OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
“DAVLAT AKTIVLARI IShTIROKIDA TAShKIL ETILGAN QOʻShMA KORXONALARNING HISOBI VA FAOLIYATI MONITORINGINING YAGONA TARTIBI”NI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 16-noyabrda 797-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan 1999-yil 5-iyuldagi 2-5-4-54-son bilan va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (1999-yil 6-iyuldagi ShA-01-01-3472-sonli), Davlat soliq qoʻmitasi (1999-yil 9-iyuldagi 99-88-sonli) bilan kelishilgan “Davlat aktivlari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalarning hisobi va faoliyati monitoringining yagona tartibi” (1999-yil 6-avgust, roʻyxat raqami 797) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr,
15-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr,
01/16-18/15-son
Kelishildi:
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 476-modda)