Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi ishtirokchi davlatlarda davlatlararo elektr uzatish, liniyalari boʻyicha oʻtkazilgan elektr energiyasi hisoblagichlaridan koʻrsatkichlarni olish uchun yagona vaqtni joriy etish toʻgʻrisida 2006-yil 24-noyabrda Minsk shahrida imzolangan qaror tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-oktabr,
PQ-702-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 40-son, 414-modda)