingan summaning qolgan qismini uch kun muddatda Jamgʻarmaning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Lizingga beruvchi har bir kalendar yil choragi tamom boʻlgandan keyin 20 kundan kechikmay Jamgʻarmaga tamom boʻlgan yil choragi uchun Operatsiya hisob raqamida pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida Bank tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Lizingga oluvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizingga beruvchiga lizingga olinadigan texnika qiymatining 15 foizini avans toʻlovi tarzida toʻlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga olinadigan melioratsiya texnikasini Lizingga beruvchi foydasiga oʻz mablagʻlari hisobiga sugʻurta qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing toʻlovlari jadvaliga muvofiq texnika qiymatining qolgan 85 foizini va lizing boʻyicha foizlarni lizing muddati mobaynida Lizingga beruvchiga toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Lizingga oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing toʻlovlarini Lizingga beruvchiga toʻlaydilar. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar toʻliq hajmda Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Lizingga beruvchi, Bank va ularning boʻlinmalari rahbarlari Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lizingga oluvchi tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, Lizingga beruvchi moliya agenti orqali Lizingga oluvchining bank hisob raqamiga belgilangan tartibda bajarilishi kerak boʻlgan toʻlov talabnomalarini taqdim etadi. Toʻlov talabnomalari boʻyicha Lizingga oluvchilardan undirilgan pul mablagʻlari Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha idoralararo tender komissiyasi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Najimov N.E.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya rahbari ‎
Xamrayev Sh.R.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, komissiya rahbarining oʻrinbosari‎
Tursunov Y.E.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Salimov A.X.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
lavozimiga koʻra —‎ “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari
Yusupov A.A.‎ —‎ Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori ‎
Lavozimiga koʻra ‎ —‎ “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 539-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 28-son, 322-modda; 2013-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)