O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 7-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi “faoliyat sohasi” degan so‘zlardan keyin “(asosiy yo‘nalishlari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
3) quyidagi mazmundagi 241-modda bilan to‘ldirilsin:
“241-modda. Oltin aksiya
“Oltin aksiya” — ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
“Oltin aksiya” qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda garovga qo‘yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
“Oltin aksiya” ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning “oltin aksiya”dan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
“Oltin aksiya” aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi, yettinchi, sakkizinchi, o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi xatboshilarida, shuningdek 82-moddasi birinchi qismining yettinchi, yigirma ikkinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha veto qo‘yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo‘yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi”;
4) 47-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlar reyestri ro‘yxatga olingan aksiya egalarining ularga tegishli egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlarning soni, nominal qiymati va toifalari ko‘rsatilgan, har qanday belgilangan sanadagi holatga ko‘ra tuzilgan hamda bu aksiya egalari, ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarning soni va toifalari aynan to‘g‘riligini aniqlash imkonini beradigan ro‘yxatidir. O‘ziga nisbatan “oltin aksiya”ni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan jamiyat aksiyadorlari reyestriga davlat vakili ham kiritiladi. Emitentlar aksiyadorlar reyestrini davlat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organ belgilagan shaklda yuritishi shart. Aksiyalarni joylashtirgan jamiyat yoki ixtisoslashgan ro‘yxatchi jamiyat aksiyadorlari reyestrining saqlovchisi bo‘lishi mumkin. Oddiy (odatdagi) aksiya egalari bo‘lmish aksiyadorlari besh yuz va undan ortiq bo‘lgan jamiyat reyestr yuritish hamda saqlashni ixtisoslashgan ro‘yxatchiga shartnoma asosida topshirishi shart”;
5) 48-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat vakiliga aksiyadorlar reyestridan ko‘chirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
6) 49-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat vakilini jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritish haqidagi yozuv davlat vakilini tayinlash to‘g‘risidagi tegishli qaror ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tomonidan reyestr saqlovchini xabardor qilish asosida amalga oshiriladi”;
7) 66-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror, agar mazkur qarorni qabul qilish vakolati jamiyat kuzatuv kengashiga berilmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi”;
to‘rtinchi—o‘ninchi qismlari tegishincha beshinchi—o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo‘yilgan qarorlar ijro etilmaydi”;
o‘n birinchi qismi o‘n ikkinchi qism deb hisoblansin;
8) 67-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilingan qaroriga veto qo‘yishga haqli”;
9) 69-moddaning:
ikkinchi qismi “aksiyadorlarni” degan so‘zdan keyin “va davlat vakilini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 74-moddaning:
nomi “aksiyadorlarning” degan so‘zdan keyin “va davlat vakilining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqi shaxsan aksiyador tomonidan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uning shaxsan o‘zi tomonidan amalga oshiriladi”;
11) 82-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“aksiyadorlik jamiyatining boshqa xo‘jalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan bog‘liq bitimlar tuzish”;
yigirma to‘rtinchi xatboshisi yigirma beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
12) 83-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini saylash, tayinlash”;
uchinchi qismi “saylanishlari” degan so‘zdan keyin “tayinlanishlari” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat vakili lavozimiga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lib, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi)”;
13) 85-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qo‘yilgan qarorlar ijro etilmaydi”;
to‘rtinchi—yettinchi qismlari tegishincha oltinchi—to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
14) 90-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
O‘RQ-135-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)