17.12.2007 yildagi 259-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
INTERNET TARMOGʻIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUKUMAT PORTALINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tarkibida xodimlarining umumiy soni 2-ilovaga muvofiq 12 nafar boʻlgan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhini (keyingi oʻrinlarda Guruh deb ataladi) tashkil etsin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Elektron Hukumati yaratilishi va yanada rivojlantirilishini hisobga olgan holda Guruhni zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali xarajatlarini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminlash va unga xizmat koʻrsatish tasdiqlangan smeta doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda axborot roʻyxatlari va taqdim etish muddatlari, shuningdek axborot materiallarini joylashtirishga ruxsat berish va axborot xizmatlari tomonidan Guruhga keyinchalik Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalida joylashtirish uchun axborot taqdim etish uchun masʼul shaxslarni tayinlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz rasmiy axborot resurslarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini bir yilda kamida ikki marta ekspertizadan oʻtkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlarni tarqatish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) faoliyatini keng yoritish, shuningdek tashkilotlar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini tashkil etish, rivojlantirish, tizimli qoʻllab-quvvatlash va axborotlar bilan taʼminlash yuzasidan umumiy talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Internet tarmogʻidagi Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali (keyingi oʻrinlarda Portal deb ataladi) Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Portal tashkilotlarning elektron-axborot oʻzaro hamkorligi infratuzilmasining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi tizim yaratuvchi elementi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Portalning maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Portalning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, tashkilotlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan axborotlar tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli axborot resurslarini tashkil etish va joylashtirish yoʻli bilan respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati toʻgʻrisida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tegishli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatlari va tartibotlari toʻgʻrisida ularni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi oʻsishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Portaldagi axborotlarning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi maʼlumotlarning mavjud boʻlishi va ularning ishonchliligi Portaldagi axborotlar mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning davlat tuzilishi tarkibi, respublikani boshqarishning davlat, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy institutlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarning faoliyati, shuningdek tuzilmasi, funksiyalari, vazifalari, vakolatlari va aloqalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yoki olish shartlari, shakllari, blankalari, tartibi va tartibotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda va davlat axborotlashtirishi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatdagi muhim voqealar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, fotoarxiv, tashkilotlarning turli tuzilmalaridan va davlat hokimiyati organlaridan olingan tadbirlar haqidagi maʼlumotlarning qisqacha mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa umumiy foydalaniladigan maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Portalni axborot bilan taʼminlashni tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Portalga joylashtirish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti, tashkilotlarning axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalaridan olinadigan axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborotda Oʻzbekiston Respublikasining davlat siri boʻlgan maʼlumotlar yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa maʼlumotlar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlarning axborot materiallarini Hukumat portalida joylashtirishga ruxsatnomani rahbar yoki rahbar tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan boshqa shaxs beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborotlar mavzulari boʻyicha dolzarb, ishonchli, yaxlit, aniq tuzilgan va taqsimlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Portalga axborotlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, Portalda axborotlarning rus va ingliz tillaridagi, shuningdek boshqa tillardagi mazmuni bir xil yoxud qisqartirilgan versiyalari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Portal ishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Portalga “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzuridagi Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhi tomonidan xizmat koʻrsatiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Guruhning asosiy funksiyalari va vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan axborot materiallarini Portalda eʼlon qilish;
(11-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzinfokom” markazining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro uzviy hamkorlikda Portalning axborot xavfsizligini va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarga ular oʻrtasida, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida elektron-axborot oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar axborot resurslarining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, Portal vositasida koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek aholi hamda tadbirkorlik tuzilmalarining axborotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkilotlarning axborot resurslari holatini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal, tashkilotlarning axborot resurslari, Portalni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari toʻgʻrisida bosma materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, bu haqda telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal faoliyati, koʻrsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari toʻgʻrisida jamoatchilik, tadbirkorlik tuzilmalari vakillari va boshqa Internetdan foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha tahliliy ishlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan axborot-maʼlumotnoma ishlarini olib borish uchun Guruh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tahliliy, statistik va boshqa materiallar maʼlumotlarining tizimlashtirilgan bankini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Guruh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻishi, tahlil qilishi va yagona shaklda umumlashtirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan taqdim etilgan axborotlarni davlat tilida, shuningdek mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalarini rus, ingliz tillarida va boshqa tillarda bir kun muddatdan kechiktirmay Portalda joylashtirishi;
(12-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan va shakllantirilgan axborotlarni uzatish, qayta ishlash, eʼlon qilish va saqlash jarayonida ularning toʻliqligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidan foydalanuvchilar uchun Portaldan uzluksiz foydalanish imkoniyatini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portalni yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha ushbu Nizomga zid boʻlmagan tadbirlarni, shu jumladan texnik tusdagi tadbirlarni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmogʻidan foydalanuvchilar tomonidan Portalning zarurligi va samaradorligi toʻgʻrisida jamoatchilik fikr-mulohazalarini oʻrganish asosida koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlarni yaxshilash boʻyicha takliflarni shakllantirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal faoliyatini va koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlarni har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalarida yoritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Guruh axborotlarning Portalda oʻz vaqtida joylashtirilishi, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qonun hujjatlariga muvofiq Portalda joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi, mazmuni va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun tegishli tashkilotlar javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining “Oʻzinfokom” markazi huzuridagi Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhining tashkiliy tuzilmasi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 521-modda; 2009-y., 17-son, 212-modda; 2013-y., 2-son, 23-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)