Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
“IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINING YILLIK HISOBOT BALANSLARINI TUZISh BOʻYIChA KOʻRSATMALARNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-noyabrda 790-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda; 2005-y., 8-son, 44-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan 1998-yil 26-oktabrda 33-son bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish quvvatlarining hisobot balanslarini tuzish boʻyicha koʻrsatmalarni tasdiqlash haqida”gi qarori (1999-yil 3-avgust, roʻyxat raqami 790) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-oktabr,
13-son
Kelishildi:
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 456-modda)