Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024 19.11.1991 yildagi 425-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024
Hujjat 20.09.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun samarali, ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini oʻzgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Asosiy tushunchalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga, davlatga qarashli mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish — jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir
(1-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi.
(2-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo hamda hukumatlararo shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qoʻshib olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkoralik davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi qonunlar talablariga rioya etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki obyektlari toʻliq ravishda yoki qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi obyektlar: yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suv havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat boyliklari va tarixiy boyliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tasarrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin boʻlmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarining roʻyxati, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan obyektlar hamda korxonalarning roʻyxati Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida mulkni oluvchi subyektlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajnabiy yuridik shaxslar davlat mulkini sotib oluvchi subyektlar boʻlishi mumkin.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda— Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni sotib olishlari, tanlov va kim oshdi savdosida xaridor sifatida qatnashishlari, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonasini jamoa korxonasiga, xoʻjalik jamiyati yoki shirkatiga aylantirish;
(6-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga olingan mulkni kelgusida haq toʻlab sotib olish ehtimoli bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mol-mulkini tanlov yoʻli bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilayotgan obyektlari, ularning aksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakolat bergan idora tomonidan belgilanadigan tartib boʻyicha sotib oladilar.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan qaror qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi yoki vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday qarorlarni qabul qilishga huquq berilgan idoralar matnda bundan keyin davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar deb yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini davlat mulkiga va maʼmuriy-hududiy tizilmalar mulkiga (kommunal mulkka) ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga fuqarolar, davlatga taalluqli boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari, mehnat jamoalari, davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid boʻlsa, bu mulkning egasi boʻlgan mahalliy hokimiyat boshqaruv idoralariga beriladi. Buyurtmaning shakli va yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrnatadigan tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni oʻtkazish yoki unday qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab oʻn kun ichida qabul qiladi, hamda uni buyurtma berganga va davlat tassarufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat korxonasini ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basharti, korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basharti, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinmayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin boʻlgan shartlar va muddatlarni koʻrsatmogʻi zarur.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan yakkahokimlikka qarshi qonunlar talablarini inobatga olgan holda hal etishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar komissiyalar tuzadi, bu komissiyalar barcha zarur ishlarni olib boradilar. Komissiya tarkibiga davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilarning, maʼmuriyatning, korxona mehnat jamoasining, jamoat tashkilotlarining, moliya idorasining, bankning, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining vakillari, boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish komissiyasi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona mablagʻi hisobidan pul toʻlash sharti bilan ishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar guruhlarini tuzishlari, maslahat beruvchi, auditor va boshqa tashkilotlarni bu ishga jalb qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya korxona maʼmuriyati bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona toʻgʻrisida davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishda qatnashayotgan subyektlar uchun, shuningdek jamoatchilik uchun belgilangan nusxada zarur axborot tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasi ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, davlat mulki obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(8-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim etadi, bu reja:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarishni yoki xususiylashtirishni oʻtkazish muddatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qiymatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani qayta tashkil etishning zarurat boʻlganda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan foydalanishning mavjud tartibi va shartlarini saqlab qolishni ham nazarda tutuvchi loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblarning tavsiya etiladigan shakl va muddatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozlar berish, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish qismini bepul berish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rejasiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytda qaror topgan haqiqiy bahosi hisobga olinishi lozim.
(9-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat mulki obyekti qiymatining dastlabki bahosi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Davlat korxonasining ijaraga olingan mol-mulkini sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijarachi davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchining roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan mol-mulkini (toʻliq yoki qisman) sotib olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish mehnat jamoasi aʼzolari tomonidan davlat mulkining (haqini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib haq toʻlash orqali) sotib olishi yoki bu mulkining ularga tekin boʻlishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mol-mulk jamoa egalariga sotib olinishi chogʻida jamoa korxonasining ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab qoʻyiladi, bunda ularning ish staji, maoshning miqdori va boshqa omillar eʼtiborga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat korxonasini xoʻjalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) boʻlishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy davlat boshqaruv organlari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari.
(12-moddaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Davlat mulki obyektini tanlov boʻyicha sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat mulki obyektlari tanlov boʻyicha sotilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlovni oʻtkazish shartlari, tartibi va muddatini davlat mulki obyektlarini tegishli tasarruf etuvchi tayinlaydigan tanlov komissiyasi belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Davlat mulki obyektini kim oshdi savdosida sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalarni kim oshdi savdosida sotishga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni davlat mulki obyektini tasarruf etuvchi qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarning kim oshdi savdosini oʻtkazish uchun davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar kim oshdi savdosi xizmatlarini tashkil etadilar, bu xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt davlat yoki kommunal mulk boʻlib turadi. Bunday hollarda mulk obyektlarini tasarruf etuvchi korxonani tugatib, uning mol-mulkini boʻlak-boʻlak qilib sotib borish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Bitimlarni rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi mol-mulkni yangi mulkdorga topshirayotganda unga mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order beradi. Orderning nusxasi, davlat bojining miqdori va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat korxonalari haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan taqdirda mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order haqning birinchi badali toʻlangach beriladi. Korxonaning qiymati butunlay toʻlab boʻlingunga qadar davlat mulki obyektini tasarruf etuvchi mol-mulkni tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyishi, shu jumladan davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchining roziligisiz bu mulkni sotishni va tekinga berishni taqiqlab qoʻyishi mumkin
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mablagʻlar manbai
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi mablagʻlar mol-mulkni sotib olish uchun manba boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablagʻlari, davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning oʻz mablagʻlari, kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan usullar bilan olingan boshqa moliyaviy mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat korxonasi mehnat jamoasining aʼzolari korxonani quyidagi manbalar hisobiga sotib olishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sof foydaning mehnat jamoasi aʼzolari mulki boʻlgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki boʻlgan va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kreditlari va oʻzga qarz mablagʻlari,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasi aʼzolarining shaxsiy mablagʻlari,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlardan davlat mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasining va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarning davlat mulki hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus fondlarida jamlanadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish fondlarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlarining oʻzaro majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi bilan yangi mulkdor oʻrtasida oʻzaro majburiyatlar hamda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyekt faoliyatining shartlari haqida, shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan davrgacha korxona ixtisosini, ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarini saqlab qolish yoki oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni maʼlum isteʼmolchilarga yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maishiy obyektlarni saqlash, ularning ishlash sharoitlarini saqlab qolish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni ijtimoiy-maishiy taʼminlashning oʻziga xos jihatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzga majburiyatlar haqida muayyan davrga moʻljallangan bitim tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bitimning shartlari korxonani davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga tayyorlash davrida belgilanadi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlariga sotilajak narx bilan birga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalarning xodimlariga beriladigan yengilliklar va kafolatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilayotganda va xususiylashtirilayotganda mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga hamda korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasining aʼzolariga aksiyalar va boshqa mulk boʻlib-boʻlib haq toʻlash orqali sotilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish chogʻida mehnat jamoasining aʼzolari, ular tomonidan tuzilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar boshqa sharoitlari teng boʻlganida oʻzga fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga nisbatan ustuvor huquqqa ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qoʻshilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oqibatida qayta tuzilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliq toʻlashda yengilliklar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining aʼzolariga quyidagi kafolatlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirilayotgan davrda korxona maʼmuriyati ilgari tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburdir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egalik huquqi yangi mulkdorga oʻtgan kundan boshlab olti oy davomida mulkdor bilan korxona mehnat jamoasi oʻrtasida yangi jamoa shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boʻshatilayotgan xodimlarni ishga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi hamda ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar jamoatchilik bilan hamda davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlat va jamoat nazorati oʻrnatilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslar sud tartibida hal etiladi.
(8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21 va 22-moddalarining raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga muvofiq 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-moddalarga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
425-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 43-modda; 1993-y., 5-son, 236-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 109-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 15-son, 147-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)