O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSINING 542-MODDASIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-IJROIYA KODEKSINING 61-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 19-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda) 542-moddasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyatning yo‘llanmasi bo‘yicha o‘zi turishi lozim bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan ko‘rib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir bo‘lishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv e’lon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak”;
ikkinchi—oltinchi qismlari tegishincha uchinchi—yettinchi qismlar deb hisoblansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda) 61-moddasining uchinchi qismidagi “537-moddasiga” degan so‘zlar “537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-dekabr,
O‘RQ-124-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 503-modda)