Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI SUGʻORILADIGAN YERLARNING MELIORATIV HOLATINI YaXShILASh JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda melioratsiya ishlarini moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar:
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 60 nafar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur hollarda xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamentiga:
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilayotgan, loyiha-qurilish hujjatlari tegishli ravishda ekspertizadan oʻtkazilmasdan amalga oshirilayotgan yoki Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilanmagan maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda har qanday ishlarni toʻxtatib qoʻyish;
magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xoʻjaliklararo meliorativ obyektlarda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya qilish, qurish va taʼmirlash-tiklash ishlari ustidan texnik nazorat olib borish;
bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida muntazam asosda oʻlchash, shuningdek Jamgʻarmaning meliorativ ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini hujjatlar asosida tekshirish va taftishlar oʻtkazish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti Toshkent shahar, X. Sulaymonova koʻchasi, 29-uyga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamentini hukumat aloqasi va shahar aloqasi vositalari bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
PQ-718-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamentining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi
TARKIBI
| Mirziyoyev Sh.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi |
| Azimov R.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari |
| Gʻaniyev Sh.M. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri |
| Xoʻjayev B.A. | — | Iqtisodiyot vaziri |
| Abduazizov A.A. | — | “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi |
| Alixonov B.B. | — | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi |
| Mavlyanov N.G. | — | Davlat geologiya qoʻmitasi raisi |
| Gadoyev E.F. | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Salimov A.X. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| Bekenov S.X. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Barnoyev Oʻ.I. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Xamrayev Sh.R. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
| Joʻrayev O. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari |
| Yoʻldoshev O.M. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| Kanyazov E.S. | — | Adliya vazirining oʻrinbosari |
| Chub V.E. | — | “Oʻzgidromet” markazining bosh direktori |
| Najimov M.F. | — | “Oʻzsuvloyiha” OAJning ijro etuvchi direktori |
| Abdullayev U.V. | — | “UZGIP” MChJ direktori |
| Raximov Sh.X. | — | SANIIRI IIChB bosh direktori |
| Lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori, Kengash kotibi |
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoni bilan tashkil etilgan hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va meliorativ texnikani sotib olishga ajratiladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlovchi davlat organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Sugʻoriladigan yerlarni meliorativ jihatdan yaxshilash dasturlari (loyihalari)ni hamda meliorativ obyektlarning zarur darajadagi texnik holatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni, moliyalashtirish, shuningdek meliorativ texnikani sotib olish uchun mablagʻlarni jamlash va ulardan samarali foydalanish jamgʻarma faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
4. Quyidagilar Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha tushgan mablagʻlarga teng miqdorda Davlat budjetidan ajratmalar;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
maqsadli budjet mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari;
mahalliy va xorijiy grantlar;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻ manbalari va daromadlar.
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat quyidagi maqsadlarga:
magistral (viloyatlararo) tumanlararo va xoʻjaliklaro ochiq kollektorlar, vertikal drenaj quduqlar, meliorativ nasos stansiyalari va kuzatish tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya, taʼmirlash va tozalash, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari doirasida yopiq gorizontal drenaj shoxobchalaridagi taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturiga kiritiladigan loyihalarning amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalarini melioratsiya texnikasi saroyini yaxshilashga mablagʻni qaytarib berish asosida, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlarida moliyalashtirish tadbirlariga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa ishlarga yoʻnaltirilgan holda foydalaniladi.
6. Jamgʻarmaning yuridik manzili: Toshkent shahar, H. Sulaymonova koʻchasi, 29.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar mazkur Jamgʻarmaning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobidan melioratsiya ishlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan mablagʻlarni toʻla hajmda Jamgʻarma hisobvaragʻida jamlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning uzoq muddatli va oʻrta muddatli Davlat dasturlarini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan dasturlarga muvofiq, melioratsiya ishlarini, magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va tiklash maqsadida joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish hamda tizimli asosda aniq, maqsadli moliyalashtirish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hisobiga ularning unumdorligini oshirish borasidagi ishlarni moliyalashtirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga davlat madadini koʻrsatish;
melioratsiya texnikasini, jumladan, lizing shartlari asosida sotib olish uchun qaytarib berish asosida mablagʻlar ajratish yoʻli bilan suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Jamgʻarmaning ajratib berilgan moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli, aniq va samarali foydalanilishi ustidan doimiy asosda qattiq nazoratni amalga oshirib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamgʻarma oʻz zimmasiga yuklangan vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
konsolidatsiya qilingan Davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun daromadlar va xarajatlarning har yilgi balanslari loyihalarini ishlab chiqadi, belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
har bir chorakka taqsimlagan holda kelgusi yil uchun Jamgʻarma boʻyicha xarajatlarning tasdiqlangan parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga yetkazadi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarmaga toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek melioratsiya texnikasi sotib olish yuzasidan texnik topshiriqlarni beradi va tasdiqlaydi;
meliorativ obyektlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek melioratsiya texnikasi sotib olish boʻyicha loyihalash va tender hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazadi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, loyihalash-qidirish va ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek melioratsiya texnikasi sotib olish boʻyicha aniq manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
meliorativ ekspeditsiyalar taqdimiga koʻra meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash ishlari dasturlarini va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
meliorativ ekspeditsiyalar taqdimiga koʻra meliorativ obyektlarda avariya-tiklash ishlariga zaxira xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda belgilangan tartibda qatnashadi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, magistral (viloyatlararo) meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash ishlari, shuningdek melioratsiya texnikasi sotib olish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
tumanlararo va xoʻjaliklararo meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash, loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish boʻyicha meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan buyurtmachi funksiyalari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
meliorativ obyektlarni, magistral (viloyatlararo) va tumanlararo kollektorlarni rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, melioratsiya texnikasini sotib olish yuzasidan tender (tanlov) savdolarini belgilangan tartibda oʻtkazadi, tanlov savdolari gʻoliblari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
tumanlararo va xoʻjaliklararo meliorativ obyektlarda taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha hududiy meliorativ ekspeditsiyalar tomonidan tashkil etiladigan tender (tanlov) savdolarida belgilangan tartibda qatnashadi;
meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, taʼmirlash va tiklash, melioratsiya texnikasi sotib olish ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
magistral (viloyatlararo) meliorativ obyektlarda rekonstruksiya qilish, qurish va taʼmirlash-tiklash ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek ularning belgilangan tartibda qabul qilib olinishini taʼminlaydi;
tumanlararo va xoʻjaliklaro meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash, shuningdek ularni qabul qilib olish ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshirishda qatnashadi;
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va sarflanishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari boʻyicha tashkilotlar va korxonalar faoliyatini nazorat oʻlchovlarini, shuningdek hujjatli tekshirish va taftishlarni muntazam asosda amalga oshiradi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tekshirishlarda aniqlangan qonun buzilishlari va kamchiliklarini bartaraf etish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli sanksiyalarni oʻrnatilgan tartibda belgilash boʻyicha tartiblar kiritadi;
jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tegishli organlarga tasdiqlash uchun kiritadi;
aniq manzilli roʻyxatlarga kiritilgan meliorativ obyektlarda bajarilgan ishlarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Jamgʻarmani huquq va majburiyatlari
9. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega:
bajarilgan meliorativ ishlarni nazorat tartibida oʻlchashni va boshqa tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli vazirliklar va idoralarni, vakolatli banklar, tashkilotlar, korxonalar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
quyidagilardan:
Davlat soliq qoʻmitasidan — hisoblangan ajratmalar va ularning tushishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
xizmat koʻrsatuvchi banklardan — Jamgʻarma mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va uning boʻlinmalaridan — Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha yillik buxgalteriya va statistik hisobotni soʻrash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha-qurilish hujjatlarini tegishli ekspertizadan oʻtkazmasdan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan har qanday ishlarni yoki Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilanmagan maqsadda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda toʻxtatib qoʻyish.
Jamgʻarma qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish doirasida boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
10. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari (loyihalari)ning oqilona shakllantirilishini taʼminlash;
Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Jamgʻarma daromadlari prognozi bajarilishining ahvolini tahlil qilish va daromadlarning normal tushishiga salbiy taʼsir qilgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish boʻyicha birgalikda choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi meliorativ obyektlarning zarur darajadagi texnik holatini taʼminlashda va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Jamgʻarmani boshqarish Kengashi
11. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Jamgʻarma Kengashi:
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining belgilangan tartibda tasdiqlangan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari (loyihalari)dan kelib chiqib, Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlar toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqadi, qarorlar qabul qiladi va ularni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi, shuningdek Jamgʻarma tomonidan buyurtmachi funksiyalari bajarilishi, meliorativ obyektlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
V. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi
13. Jamgʻarmani boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Departamentning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Departamentning taʼminoti Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, xizmat koʻrsatuvchi bankda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blanklarga ega boʻladi.
14. Departament Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobotini tuzadi va Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
15. Departamentga moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hamda moddiy taʼminoti, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladigan direktor boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Departament direktori:
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq Departament faoliyatining zarur darajada tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Jamgʻarmaning mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi masalalari boʻyicha nazorat tartibidagi oʻlchashlarni oʻtkazish, shuningdek tashkilotlar va korxonalar faoliyatini hujjatlar asosida tekshirish va taftish qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ularning natijalarini koʻrib chiqadi, ular asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladi va zarur choralar koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tasdiqlangan limitlar doirasida Departamentning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlarini toʻplash va sarflash masalalariga oid tushuntirishlar beradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.