20.11.2006 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ChET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI VA ULARNI HIMOYa QILISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 10-MODDASINING BIRINChI QISMINI ShARHLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais oʻrinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga amal qilgan holda, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismini sharhlash haqidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masala Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud maʼruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi N. Ismoilov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi, Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzosi A. Saidov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari E. Kanyazov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik boʻlimining mudiri B. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining raisi A. Shayxovlarning fikrlarini eshitib, ish boʻyicha mavjud materiallarni oʻrganib chiqib quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Konstitutsiyaviy sudga murojaatida “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismiga, ushbu norma investitsiyaga oid nizoni hal etish uchun Investitsiyaga oid nizolarni tartibga soluvchi xalqaro markaz (bundan buyon matnda — Markaz)ga oʻtkazishga Oʻzbekiston Respublikasining roziligini oʻzida ifoda etadi deb hisoblash mumkinligi nuqtai nazaridan rasmiy sharh berish haqida savol qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismiga muvofiq “Chet el investitsiyalari bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq nizo (investitsiyaga oid nizo), taraflar kelishuviga koʻra, ular oʻrtasidagi maslahatlashuvlar orqali hal etilishi mumkin. Agar taraflar kelishilgan hal qiluvga erisha olmasalar, bunday nizo Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudi tomonidan yoxud hakamlik vositasida investitsiyaga oid nizolarni hal etishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismidagi investitsiyaga oid nizo hakamlik vositasida bunday nizolarni hal etishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi lozimligi haqidagi qoidalarni baʼzi investorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-maydagi qarori bilan ratifikatsiya qilingan “Davlatlar va ajnabiy shaxslar oʻrtasidagi investitsiyalarga oid nizolarni hal etish tartibi toʻgʻrisidagi Konvensiya” (bundan buyon matnda — Konvensiya)ga muvofiq hal etish uchun Markazga oʻtkazishga respublika roziligi ifodasi sifatida notoʻgʻri tushunishlari ushbu normaga sharh berish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismiga sharh berishda Konstitutsiyaviy sud quyidagilarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq “Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oʻrtasidagi, shuningdek tadbirkorlar oʻrtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xoʻjalik nizolarini hal etish Oliy xoʻjalik sudi va xoʻjalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismi investitsiyaga oid nizolarni quyidagicha hal etish mumkinligini belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar kelishuviga koʻra, ular oʻrtasidagi maslahatlashuvlar orqali, yaʼni taraflar tomonidan qonun asosidagi va doirasidagi har ikki tarafga ham maqbul boʻlgan qarorni birgalikda ishlab chiqish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar taraflar kelishilgan hal qiluvga erisha olmasalar, bunday nizo Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudi tomonidan yoxud hakamlik vositasida investitsiyaga oid nizolarni hal etishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qoidalar mazmunidan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi birinchi qismining normalari investitsiyaga oid nizolarni hal qilishning mumkin boʻlgan variantlarini belgilab, bu variantlardan birontasining vositasida investitsiyaga oid nizoni hal etishga taraflarning yozma roziligini nazarda tutmaganligi kelib chiqadi. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi birinchi qismining tahriri muayyan bitim yoki konvensiyaga havola qilmay, umumiy qoidalar, koʻrsatmalarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyaga oid nizo taraflari yozma roziligining majburiyligi Konvensiya 25-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan boʻlib, mazkur Konvensiyaga muvofiq Markaz taʼsis etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konvensiya 25-moddasining 1-bandi bilan belgilangan tartibga muvofiq nizo ishtirokchilarining investitsiyaga oid nizoni hal etish uchun Markazga oʻtkazish haqidagi yozma roziligining mavjudligi Markaz tomonidan bunday nizoni hal etishning majburiy sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining koʻrsatib oʻtilgan normalari, shuningdek ish boʻyicha boshqa materiallar tahlili asosida Konstitutsiyaviy sud “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismi oʻzida “taraf roziligi” tushunchasini ifoda etmaydi hamda ushbu normada nazarda tutilgan investitsiyaga oid nizolarni hakamlik vositasida investitsiyaga oid nizolarni hal etishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi mumkinligi taraf roziligi ifodasini bildirmaydi, shuningdek Markaz tomonidan investitsiyaga oid nizolarni hal qilinishining asosi sifatida yozma rozilikning mavjudligi, majburiyligi Konvensiya 25-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan va unga har bir alohida holatda rioya qilinishi lozim deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1, 25, 26, 27-moddalariga amal qilgan holda Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismiga quyidagi sharh berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismi qoidalari mazmuni boʻyicha “taraf roziligi” tushunchasini oʻzida ifoda etmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyaga oid nizolarni hakamlik vositasida investitsiyaga oid nizolarni hal etishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi mumkinligi Konvensiyaga muvofiq investitsiyaga oid nizoni hal etish uchun Markazga oʻtkazishga respublika roziligining ifodasi hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qaror “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 20-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 462-modda)