Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
“KIMYo-FARMATSEVTIKA MAHSULOTINI IShLAB ChIQARISh BOʻYIChA YIGʻMA HISOBOTLARNI TUZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMA”NI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-noyabrda 928-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan 1999-yil 8-oktabrda 6-son bilan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy texnika va dori-darmon vositalarining sifatini nazorat qilish boʻyicha bosh boshqarmasi (1999-yil 23-oktabrdagi 29/904-sonli) bilan kelishilgan “Kimyo-farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqarish boʻyicha yigʻma hisobotlarni tuzish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” (2000-yil 22-may, roʻyxat raqami 928) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-oktabr,
16-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 457-modda)