Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 07.11.2007 yildagi PQ-726-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 07.11.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BANK TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA BOʻSH PUL MABLAGʻLARINI BANK AYLANMASIGA JALB ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, mustaqillik yillari mobaynida bank tizimini izchil va aniq maqsad yoʻlida isloh qilish banklarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi rolini kuchaytirishga, ularning kapitallashuv darajasini oshirishga, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash koʻlamlarini kengaytirishga hamda koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmlari oshib bormoqda, aholiga, shu jumladan yosh oilalarga ipoteka va isteʼmol kreditlari berish miqyoslari tobora kengaymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami kapitalining hajmlari 2000-yilga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar koʻpaydi. Aholining omonat qoʻyilmalari hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd pul mablagʻlarining tushumlari — 8,1 baravar, iqtisodiyotning real sektoriga kredit qoʻyilmalari — 5 baravar koʻpaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tijorat banklari hamon samarali investitsiya markazlariga aylangani yoʻq, korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashda oʻz kapitali bilan sust qatnashmoqda. Banklarning kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi barqarorligi, ishonchli pul muomalasi, banklar tomonidan naqd mablagʻlar toʻsiqsiz va toʻliq berilishi kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank va tijorat banklari, soliq organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan bankdan tashqari aylanmani qisqartirish hamda naqd pullarni bank kassalariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, tijorat banklarining raqobatdoshligi, moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, bankdan tashqari aylanmani kamaytirish, jumladan oziq-ovqat (dehqon) bozorlaridagi naqd pullarni bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar koʻlamini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga yanada jalb qilish va naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining oʻsishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish boʻyicha ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini har chorakda oʻz majlislarida koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab yangi tashkil etilayotgan banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari uchun — soʻm ekvivalentida 5 mln. yevro miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy banklar uchun — soʻm ekvivalentida 2,5 mln. yevro miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2008-yil mobaynida tijorat va xususiy banklarning ustav kapitallarini koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiqlashtirish tadbirlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda amalga oshirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan tijorat banklari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Bunda tijorat banklari tomonidan mazkur faoliyat turlarini amalga oshirishga alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va sugʻurta kompaniyalariga bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank muassasalari, shu jumladan mini-banklar, maxsus kassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmoqlarini oziq-ovqat (dehqon) bozorlari hududlarida joylashtirgan holda kengaytirish hamda dam olish va bayram kunlarida belgilangan tartibda ishlashini majburiy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini jamgʻarma hamda muddatli depozitlarga, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan boʻsh pul mablagʻlarni omonatchilarga mablagʻ saqlanadigan har bir kuni uchun foizli daromad qoʻshgan holda vaqtincha saqlashga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaliklari, savdo-xarid firmalari va boshqa kichik biznes hamda tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berish va mikromoliya, shuningdek oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash va sotish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha xizmat koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va tijorat banklari bir oy muddatda hududlar doirasida har bir tushum manbalari boʻyicha pul oqimining oʻzgarishi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumini toʻliq topshirgani va topshirishdan boʻyin tovlagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz aksini topishi taʼminlangan tezkor axborotni kundalik ayirboshlashning umumrespublika yagona elektron tarmogʻini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab 3 yil muddatga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning tijorat banklarining depozitlariga va qarz qimmatli qogʻozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olingan foizli daromadlari soliq solishdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika inkassatsiya birlashmasi — boʻshaydigan mablagʻlarni inkassatsiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan qoʻshilgan qiymat soligʻi va mulk soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-726-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 454-modda; 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2009-y., 41-son, 441-modda; 2010-y., 35-36-son, 302-modda; 2013-y., 20-son, 250-modda)